Декабрь 2020 22-қисм
Тошкент
O’QUvChILARNING BIOLOGIYA fANIGA BO’LGAN QIZIQIShINI
OShIRIShDA AKTDAN fOYDALANISh
Xudoyberganova Nargiza Sa’dullayevna
Buxoro viloyati, Olot tumanidagi 13-umumiy
o’rta ta’lim maktabi biologiya fani o’qituvchisi
Telefon: +998(93)6894034
Annotatsiya: maqolada biologiya darslarini o’tishda aKTdan foydalanish va uning
samaradorligi haqida fikr yuritilgan.
Kalit so’zlar: kompyuter texnologiyalari, ta’lim samaradorligi, multimedia.
yuksak ma’naviyatli yetuk shaxsni tarbiyalash davlat va jamiyat oldida turgan dolzarb
vazifalardan sanaladi. Jamiyat taraqqiyotining hozirgi bosqichida pedagogik texnologiyalar
taraqqiyotining keskin burilishlari, ilmiy-texnikaviy jarayonning jadal rivojlanishi davriga kirib
kelindi.
Kommunikativ axborot tizimining kun sayin kengayib, ma’lumotlarning keskin oshib
borayotgani, ulardan ta’lim-tarbiya jarayonida foydalanish uchun vaqtning chegaralanganligi,
o’sib kelayotgan avlodni hayotga har tomonlama mukammal tayyorlash talab-ehtiyojlari, ayni
paytda, jamiyatni ijtimoiy rivojlantirishning ilmiy asoslangan, istiqbolli rejasini ishlab chiqish,
uning ustuvor yo’nalishlarini belgilab olish o’quv tizimiga ilg’or pedagogik texnologiyalarni
tatbiq etishni taqozo etadi. mamlakatimizning taraqqiy etgan mamlakatlar qatoridan o’rin
olishi uchun aholi ta’limini jadallashtirish va uning samaradorligini oshirish maqsadi ham ilg’or
pedagogik tadbirlardan, texnologiyalardan keng foydalanishimizni talab etmoqda.
Biologiya darslarida aKT vositalaridan foydalanish ta’lim samaradorligini oshirishning
vositalaridan biri bo’lib, o’quv maqsadlariga erishishning maqbul yo’li sanaladi. Biologiya
darslarida kompyuter texnologiyalaridan yangi mavzuni tushuntirish, egallangan ko’nikma va
malakalarni qayta ishlash, o’zlashtirilgan bilimlarni nazorat qilish hamda eng asosiysi biologiya
fanidan amaliy mahg’ulotlarni o’tkazishda foydalanish maqsadga muvofiqdir. ayniqsa, 9 sinf
Biologiya fanidan (sitologiya va genetika asoslari) kursining o’zlashtirilishi qiyin hisoblangan
hujayra mikrodunyosi, oqsil biosintezi jarayonlari, o’simliklardagi fotosintez reaksiyalari,
hujayralarning bo’linishi: mitoz va meyoz bosqichlari kabi mavzularni o’quvchilarga
tushuntirishda videoroliklardan foydalanilganda ushbu mavzularni o’zlashtirish oson kechadi.
Chunki o’quvchilar maktab sharoitida yaqindan tanishish imkonini bermaydigan mavzularni
ularning videoraliklardagi modeli orqali o’rganishi qulay. harakatlanadigan animatsion modellar
esa tasavvur qilish oson bo’lmagan mavzularni o’zlashtirishning yagona yechimidir.
shuningdek, biologiya darslarida muammoli vaziyatlarni shaklllantirishfda ham kompyuter
texnikasidan foydalanish mumkin. masalan:
videorolik taqdimoti jarayonida uning ovozi o’chiriladi va o’quvchilardan bu jarayonlarni
sharhlash so’raladi (nuklein kislotalarning tuzilishi, hujayrada oqsil biosintezi, fotosintez kabi
mavzularda);
videorolik taqdimotini vaqtinchalik to’xtatib o’quvchidan keyingi jarayonlarning ketma-
ketligini so’rash mumkin:
sodir bo’layotgan jarayonni videoda ko’rsatib o’quvchilardan jarayonning nega aynan shunday
kechayotganligini so’rash mumkin.
Biologiyadan laboratoriya va amaliy mashg’ulotlarni o’tkazishda, shuningdek o’quvchilarning
bilimini nazorat qilishda ham foydalaniladi. masalan, kompyuter dasturlaridan ispring, myTest
dasturlari yordamida o’quvchilarning bilimini nostandart test topshiriqlari orqali bilimini baholash
mumkin. Bunda bir qancha muhim vazifalarning yechimiga erishiladi:
Biologik jarayon va hodisalarni o’zlashtirish emas balki tushunishga doir test topshiriqlaridan
foydalanish imkoni;
Javoblarni tekshirishning obyektivligi ortishiga erishiladi;
individual yondashuvni amalga oshirilishi ta’minlanadi;
Bilimlarni baholashga sarflanadigan vaqtni tejash imkonini beradi. Biologiya ta’limida 6 sinf
Botanika kursidagi ekskursiya darsini tashkil qilishda uni virtual o’tkazish imkoni tug’iladi.
19
Do'stlaringiz bilan baham: |