2. “Yusuf va Zulayho” dostoni.
3. Mahmud ibn Ali va “Nahju-l-farodis» asari
1. Sayfi Saroyi (1321–1396) ijodi.
O‘zbek mumtoz adabiyotining iste’dodli vakillaridan biri. Xorazm yahinidagi
Qamishli qishlog‘ida tug‘ilgan. Oltin O‘rda davlatining poytaxti Saroy shahrida
yashagan, hayotining so‘nggi yillarini Misrda o‘tkazgan va u yerda vafot etgan.
Bizgacha shoirning adabiy merosidan bir necha g‘azallari, qasida, qit’a, ruboiylari,
“Suhayl va Guldursun” dostoni (1394) hamda Sa’diy Sheroziyning asarining tarjimasi “Gulistoni
bit–turkiy”(1390-91) yetib kelgan. Ayrim asarlari Istanbulda (1926) "Turk adabiyoti
namunalari"da berilgan.
“Suhayl va Guldursun” dostoni o‘zbek epik she’riyati taraqqiyotida o‘z o‘rniga ega.
Doston xalq afsonasi «Guldursun» asosiga qurilsa-da, unda real tarixiy vohealar, ya’ni Amir
Temurning Xorazmga yurishi ham aks etgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |