O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi z. M. Bobur nomidagi andijon davlat universiteti



Download 4,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet499/599
Sana02.08.2021
Hajmi4,74 Mb.
#136721
1   ...   495   496   497   498   499   500   501   502   ...   599
Bog'liq
ozbek mumtoz adabiyoti tarixi (2)

A.Sherbak) olib borilgan.  
 
  
4.  Xorazmiy  hayoti  va  ijodining  manbalari.  Shoirning  hayoti  va  ijodiy  faoliyatini 
o‘rganish tarixidan. Xorazmiyning tarjimayi holini anihlashtiruvchi ma’lumotlar. 
5.  «Muhabbatnoma»  -  noma  janrining  ilk  namunasi  sifatida.  «Muhabbatnoma»ning 
nusxalari va tuzilishi. Asarda dunyoviy sevgining ulug‘lanishi. Dostondagi oshiq va  ma’shuqa 
timsollari.  Asarning  badiiy  qimmati.  Unda  qo‘llanilgan  vaznning  doston  mazmuni  bilan 
bog‘liqligi.  
6.  O‘zbek  adabiyotidagi  noma  janri  va  epik  she’riyat  rivojidagi  «Muhabbatnoma»ning 
o‘rni. 
O‘zbek  mumtoz  adabiyoti  namoyondalari  orasida  o‘zining  favqulodda  iste’dodi  va 
“noma”  janrining  boshlovchisi  sifatida  nom  qoldirgan  shoir  Xorazmiydir.  Taassufki,  shoirning 
tarjimayi holi haqida ma’lumot saqlanmagan, xatto uning ismi xam noma’lum. Muallifni birgina 
“Muhabbatnoma” orkali taniymiz, asardagi qisqa ma’lumotlarnigina bilamiz. Shoirning taxallusi 
u tug‘ilgan va yashagan yurt haqida bir nima eslatsa ham, shoir Xorazmda yoshlik davridagina 
yashagan,  xolos.  Uning  hayoti  va  ijodi  haqida  ma’lumot  beruvchi  birdan-bir  manba  - 
“Muhabbatnoma” asarining Xorazmda emas, balki Sirdaryo yoqalarida bitilganidan xabar berdi. 
Asarning xotima qismidagi forsiy “hikoyat”da Shom va Rum o‘lkalarida bo‘lgani xam eslatiladi. 
Shoir 1353-yilda Oltin O‘rda xoni Jonibekning Sirdaryo muzofatidagi amaldorlaridan biri 
Muhammad  Xo‘jabek  bilan  tanishadi.  Muhammad  Xo‘jabek  avval  forsiy  she’rlar  bitib  yurgan 
shoirga  shu  yerda  kolib,  turkcha  asar  yozishni  so‘raydi.  Nixoyat,  “Muhabbatnoma”  dunyoga 
keldi. Bu haqda “Bayoni voke”da muallif yozadi: 
Ko‘ngul bahrinda ko‘p gavharlaring bor, 
Ochunda porsiy daftarlaring bor. 
 
Muhabbat nardini ko‘plardin uttung, 
Shakartek til bila olamni tuttung. 
 
Tilaymenkim bizing til birla paydo, 
Kitobi aylasang bu qish qoimda. 
Nixoyat,  xijriy  754  (milodiy  1353)  yilda  “Muhabbatnoma”  yozib  tugallangan.  Asarning 
ikki  nusxasi  borligi  ma’lum.  Ulardan  biri  1432  yilda  Yazdda  Mir  Jaloliddin  degan  kishi  taklifi 
bilan Boqi Mansur tomonidan uyg‘ur  yozuvida ko‘chirilgan. Nisbatan to‘larok arab  yozuvidagi 
ikkinchi  nusxa  esa,  keyinrok  1508-09  yillarda  ko‘chirilgan  bo‘lib,  473  baytdan  iboratdir.  Xar 
ikki nusxa xam Londondagi Britaniya muzeyida saklanadi. 
Asar  garchi  noma,  go‘zal,  soqiynoma,  masnaviy,  munojot,  qit’a  va  fard  kabi  janrlarni 
jamlasa ham “noma” uning yetakchi janri sanaladi. Asardagi o‘n birinchi nomalar, ulardan keyin 
keladigan masnaviy hamda boshlang‘ich g‘azal fors tilida bitilgan. 
“Muhabbatnoma”ning  ichki  qurilishi  nihoyatda  izchillik  bilan  puxta  ishlangan.  U  turli 
janrlarda muhabbat haqida yozilgan asalarning shunchaki yig‘indisi emas, balki yaxlit bir butun 
tugallangan asar sifatida taassurot beradi. 
Asar  muqaddimasidagi  “Avval  ko‘rishkanin  aytur”,  “Bayoni  voqe’in  aytur”  boblarida 
uning  yozilish  tarixiga  oid  fikrlar  bayon  qilingan.  Undan  keyin  izchil  tartibda  noma,  g‘azal  va 
masnaviy keladi, hatto ular voqean bir-biriga bog‘lanadi. Asar so‘ngidagi “Munojot”, “Xotimat 


 
338 
ul-kitob”, “Iltimos aytur” va “Fard” sarlavhalari  bilan keltirilgan bo‘limlar asosiy qismdagi o‘n 
bir nomaga o‘ziga xos tarzda yakun yasaydi.  

Download 4,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   495   496   497   498   499   500   501   502   ...   599




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish