340
8-mavzu. Sakkokiy ijodi.
XU asr she’riyatining iste’dodli vakillaridan biri. Mumtoz adabiyot taraqqiyotida
g‘azalgo‘y va qasidanavis shoir sifatida mashhur. Movaraunnahrda tug‘ilgan, hayotining
asosiy qismini Samarqandda Shohruh Mirzo va Ulug‘bek saroyida o‘tkazgan.
Sakkokiyning g‘azal va qasidalardan iborat devoni yetib kelgan. Adabiyot tarixida
qasida janrining asoschilaridan biri sifatida iz qoldirgan. Sakkokiy 11 qasida (5 tasi
Ulug‘bekka, Xalil Sulton, Xoja Muhammad Porso, Arslon Xoja Tarxonlar v.b.) yozgan va
zamonasining ulug‘ shaxslarini madh etgan.
Sakkokiy g‘azallarining o‘ziga xosligi samimiy va ohangdorligida. Shoir
g‘azallarining asosiy qahramoni oshiq, mag‘shuqa va raqib timsollari.
Nashr qilingan asarlari: 1. Sakkokiy. /azallar. – T.: 1966; 2. Sakkokiy. /azallar, qasida.
Kitobda: Hayot vasfi. - T.: 1988
Ilmiy adabiyot: 1.O‘zbek adabiyoti tarixi. Besh tomlik. T.1. – T.: Fan, 1978.
9-mavzu. Gadoiy ijodi
O‘zbek mumtoz she’riyatining taniqli nasoyandasi, 1403-04 yillarda tug‘ilganligi
taxmin qilinadi. Temuriylar xonadonining vakillaridan biri.
Shoir merosidan birgina devon saqlangan bo‘lib, umumiy hajmi 2974 misradir.
Qo‘lyozma Parij Milliy kutubxonasi (inv.981)da saqlanadi. Devon taxminan XU asrning
oxiri — XU1 asrning boshlarida ko‘chirilgan (Lutfiy devoni bilan bir muqovada),uning
tarkibida 230 g‘azal, bir
tugallanmagan qasida, mustahzod va 5 qit’a bor.
Nashr qilingan asarlari: 1.Gadoiy. She’rlar (nashrga tayyorl. S./anieva). – T.:
1965; 2. Gadoiy. Devon (nashrga tayyorl. E.Ahmadxujaev). – T.: 1973;
Ilmiy adabiyot: 2. E. Ahmadxo‘jaev. Gadoiy hayoti va ijodi). —T.: 1978;
E.Ahmadxo‘jaev. Gadoiy devonining nodir nusxasi haqida. «Adabiy meros» jurn. –1972,
№ 2; 3. /anieva s. Shoir Gadoiy. «O‘zbekiston madaniyati» gaz. 1962, 1 sentabr.4. E.
Rustamov. Uzbekskaya poeziya v pervoy polovine XU veka. – M.:1963.
10-mavzu. Lutfiy ijodi
REJA:
1. Lutfiy hayoti va ijod manbalari.
XV asr o‘zbek she’riyati takomilida o‘ziga xos o‘ringa ega, katta iste’dod sohibi,
«maliku-l-kalom» (Navoiy), tuyuq janrining ustasi.
Shoir Hirot yaqinidagi Dehikanor qishlog‘ida tug‘ilgan, o‘sha joyga dafn qilingan.
Shoir hayotiga oid lavhalar Navoiyning “Majolisu-n–nafois”, “Holoti Sayid Hasan
Ardasher”, “Nasoyimu-l–muhabbat”, Xondamirning ”Makorimu–l-axloq” kabi asarlarida
bor.
Lutfiydan katta adabiy meros qolgan. Manbalarda shoirning 20 dan ortiq asar
yozgani aytiladi , biroq bizgacha birgina devoni ma’lum (Turkiyaning Ko‘niyo shahrida
saqlanadi). Sharafiddin Ali Yazdiyning Zafarnoma”(1437) asarini Shohruh Mirzoning
taklifi bilan she’riy tarjima qilgan.
Shoir ijodi bilan Fitrat, E.Rustamov, E.Fozilov, S.Erkinov, Yo.Ishoqov,
E.Ahmadho‘jaev v.b. shug‘ullanganlar.
Nashr qilingan asarlari: 1. Lutfiy. Devon. — T.: 1965. 2. Lutfiy. Sensan sevarim.
— T.: 1987.
Ilmiy adabiyot: 1. E.Rustamov. Uzbekskaya poeziya v pervoy polovine XU veka.
—M.; 1963. 2. S.Erkinov. Lutfiy. Hayoti va ijodi. — T.: 1965. 3. X.Zarif. Lutfiy va
Navoiy. Kitobda: Ulug‘ o‘zbek shoiri. – T.: 1948; 4. S. Erkinov , X. Muhammadxo‘jaev.
Turkiyda yagonai davron. «Til va adabiyot ta’limi» jurn.-1996, №4
Do'stlaringiz bilan baham: