Mahmud Koshg‘ariy yashagan davrining hukmdorlaridan Muhammad Bug‘roxon
Shimoliy Chin (Xitoy)dan to Buxorogacha, Farg‘onayu Chochdan Xorazmgacha bo‘lgan ulkan
hududga egalik qilgani manbalarda yoziladi.
Asarning yozilish o‘rni. Bosim Atalay tomonidan “Devonu lug‘ati-t-turk”ning yozilish
o‘rni Bog‘dod deb ko‘rsatilib, 464/1068 (69)da boshlanib, ikki yil davomida 466/1071 yozib
tugallangani aytiladi
67
. Radlov, Fitrat, Щerbak va S.Mutallibov asarlarida esa bunday qomusiy
asarni faqat poytaxtdagina o‘tirib yozib bo‘lmasligini, balki Mahmud Koshg‘ariyning bir necha
o‘n yillar davomida yozilib, Bog‘dodda jamlangani va abbosiy xalifalardan biri Mu’tasim
Muqtadiyga taqdim etilgani (1072) zikr qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |