Hudud konlari o’zining yuqori kompleksligi bilan ajralib turadi. Hozirgi vaqtda
minerallar ro’yxatiga 179 nom kiritilgan. Ulardan ruda minerallariga 60ga yaqini kiradi. Ushbu
konlarga deyarli asl metallar, hamda nodir va tarqoq elementlar tashuvchilari hisoblanuvchi sof
oltin, molibdenit, pirrotin, pirit, bornit, sfalerit, xalkopirit, galenit, gematit kabi "singuvchan
minerallar" xos.
"Qalmoqqir" va "Sari cho’qqi" konlarining mis-porfirli oltin va molibdentarkibli konlari
kombinat mis tarmog’ini xom ashyo bilan ta'minlab turadi. "Qalmoqqir" rudalari Mis boyitish
fabrikasida (MBF), "Sari cho’qqi" rudalari esa 2- Mis boyitish fabrikasida (2-MBF) qayta
ishlanadi, ularning konsentratlari esa Mis eritish zavodida qayta ishlanadi. Rux zavodini yuklash
uchun kombinat tolling shartlari asosida rux konsentratlarini qayta ishlab, rux va kadmiy metalli,
tozalangan qo’rg’oshin va oltingugrt kislotasi chiqaradi. Oltin qazib olish va qayta ishlash ishlab
chiqarishini "Kovuldi" koni, Angren kon boshqarmasi, Chodak kon boshqarmasi, Angren va
Chodak oltin saralash fabrikalari namoyon etadi, ularning mahsulotlari esa qayta ishlash uchun
Mis eritish zavodiga kelib tushadi.
Texnologik jarayonni ohak bilan ta'minlab turish uchun, "Sovuqbuloq" ohaktosh koni
zahiralariga ishlov berilmoqda. Qurilish materiallari Olmaliq va Transport qum-shag’al karerlari
tomonidan yetkazib beriladi. Ko’p yillik tadqiqotlar natijasida "Qalmoqqir" konida uning "Uzoq"
maydonini hisobga olgan holda mis zahiralari 20 mln.t. yaqin tashkil etdi, bu esa Olmaliq kon-
metallurgiya kombinati xom ashyo bazasini dunyodagi eng yirik xom ashyo bazalari qatoriga
kiritish imkonini berdi. Ruda qazib olish va qayta ishlash bo’yicha barcha texnologik jarayonlar
yuqori mexanizasiyalash darajasiga ega. Kombinat konlari va zavodlarida yuzlab birlikdagi turli
kon-metallurgiya jihozlaridan foydalanilmoqda. Kombinatda har yili 31 mln. m³ ortiq kon
massasi qazib olinib, ulardan 15 kimyoviy unsur ajratib olinadi. Mis katodi, mis quvurlari,
emallangan mis simlari, rux metalli quymasi, kuydirilgan molibden sanoat mahsuloti, ammoniy
perranati, kadmiy metalli quymasi, texnik selen va tellur, hamda oltingugurt kislotasi, mis
kuporosi, rux kuporosi hamda oq va kulrang portlandsement - kombinatning tayyor mahsulotlari
hisoblanadi. Sotilayotgan mahsulotlarning asosiy ulushini mis, tozalangan oltin va kumush
tashkil etadi.
Shunday qilib, tor joylarni bartaraf etishga va mehnat unumdorligini oshirishga yordam
beruvchi resurslarni tejaydigan texnologiyalar va jihozlarni joriy etish, tayyor mahsulot olish
uchun xarajatlarni kamaytirish va optimallashtirish natijasida, zamonaviy sharoitlarda
O’zbekistonning "Olmaliq KMK" AJ konchilik qayta ishlash ishlab chiqarishining
samaradorligini oshirish imkoniga ega bo’lish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: