Islom Karimov Мa’ruza №5. Olmaliq tog’ metallurgiya kombinati va uning yo’nalishlari



Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/13
Sana02.08.2021
Hajmi1,14 Mb.
#136713
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Maruza 5 3536a27aa94c38048de2faa48605d768



 

 

 



 

 

Islom Karimov 

 

Мa’ruza №5. 

OLMALIQ TOG’ - METALLURGIYA KOMBINATI VA UNING 

YO’NALISHLARI 

 

 



 

 

 



 

 

 

Tayanch iboralar: .kombinat haqida, ishlab chiqarish, kon boshqarmalari, Qalmoqir koni, Sariq 

cho’qqi koni, Chodak kon boshqarmasi, Xondiza kon boshqarmasi,  Kovuldi koni. 



 

Kombinat haqida. 

O’zbekistonning  xo’jalik  yuritishning  bozor  tizimiga  o’tishi,  o’zgargan  sharoitlarda 

korxonalarning  iqtisodiy  faoliyati  amaliyotini  batafsil  o’rganish  zaruratini  tug’dirdi.  Birinchi 

navbatda,  bu  zamonaviy  iqtisodiyotida  asosiy  o’rin  egallagan  mineral-xom  ashyo  sohasiga 

tegishli. 

O’zbekistonning  "Olmaliq  KMK"  AJ  o’z  ishlab  chiqarish  quvvati  bilan  O’zbekiston 

Respublikasining  Toshkent,  Jizzax,  Namangan  va  Surxandaryo  viloyatlari  hududlarida 

joylashgan mis-molibden, qo’rg’oshin-rux va oltin-kumush konlari guruhlari zahiralarida makon 

topgan jahon miqyosidagi yetakchi ishlab chiqaruvchi hisoblanadi. 

Bugungi  kunda  nodir  va  rangli  metallarni  qazib  olish  va  qayta  ishlash  bilan 

shug’ullanuvchi, rivojlangan ijtimoiy sohasiga ega bo’lgan "Olmaliq KMK" AJ o’z ichiga ettita 

ochiq  kon  ishlarini  olib  boruvchi  kon,  to’rtta  yer  osti  usulida  oltin  qazib  oluvchi  kon,  beshta 

boyitish  fabrikasi,  ikki  Metallurgiya  zavodi,  Oltingugurt  kislotasi  ishlab  chiqarish,  Ta'mirlash-

mexanika  zavodi  va  Ohak  zavodini,  oltita  avtobazaga  ega  bo’lgan  avtotransport  boshqarmasi, 

Sanoat temiryo’l transporti boshqarmasi, Issiqlik energiyasi markazi, Sanoat suv ta'minoti sexi, 

Elektr tarmoqlari boshqarmasi, Portlovchi materiallar zavodi, Ixtisoslashtirilgan ta'mirlash ishlari 

boshqarmasi,  "Olmaliqmetallurgqurilish"  tresti,  Iste'mol  mollari  ishlab  chiqarish  boshqarmasi, 

ko’p  bosqichli  texnologik  va  tashkiliy-boshqaruv  tuzilmasiga  ega,  yigirmadan  ortiq  yordamchi 

sexlar  va  xizmat  ko’rsatuvchi  xo’jaliklardan  tashkil  topgan  murakkab  sanoat  kompleksi 

hisoblanadi.  Kombinat  tizimida  28  350  ortiq  turli  malaka  va  toifali  ishchi-xodimlar  doimiy  ish 

o’rinlari bilan ta’minlangan. 

Olmaliq hududi qadimdan konchilikka ixtisoslashgan ob'ekt hisoblanadi. Eramizning IX-

XIIasrlariga taaluqli bo’lgan ko’plab qadimgi topilmalar va ruda qazuvchilar faoliyatining izlari 

hamma joyda qayd etilgan va bu yerda qadimda mis, qo’roshin, rux, oltin, kumush, temir, hamda 

ametist,  feruza  va  boshqa  qazilmalarning  jadal  ravshda  qazib  olinganligidan  darak  beradi. 

Kombinat  tomonidan  ishlov  beriladigan  deyarli  barcha  ruda  konlari  o’z  vaqtida  o’sha  qadimgi 

konlar izlari bo’yicha ochilgan.  

Kombinat  xom  ashyo  bazasini  nafaqat  ishlov  berilayotgan  konlar  zahiralari,  balki 

noan'anaviy resurslar: kon chiqindilari, boyitish  chiqindixonalari,  metallurgiya ishlab chiqarishi 

chiqindilari  ham  tavsiflaydi.  Texnogen  mineral  ob'ektlarda  to’plangan  xom  ashyo  zahiralari 

yuzlab  million  tonnalarda  hisoblanadi,  hamda  metallar  va  boshqa  mahsulotlar  olish  uchun 

qo’shimcha manba sifatida xizmat qiladi. 




Download 1,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish