Ilmiy adabiyot: Koraev O. Istoriya Karaxanitskogo kaganata X-nach. XIII vv. Frunze,
1983; Shoniyozov Q. Qarluq davlati va qarluqlar. T., 1999.
2. Qoraxonlilar davrida yaratilgan adabiy manbalar. Bu davrda bir qator diniy va
axloqiy asarlar yaratilgan, davlat boshqaruvi xususida tuzuklar tuzilgan. Ayni davrda Qur’oni
karimning turk tiliga ilk tafsiri amalga oshirilgan. Noma’lum muallif tomonidan amalga
oshirilgan tafsir saqlanish o‘rniga ko‘ra Rilands (Rylands) nusxasi deb yuritiladi
16
. Turkcha
tarjima arabcha va forscha matnlar ostida satrorasi tarzida yozilgan. Arabcha matn sulis, forscha
va turkcha tajima nozik nasih xati bilan yozilgan. U 1145 varaq, 30 jilddan iborat bo‘lgan, biroq
bizgacha 14 jildi yetib kelgan. Saqlanib qolgan qism Ol-i Imron surasi (3)dan Tahrim surasi
(66)gacha.
Do'stlaringiz bilan baham: |