Декабрь 2020 22-қисм
Тошкент
yurtimizda ham o‘sadi. Bunday o‘simliklarni o‘stirib ulardan dori vositalari tayyorlash, yoki
tabiiy holda quritib ichimlik sifatida ichish ushbu qimmat chet el dorisiga ehtiyoj yo‘qoladi.
dono xalqimizning “Kasallikni tuzatishdan uni oldini olish oson”degan pur ma’no so‘zlarida
qanchalik hayot haqiqati yotadi.
hukmingizga buyuk bobokalonlarimiz abu rayhon Beruniy va ibn sinoning inson salomatligi
haqidagi fikrlarini havola etib, yurtimizda o‘sadigan yoki kundalik iste’mol qilayotgan
o‘simliklarning shifobaxsh xususiyatlari bilan o‘rtoqlashamiz. Buyuk bobokalonimiz abu rayhon
Beruniyning oxirgi asari “dorivor o‘simliklar haqida kitob” yani “saydana”asarida markaziy
osiyoda o‘sadigan dorivor o‘simliklarning to‘la tasnifini keltirgan. Beruniy dorishunoslikning
o‘zi alohida fan bo‘lishi, farmakalogiya fanini alohida fan sifatida o‘rganish kerakligini aytib
o‘tgan.
ushbu asarda 750 tur dorivor o‘simlikning dorivorlik xususiyatini ochib bergan. Beruniy
“saydana”asarida keltirgan va hozirgi kunda davolashda keng foydalanilayotgan ayrim o‘simliklar
bilan tanishtiramiz.
dalachoy - bo‘yi 30-100 smga yetadi. Bargi oddiy poyada qarama-qarshi joylashgan. may-
avgust oylarida gullaydi. ildizida bo‘yoq moddalari, giperitsin, flovinoidlar, vitamin C mavjud,
yer ustki qismidan bakteriorsidimanin pereparatlar tayyorlanadi, damlama sifatida ichiladi.
qizilmiya - dukkakdoshlar oilasiga mansub, bo‘yi-1-1, 5 metrga yetadi ko‘p yillik o‘simlik.
iyun-avgust oylarida gullaydi. mevasi pishganda dukkak shaklida bo‘ladi. ildizida glyukarrin,
likviritin, flobinoidlar bo‘lib nafas yo‘li kasalliklarida balg’am ko‘chiruvchi, surunkali qabziyatda
yengillashtiruvchi dori sifatida ishlatiladi.
sano - dukkakdoshlar oilasiga mansub, bo‘yi 1 metrgacha yetadi, bargi juftlangan, poyasi
shoxlangan, iyun oyida gullaydi. mevasi yassi yapaloq tuxumsimon bo‘lib, bu o‘simlikdan surgi
dori sifatida va turli gijjalarga qarshi foydalaniladi.
qorafs (selderey) - soyabonguldoshlar oilasiga mansub bir yillik o‘simlik. iyun- iyul oylarida
gullaydi, mevasi sentabr-oktabr oylarida pishadi. urug’ida moy, oqsil, flavon glikozidi, apegenin,
karotin moddasi bor. seldereydan sukapichgravean preparati olinib, bu preparat kuchli siydik
haydovchi xususiyatga ega. yuqorida Beruniyning dorivor o‘simliklarhaqidagi shifobaxsh
xususiyati bilan tanishib, fikrimizning ibn sinoning kasalliklarni oldini olishdagi falsafiy fikrlari
bilan yakunlaymiz.
- o‘z vaqtida me’yori bilan badantarbiya qilgan odamga dard yaqin yo‘lamaydi.
– hakimning uch quroli bor: Bu avvalo so‘z, so‘ng –giyoh va oxrida- tig’.
- Badantarbiyani tark etgan odam xarob bo‘ladi, zero harakatsiz qolgan a’zoning quvvati
zaiflashadi.
- har bir tabiiy narsa o‘lchangan bo‘ladi, lekin har bir o‘lchangan narsa tabiiy bo‘lavermaydi.
Tabiiy deb o‘ylaganimiz yovvoyi tabiatni asraylik, zero u bizlarga ota-bobolarimizdan
farzandlarimiz va kelajak avlodlarimizga meros bo‘lib qolgan.
foydalanilgan adabiyotlar
1. ubaydulla uvatov “Buyuk yurt allomalari”-T “o‘zbekiston”2018
2. pirmat shermuhammedov “dahoning tug’ilishi yoxud abu rayhon Beruniy qismati”-
T”fan”2009