1. Koshiyning hayoti va ijodiy faoliyati Ulug‘bekning hayoti va ijodiy faoliyati


  Qozizoda Rumiy hayoti va ilmiy faoliyati (1360-1437 y)



Download 413,18 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana02.08.2021
Hajmi413,18 Kb.
#136134
1   2   3   4
Bog'liq
8-AMALIY MASHG'ULOT

3.  Qozizoda Rumiy hayoti va ilmiy faoliyati (1360-1437 y)  

 

Ulug’bek  ilmiy  maktabining  asoschilaridan  biri  Salohiddin  Muso  ibn 



Qozizoda  Rumiy  1360  yili  kichik  Osiyodagi  (Rum)  Bursa  shahrida  tug’ildi.  U 

boshlang’ich ma’lumotini tug’ilgan joyida olib, o’z bilimini oshirish maqsadida  

O’rta Osiyo mamlakatlariga jo’naydi. U bir necha mamlakatlarga borib, so’ng  

Samarqandga keladi. Uning o’qituvchisi Temur saroyining astronomi mavlono  

Ahmad  edi.  U  o’zining  ilmiy  ishlari  bilan  tez  orada  Samarqand  va  Sharq 

mamlakatlarida katta obro’qozonadi. Rumiy fan sohasidagi ishlari tufayli olimlar  

orasida «Aflotuni zamon» degan nom oladi.  

Temur  o’z  nabirasi  Ulug’bekni  dars  olish  uchun  Qozizoda  Rumiyga 

topshirdi.  U  Rumiydan  fan  sirlarini  o’rganib  buyuk  olim  bo’lib  yetishadi.  Rumiy 

Ulug’bekning qurgan rasadxonasida faol qatnashib, madrasada mashg’ulotlar olib 

boradi  va  bir  necha  yil  ilmiy  ishlarga  rahbarlik  qiladi.  Ali  Qushchi  va  Mirim 

Chalabiylar  Rumiyning  eng  iste’dodli  shogirdlari  hisoblanadi.  Ali  Qushchi  «al-




Muhammadiya» kitobining kirish qismida. Shuni bilish kerakki,- deb yozadi, har 

bir son musbat va manfiy bo’lishi mumkin.  

«Musbat  va  manfiy»  atamalarini  kiritgandan  keyin  Qushchi  quyidagi 

tengliklarning to’g’riligini ko’rsatadi.     

 

«Al-Muhammadiya»  kitobining  ikkinchi  qismida  geometriya  va 



trigonometriya bayon etilgan. Geometriya bo’limi kirish va 3 bobdan iborat bo’lib,  

unda  uzunliklar  (masofalar)  kesmalar  va  yuzlarni  o’lchash  sirtlarning  yuzlari  va 

jismlarning hajmlarini hisoblash koidalari bayon etilgan.   

Ali  Qushchi  uchburchak  tomonlari  va  burchaklari  orasida  quyidagi 

munosabatlarni ko’rsatadi:  

 

«Astronomiyaga oid risola» asarini 1437 yilda Samarqandda fors-tojik tilida  



yozgan. Bunda Ulug’bek rasadxonasining  kuzatishlariga asosan  juda ko’p muhim  

malumotlar bayon etilgan.  

 Ulug’bek  ilmiy  maktabi  juda  boy  kutubxonaga  ega  bo’lgan.  Tarixiy 

manbalarda  yozilishicha  Temur  o’zining  kichik  Osiyoga  qilgan  yurishlarining 

birida  Bursa  shahrini  egallagan,  unda  eng  qadimiy  va  boy  kutubxona  bo’lgan. 

Temur  kutubxonani  yondirmagan  va  uni  Samarqandga  ko’chirishni  buyurgan.  Bu 

katta  boylik-kutubxona  Ulug’bek  ilmiy  maktabiga  topshirilgan.  Ulug’bek  va 

Koshiylar  o’limidan  so’ng  bu  kutubxonanng  takdiri  noma’lum.  Rumiy  Hazrati 

Boymir  qishlog’iga  yashiringan.  Kitoblarni  esa  Niyoz-tepa  deb  atashgan 

tepalikidagi g’orga yashirgan va so’ng Turkiyaga jo’nab ketgan. Qozizoda Rumiy 

1437  yili  vafot  etdi.  Ulug’bek  o’zining  ustoziga  katta  hurmat  va  ehtirom  bilan 

qarab, uni Samarqanddagi Shohizinda maqbarasiga dafn ettiradi.  

Rumiyning asarlari bilan tanishib o’tamiz:  

1.  «Arifmetika  haqida  risola»  bu  matematikaga  doir  asar  bo’lib  fors-tojik 

tilida yozilgan. Uning qo’lyozmalari Mashhad (Eron), Istambul (Turkiya)  

kutubxonalarida saqlanmoqda.  




2. «Sinus haqida risola». Bu asarda Rumiy bir gradusli burchakning sinusini  

hisoblash usulini beradi.  

3. «Asosiy jumlalar» kitobiga sharhlar. Bu asarda, XII asrda yashagan  

Shamsiddin Samarqandiyning «Asosiy jumlalar» asariga sharhlar yozgan. Bunda  

Rumiy Yevklidning beshinchi postulatini isbotlashga urinadi. (Tehron universiteti,  

Leningad, Ayo-Sufiyo kutubxonalarida saqlanmoqda).  

 4.«Astronomiyaga doir» kitobga sharhlar. Bu asarda Rumiy Muhammad ibn  

Umar Chog’miniy (1345 yilda vafot etgan) tomonidan astronomiyaga bag’ishlab  

yozilgan  kitobiga  sharhlar  yozgan  (arab  tilida).  (Mashhad  va  Toshkent 

Sharqshunoslik instituti kutubxonalarida saqlanmoqda).  

5.«Sinus  choragi  haqida  risola».  Bu  asar  algebra  va  trigonometriya 

masalalariga  bag’ishlangan.  Bunda  trigonometrik  funksiyalarning  har  bir  to’rtdan 

bir daraja qiymatlari algebraik usul  yordamida  aniqlangan  bo’lib,  fors-tojik  tilida 

yozilgan.  

6. «Taftazoniy astronomik asariga sharhlar», XIV asrda Taftazoniy «Ilmlar  

kaliti» nomi bilan astronomiyaga bag’ishlangan arabcha yozuv yozdi. Bu kitobda  

unga sharhlar yozilgan.  

 


Download 413,18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish