Mis quvurlarini ishlab chiqarish.
"Angren quvur zavodi" unitar korxonasi
"Olmaliq KMK" AJ "Angren quvur zavodi" Unitar korxonasi 2013 yilda Toshkent
viloyatining "Angren" Maxsus industrial zonasida turli diametrli mis quvurlari ishlab chiqarish
maqsadida barpo etildi.
Korxonaning loyihaviy quvvati yiliga 8000 tonnani tashkil etadi. Asosiy xom ashyosi
tarkibida 99,99% metallga ega bo’lgan mis katodi (GOST 546) hisoblanib, Markaziy Osiyo
mintaqasidagi yirik konchilik-qayta ishlash korxonalaridan biri hisoblanadigan "Olmaliq KMK"
AJ tomonidan yetkazib beriladi.
Ishlab chiqariladigan mahsulot eksportga (90%), hamda ichki bozorga (10%) chiqarishga
mo’ljallangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |