goho, o‘rinli aytilgan birgina so‘z ham kifoya bo‘lgan», — deb yozadi. Faylasuf olim
Ralf Uoldo Emerson (1803-1882) esa «Nutq qudratli kuch: u ishontiradi, undaydi,
majbur etadi», - deydi.
Shunday ekan, o‘rinli so‘z, jozibali nutq xalq bilan bog‘liqlik va birlikning
tayanchidir. Ayniqsa pedagog, shu bilan birga elektron ommaviy axborot vositalari
— televidenie va radioda faoliyat ko‘rsatuvchilar nutqining ko‘rki va jozibasi xalq
tilining boyligi va nafosatini ko‘rsatuvchi omildir.
Nutqqa xos bo‘lgan, yuqorida ko‘rib chiqqanimiz aniqlik va to‘g‘rilik
sifatlarisiz nutqning mantiqiyligini tasavvur etish qiyin. Aniq va to‘g‘ri bo‘lmagan
nutq mantiqsiz hamdir. Chiroyli ibora va so‘zlarni qo‘llagan bilan nutq mantiqli va
mazmunli bo‘lmasligi mumkin. Jumlalarning grammatik jihatdan noto‘g‘ri tuzilishi
va unda ishlatilgan so‘zlarning noto‘g‘ri qo‘llanilishi mantiqning buzilishiga olib
keladi. Shuning uchun o‘qituvchi matnni o‘qishdan oldin bir necha bor tahririy nazar
bilan ko‘rib chiqqani durust.
Nutqning mantiqiy bo‘lishi bu faqat til hodisasi emas, balki tafakkur
dialektikasi bilan ham bog‘likdir. Mantiqiy fikr yuritish uchun esa, keng qamrovli
bilim ham kerak. Shuning uchun ham faylasuf olim Nikolay Gavrilovich
Chernishevskiy (1828-1889) «nimani noaniq tasavvur qilsang, shuni noaniq ifoda
etasan, noaniqlik va ifodani chalkashtirish fikrlar chigalligidan dalolatdir», - deyishi
bilan haqli edi. So‘ylab turib o‘ylash, fikr yuritish va uni yetkazish nutqning muhim
omillaridandir. So‘z birikmalari o‘rtasidagi grammatik aloqani his etmasdan aytishlik
eshituvchiga malol keladi va mantiqni buzadi.
Mohiyati har xil bo‘lgan so‘zlarni avtomatik ravishda uyg‘unlashtirish mantiqli
nutqqa ziddir. Shunday xususiyatlarning yana biri so‘z tartibining buzilishidir. So‘z
o‘rnining almashinishi jumlada mantiqning aniq va tiniq bo‘lishiga ta’sir etadi.
To‘g‘ri, nutqda pauza, intonatsiya orqali nuqsonni to‘g‘rilab ketish mumkin.
Lekin matn silliq, ravon va tushunishlik bo‘lishi uchun mantiqiylikka rioya etilishi
zarur.
So‘zlarni bilib-bilmasdan tushirib qoldirilishi ham nutqdagi mantiqni buzadi.
Bu xususiyat ham ko‘pincha nutqda unchalik sezilmasa-da, diqqat bilan tinglagan
kishi notabiiylikni sezadi.
"O‘ylamasdan, e’tiborsizlik bilan qo‘llangan so‘z ma’noni xiralashtiradi,
mazmunni buzadi, e’tiborni susaytiradi. "O‘ylaganda ham, so‘ylaganda ham o‘zni
nazorat etish lozim. Nutq, notiq, mantiq so‘zlarining bir o‘zakdan yasalgani ham bekor
emas”.
4
Do'stlaringiz bilan baham: