Toza nutq - andozali nutq. Qaysi tilda ma’ruza o‘qishdan qatiy nazar,
o‘sha tilning sofligi, boyligi o‘qituvchi nutqida aks etadi. Bir tilga xos xususiyatlarni
4
Низомиддин Маҳмудув “Ўқитувчи ва нутқ техникаси” Тил ва адабиёт таълими № 2-сон. Т.:- 2007 йил. -4-9 б.
yoki so‘zlarni ikkinchi tilga qo‘shib so‘zlash yoki adabiy til me’yorlariga mos
bo‘lmagan so‘z va iboralarni qo‘llash nutqning tozaligiga zid.
Demak, nutqning tozaligi, uning adabiy til mezonlariga mos kelish-kelmasligi,
g‘ayri adabiy til unsurlaridan holi bo‘lishidir.
Anglashilayaptiki, deyarli barcha tillarda bor bo‘lgan sheva, varvarizm,
kanselyarizm, professionalizm, akademizm, vulgar kabi so‘z va iboralarni adabiy
tilga aralashtirib qo‘llashdan qochish ma’qul.
Badiiy adabiyotda bularni qo‘llash holatlari mavjud. Unda milliy koloritni
berish, qahramonning qalb-qiyofasini ochish uchun xizmat qiladi. O‘zbek tili sheva
va lahjalarga boy. Shu bois adabiy til normasida fikrlash lozim bo‘ladi.
Ana shu nuqtai nazardan yondoshilsa, ta’lim muassasasida faoliyat ko‘rsatuvchi
pedagoglar nutqi maqtovga sazovor bo‘ladi. Shu sababli, adabiy tilda so‘zlashga
harakat qilinsa ham, shevada fikrlash g‘ayriixtiyoriy tarzda dialektlarga xos so‘z va
atamalarni qo‘llab yuborishga olib keladi. Pedagoglar nutqidagi sheva unsurlari,
ayniqsa, nutq tovushlarining talaffuzida yaqqol seziladi.
Bu unli tovushlarning cho‘ziq yoki qisqaligini, lablangan yoki
lablanmaganligini farqlay olmaslikda ko‘rinadi. «O» unlisini tojikcha «o‘»ga
yaqinroq qilib talaffuz etish. Masalan: bor-bo‘r.
«I» qisqa unlisini cho‘ziq varianti bilan almash qo‘llash. Misol: qыz-qiz.
«Q» undoshi o‘rniga «
F
»
ni («chiqmoq - chig‘moq»), «h» undoshi o‘rniga
«x»ni (bahor-baxor, hamma-xamma) qo‘llash kabi fonetik sheva unsurlari kuzatiladi.
Chet tillardan o‘zlashgan so‘zlarni qorishtirib ifodalash mavjud. «Mentalitet»,
«immunitet» kabi so‘zlarning muqobilibo‘lgani holda, omma anglashi mushkul
bo‘lgan atamalarni keltirish nojoizdir. Shu o‘rinda ushbu fikr e’tiborlidir:
«Turmushga oid turli xil narsa va xodisalar borki, xayotga singib ketgan. Tilda uni
nomlovchi so‘z bo‘lmasa, shunday so‘zni qo‘shni tildan olish mumkin. Lekin tilda
mavjud so‘zlar o‘rnida boshqa so‘zni qo‘llash zararlidir».
Nutqda kanselyarizm (idoraviy atamalar), akademizm (ilmiy uslub) imkon
qadar qo‘llanilmagani, ommaviylik yetakchi o‘rin tutgani durust. Keng
jamoatchilikka tushunarli termin va atamalarni ishlatish maqsadning, nutq
mohiyatining tez anglanishini ta’minlaydi.
Ba’zi hollarda o‘quvchilar muloqot mavzusini chuqur bilmasdan, fikr
ifodalashda qiynaladilar va odatga aylangan ushbu so‘zlarni ishlatadilar. Misol:
«Xo‘sh, haligi, anaqa, o‘sha, nimaydi, deylik, demakkim» va h.k.
Bular tilshunoslikda «parazit so‘zlar» deyiladi. Nutqning tozaligiga putur
yetkazuvchi bunday so‘zlarni qo‘llamaslik uchun mavzuni sinchiklab o‘rganish va
nutqiy mashqlar qilish lozim. Nutq tozaligiga salbiy ta’sir etuvchi holatlardan biri
vulgar (qo‘pol) so‘zlarni istifoda etishdir. Qarg‘ish, haqorat ma’nolarini anglatuvchi
bunday so‘zlar oynai jahon orqali namoyish etiluvchi badiiy film va spektakllarda
qahramon qiyofasini, sajiyasini, ruhiy holatini ochishda ba’zan qo‘llaniladi. Nutq
uchun soflik deganda, ta’lim beruvchi bilan ta’lim oluvchi orasidagi muloqotni oson
tushunilishi anglashiladi. Bu esa bir jihatdan, nutqning soddaligi va qisqaligini ham
anglatadi. Allomalardan biri «tilning tozaligi, ma’no aniqligi va o‘tkirligi uchun
Do'stlaringiz bilan baham: |