1.
Navoiyning o‘z asarlaridagi ma’lumotlar. Alisher Navoiyning hayoti va ijodi
haqida ilk ma’lumot beruvchi manba bu ulug‘ shoirning o‘z asarlaridir. Shoirning deyarli barcha
asarlarida uning shaxsiyati, ijodiy va ijtimoiy faoliyati haqida fikrlar keltiriladi. Xususan,
“Vaqfiya”, “Munshaot” asarlarida uning ijtimoiy faoliyati aks etsa, “Xamsa”, “Munojot”,
“Xazoyinu-l-maoniy” kabi asarlarida shaxsiy hayoti, “Muhokamatu-l-lug‘atayn”, “Xamsatu-l-
mutahayyirin”, “Holoti Sayyid Hasan Ardasher”, “Majolisu-n-nafois” kabi asarlarida shoir
qalamiga mansub ba’zi asarlarning yozilish tarixi bilan bog‘liq ma’lumotlani uchratish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |