kurash madaniyat quroli uchun kurashishdir. Bu qurol qanchalik o‘tkir,
qanchalik aniqyo‘naltirilgan bo‘lsa, shunchalik g‘olib bo‘ladi », - degan.
Nutq tozaligiga erishish uchun o‘quvchi og‘zaki nutq madaniyati va nutq
texnikasini yaxshi bilishi va unga amal qilishi zarur bo‘lgani holda o‘z nutqini
nazorat qilib, o‘zgalar nutqi bilan solishtirib borishi kerak.
Ta’sirli nutq - tasvirli nutq. Yuqorida ko‘rib o‘tilgan nutqiy sifatlar bilan
bevosita dahldor bo‘lgan omillardan biri nutqning ta’sirchanligidir. Ta’lim beruvchi
bilan ta’lim oluvchi orasidagi muloqot qanchalik ta’sirli bo‘lsa, dars shunchalik
mazmunli, samarali bo‘ladi.
Ta’lim beruvchining ta’sirli nutqi nolisoniy omillarga bog‘liq. Nutq
ta’sirchanligi, asosan og‘zaki nutq jarayoniga tegishli. Ayni paytda auditoriyaning
texnik imkoniyatlarini e’tiborga oladi. Hozirgi kun talabi esa butun bir manzara,
o‘qituvchining joylashishi, ko‘rinishi, turishi, so‘zlash manerasi singarilarni o‘z
ichiga oladi. Albatta, ta’lim beruvchi yoki ta’lim oluvchining kasbi, saviyasi, jinsi,
o‘sha ondagi holati, kayfiyati e’tiborga olinsagina nutqning ta’siri anglashiladi.
O‘qituvchi nutqining ta’siri esa mavzu haqida keng qamrovli bilimga ega bo‘lishlik,
qiyofa, ovoz kabi nolisoniy faktorlarga ham bog‘lanadi. Bulardan tashqari omma tez
tushunadigan jonli tilda gapira olish, suhbat vaqtini hisobga olish, hayotiy misollarga
murojaat qilish orqali fikrni isbotlash, turli tasviriy vositalardan, yumordan o‘rinli
foydalanish, kiyinish, imo-ishora, muomaladagi samimiylik kabilar ta’sirli nutqning
garovidir. So‘zlayotganingizda eshituvchining ko‘z o‘ngida tasviriy manzara hosil
qila olsangiz, obrazli fikr yuritsangiz, o‘z so‘zingizga ishontira olsangiz,
qiziqtirsangiz, nutqingiz ravon bo‘ladi va ta’sir darajasi oshib boraveradi.
Missiy ta’sir o‘tkazish haqida tarixchi, professor Vasiliy Osipovich
Klyuchevskiy
(1841-1911)
yozadi:
«Jamoat
orasida
gapirganingda,
tinglovchilarning qulog‘iga, aqliga murojaat qilmang, shundoq gapiringki, ular sizni
tinglab turib, so‘zlaringizni eshitsin, narsalarni siz bilan ko‘rib, sizning holatingizga
kirishsin. Tinglovchilar sizning tasviringizsiz ham aqli, yuragi, fikri bilan shu narsani
yaxshiroq kuzatadi. Nutqda fikrni rivojlantira borib, dastlab uning tuzilishini
tinglovchining aqliga yetkazish, keyin uning tasavvuriga yaqqol taqqoslarni taqdim
etish kerak, nihoyat, chiroyli, lirik tasvirlar bilan ehtiyotkorona uni tinglovchining
yuragiga jo qiling, o‘shanda tinglovchi asiringiz, qochib ketmaydi,xatto, siz uni erkin
qo‘yib yuborsangiz ham sizning adabiy itoatguy mijozingiz bo‘lib qoladi».
Xuddi shuningdek, obrazli fikrlash, tasviriy vositalardan foydalanish ham ana shu
maqsadga xizmat qiladi. E’tibor qiling. «Har bir narsa-hodisaning, bizni qurshab
olgan borliqning o‘z tayanch nuqtasi bor. Tayanch nuqtasi bor bo‘lmagan narsa bari
omonat. Baland imoratga nazar soling. Uningtayanchi poydevori bo‘lmasa, ko‘kka
bo‘y cho‘zishi, hashamati hech nimadir. Daraxtning gullashi, meva qilishi, barg,
shoh, novdalari uning ildiziga bog‘liqligi ayon. Xatto, yerning ham tayanch nuqtasi
bor. Agar bo‘lmaganda edi, u allaqachon o‘z mehvaridan chiqib ketgan bo‘lardi. Har
bir yurtning, elning ham tayanch nuqtalari bor. Bu tinchliksevar xalqning ezgu
maqsadlarini o‘ziga jo etgan g‘oyasi, milliy mafkurasi va yo‘lboshchisidir.
O‘qituvchi nutqiga mos, uni to‘ldiruvchi video tasvirlardan foydalanish hozirgi
kun auditoriyalarida imkoniyati ham mavjud. Undan unumli foydalana olish
pedagog mahoratiga bog‘liq..
Do'stlaringiz bilan baham: |