Zamon bilan hamnafas



Download 26,51 Kb.
Sana06.06.2022
Hajmi26,51 Kb.
#641834
Bog'liq
ZAMON BILAN HAMNAFAS


ZAMON BILAN HAMNAFAS
Konchilik mamlakat iqtisodini yuksaltirishning yetakchi tarmoqlaridan biridir. Soha rivoji ko‘p jihatdan joylarda geologiya xizmati qay darajada tashkil etilganligi, fidoyi kasb egalari – geologlar ishining ko‘lami va samaradorligiga ham bog‘liqdir. Chunki geologlar yer osti tabiiy boyliklari zaxiralarini qidirib topib, soha istiqboliga hamda shu bilan daxldor tarzda sanoat korxonalarida ishlab chiqarish maromi ta’minlanishiga mustahkam poydevor yaratishadi. Mustaqillik bayrami arafasida Markaziy kon boshqarmasi bosh geologi S.Rahimov bilan suhbatlashdik. U kon boshqarmasi xazinatoparlari amalga oshirayotgan ishlar haqida quyidagilarni so‘zlab berdi.
Kon boshqarmamiz geologiya xizmati konlar topilgunga qadar joyni tasvirga olish, geologik qidiruv, baholash, kon ochilgan vaqtdan boshlab esa uning parametrlarini belgilash, qayta ishlash texnologiyasini aniqlash, mineral resurslardan oqilona foydalanish va qayta ishlash majmualarini yetarli miqdorda, sifatli ma’dan bilan ta’minlash asosida korxonalarning mineral xomashyo bazasini kengaytirish kabi keng qamrovli ishlarni amalga oshiradi. Boshqacha aytganda, geologiya xizmati Markaziy kon boshqarmasida qimmatbaho metall ishlab chiqarish bo‘yicha davlat buyurtmasi bajarilishida muhim o‘rin tutadi. MKBning geologiya xizmati “Muruntog‘”, “Auminzo-Amantoy” konlari, “Muruntog‘” shaxtasi, 3- Geologiya qidiruv partiyasi, Gamma-faollashtirilgan tahlil markaziy laboratoriyasi geologiya byurolaridan tarkib topgan bo‘lib, har bir bo‘linma faoliyati o‘ziga xos jihatlarga ega. Barcha bo‘linmalar geologlari o‘z vazifalarini sidqidildan ado etib kelmoqdalar. Konlardagi geologiya xizmatining asosiy maqsadi konni texnik jihatdan to‘g‘ri va maqsadga muvofiq o‘zlashtirish bilan bog‘liq masalalarni hal etish uchun konlar va ularning alohida qismlarini har tomonlama geologik o‘rganishdan iboratdir. Bu ishlar qazilma boyliklardan to‘la va kompleks foydalanishga qaratilgan.
Ayni paytda “Muruntog‘” koni 5-navbatini ishga tushirish, Oltinni uyumlab eritish sexida texnogen chiqindilarni qayta ishlash majmuasi qurilishi kabi investitsion loyihalarni ro‘yobga chiqarish yuzasidan ishlar qizg‘in boshlab yuborildi. “Muruntog‘” koni geologiya xizmati jamoasi zimmasiga yangi vazifalar yuklatilmoqda. Navoiy kon-metallurgiya kombinatini rivojlantirishning 2026 yilgacha bo‘lgan davrga mo‘ljallangan investitsion loyihalar dasturida “Auminzo-Amantoy” konlari bazasida 5-gidrometallurgiya zavodini barpo etish belgilangan. “Shimoliy”, “Markaziy”, “G‘arbiy Amantaytov” konlari, shuningdek Amantaytov, Auminzotov, Dovgiztov ma’danli maydonlarning 30 dan ortiq kichik konlarining oksidli va sulfidli zaxiralari xomashyo bazasi bo‘ladigan mazkur qayta ishlash majmuasini 2022 yilning oxirigacha qurib bitkazish mo‘ljallanayapti. “Auminzo-Amantoy” koni bosh geolog byurosi xodimlari yuqorida sanab o‘tilgan konlarni atroflicha o‘rganish va kompleks baholashdek mas’uliyatli ish bilan shug‘ullanmoqdalar. Demak, yangi zavod uzoq yillar sanoatbop ma’dan bilan muvaffaqiyatli ta’minlanadi, deyishimizga to‘la asos bor.
“Muruntog‘” shaxtasi geologiya xizmati shaxta maydoni geologiyasini muntazam o‘rganib, kon-foydalanish ishlari natijasida olingan geologik ma’lumotlarni yig‘adi va umumlashtiradi. Geologik qidiruv ishlari konning geologik tuzilishi haqida dastlabki tasavvurni uyg‘otadi. Mustaqil ravishda shaxta maydonini geologik tasvirga olish, quduqlar burg‘ilash, gid¬rogeologik ishlar, ma’dan qatlamlari, yo‘ldosh tog‘ jinslari va tektonik o‘zgarishlarni doimiy kuzatib borish ham shaxta geologlari zimmasida.
“Muruntog‘” konida qidiruv ishlari uchun geologik va burg‘ilash ishlarini amalga oshirish maqsadida bundan o‘ttiz besh yil muqaddam tashkil etilgan 3- Geologiya qidiruv partiyasi kon boshqarmasi qayta ishlash majmualarining xomashyo bazasini kengaytirishga xizmat qilmoqda. 3-GQP “Muruntog‘” konida chuqurligi ming metrgacha bo‘lgan geologik qidiruv quduqlarni, “Muruntog‘”, “Auminzo-Amantoy”, “Tashqo‘ra” konlari tasarrufidagi omborlar va ag‘darmalarda burg‘ilash ishlarini bajarishga mo‘ljallangan eng zamonaviy burg‘ilash uskunalari bilan ta’minlangan. Geologiya qidiruv partiyasi jamoasi har yili beshta ob’yektda burg‘ilash, namuna olish, hujjatlashtirish ishlarini amalga oshirishdan tashqari chuqurligi 20 ming metrdan ortiq bo‘lgan kolonkali va kernsiz qidiruv quduqlarini o‘rganmoqda. Bu raqamlar yildan-yilga oshib borayapti.
Gamma-faollashtirilgan tahlil markaziy laboratoriyasi 1976 yilda “Muruntog‘” konining oltinni tahlil qilishga bo‘lgan ehtiyoji tufayli tashkil etilgan. Bugungi kunda laboratoriyada nafaqat Navoiy kon-metallurgiya kombinati, balki boshqa tashkilotlarning ham tahlillar buyurtmalari bajarilmoqda. Laboratoriyada yiliga milliondan ortiq namunalarga ishlov berilmoqda va tahlil qilinmoqda. Qirq yildirki, Gamma-faollashtirilgan tahlil markaziy laboratoriyasi jamoasi ishlov berish va tahlilni yuqori aniqlik bilan sifatli bajarib kelmoqda. Bu, notekis taqsimlangan oltindan namuna olish bilan bog‘liq qiyinchiliklarni hal qilish imkonini beradi. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, bir xil sifatli sharoitda gamma-faollashtirilgan tahlil probirli tahlildan 9 barobar arzon usuldir. Markaziy kon boshqarmasi uchun ko‘p miqdordagi namunalarni tez, yuqori aniqlikda tahlil qilish alohida ahamiyat kasb etadi. Joriy yilda GFTMLda texnik qayta jihozlash, tezlatgichlarni modernizatsiyalash va yangilash ishlari amalga oshirilmoqda. Namuna tayyorlash masalalarini yanada sifatli bajarishni ko‘zlab 2019 yilda zamonaviy avtomatik maydalash-saralash uskunasini olish va o‘rnatish rejalashtirilmoqda. Imkoniyatdan foydalanib, Markaziy kon boshqarmasi geologiya xizmati oldiga qo‘yilgan vazifalarning bajarilishiga “Muruntog‘” koni bosh geologi Tursun Tolibov, bosh geolog o‘rinbosari Feruz G‘aniyev, geologlari Burxon Toshov, Igor Strigin, Rafiq Rustamov, “Auminzo-Amantoy” koni bosh geologi Hasanboy Nakibov, geologi Shuhrat Karimov, “Muruntog‘” shaxtasi bosh geologi Erkin Sayidov, geologi Jo‘rabek Jeyranov, 3-Geologiya qidiruv partiyasi bosh geologi Rimma Axmadullina, geologi Hasan Astanayev, kon boshqarmasi bosh geologining o‘rinbosarlari Bahodir Xo‘jamov, Kamol Chiniqulovlar munosib hissa qo‘shayotganliklarini ta’kidlamoqchiman. Ahil jamoamiz bundan buyon ham faoliyatini zamon bilan hamnafas tarzda olib boraveradi. Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan 2010 yil 12 noyabrda taqdim etilgan Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasida nodavlat ommaviy axborot vositalarini qo‘llab-quvvatlash, ularning moddiy-texnik bazasi va kadrlar salohiyatini mustahkamlash masalasiga alohida e’tibor qaratilgan.
O‘zbekiston Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi va O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi hamkorligida tashkil etilgan media-forumda soha vakillarining bu yo‘nalishdagi dolzarb vazifalari, yakunlanayotgan 2011 yildagi ishlar atroflicha muhokama etildi.
Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi boshqaruvi raisi F.Abduxoliqov, Jurnalistlar ijodiy uyushmasi raisi SH.G‘ulomov, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasi raisi A.Saidov, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisi A.Xo‘jayev, O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi bosh direktori o‘rinbosari R.Safoyev, aloqa va axborotlashtirish agentligi bosh direktori o‘rinbosari SH.Otamuhamedov va boshqalar milliy media sohani jadal ravnaq toptirish, uning jahon andozalari talablari darajasida faoliyat ko‘rsatishi uchun zarur sharoit va imkoniyatlarni yaratish masalalari Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida olib borilayotgan demokratik yangilanish jarayonlarida ustuvor ahamiyat kasb etayotganini ta’kidladilar.
Mamlakatimizda fuqarolarning so‘z erkinligi va axborot olishga doir huquq va manfaatlari O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, o‘nga yaqin qonun hujjatlarida mustahkamlab qo‘yilgan. Media sohani izchil va bosqichma-bosqich, tizimli tarzda isloh etish samarasida barcha turdagi ommaviy axborot vositalari faoliyatining tashkiliy-huquqiy asoslarini yanada takomillashtirish, ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, yuksak malakali mutaxassislarni tayyorlash yuzasidan keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda.
Bu jarayonda nodavlat ommaviy axborot vositalarini har jihatdan qo‘llab-quvvatlash, mamlakatimizda kechayotgan demokratik yangilanish jarayonlarida ularning yanada faolroq ishtirok etishini ta’minlash, milliy media makonda o‘z munosib o‘rnini egallashi uchun yaqindan ko‘maklashish masalasi doimiy e’tiborda bo‘lmoqda.
Nodavlat elektron ommaviy axborot vositalarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ular uchun imtiyozli grantlar, qo‘shimcha imkoniyatlar yaratish, studiyalarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ish jarayoniga zamonaviy, raqamli texnika va texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha katta hajmdagi ishlar bajarilmoqda.
O‘zbekiston Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi tomonidan kadrlar salohiyatini yanada yuksaltirish, teleradio tahririyatlarini zamonaviy uskuna va jihozlar bilan ta’minlash, mamlakatimiz va xorijiy mutaxassislarning o‘zaro fikr va tajriba almashishini keng yo‘lga qo‘yishga doir bir qator ma’rifiy, texnik, ijodiy loyihalar muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda.
Media-forumda nodavlat elektron ommaviy axborot vositalarining 2011 yildagi faoliyati atroflicha tahlil etilib, istiqboldagi rejalar belgilab olindi.
Download 26,51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish