O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
GEOLOGIYA FANLARI UNUVERSITETI
NEFT VA GAZ KONLARI FAKULTETI
Fan: Topografiya va geodeziya asoslari
Mustaqil ish
MAVZU : TEODOLIT SYOMKASI
Bajardi: Jumayev U.
Qabul qildi: Gullola Sabirovna
TOSHKENT - 2022
KIRISH
Geodeziya fanida ishlab chiqilayotgan masalalar dolzarb masalalardan biri bo’lib, u iqtisodiyotni bozor tamoyillari asosida isloh qilishda “Geodeziya, kartografiya va kadastr” sohasidagi boshlang`ich masalalarni hal qilish imkoniyatlarini yoritadi. Geodeziya fani bo’yicha yechilaytgan misollar amaliy mashg’ulot yoki malakaviy amaliyotni o’tash davrida talabalarning “Geodeziya” fanini o‘zlashtirib olgan bilimlarini nazariy va amaliy jihatidan mustahkamlaydilar. Bunda teodolit s’yomkasi bajarish usullari va plan tuzish bo’yicha talaba bilimlarini oshiradi. Bu ishlab chiqilgan mavzu: 5311500 – «Geodeziya, kartografiya va kadastr» ta’lim yo’nalishining talabalari uchun mo’ljallangan bo’lib, amaliy mashg’ulot va amaliyot davrida talabalarga quyidagi ko‘nikmalarni hosil qilshda yordam beradi, jumladan: – teodolit s’yomkasini bajarish, o‘lchash natijalarini ishlab chiqish; – plan, karta va profillarni tuzish hamda ularni jihozlash va h. z. Jumladan, qishloq xo`jalik mahsulotlarini yuqori va sifatli darajada yetishtirish, hamda xalq xo`jaligining barcha turdagi sanoat korxonalarini rivojlantirish uchun «Geodeziya, kartografiya va kadastr» bakalavriyat yo`nalishi talabalariga «Geodeziya» fani bo`yicha yagona standart qabul qilindi. Ana shu standartlar asosida talabalarning bilimini oshirish maqsadida “Teodolit s’yomkasini” bajarish uchun misol tariqasida.
Teodolit — ochiq joylarda gorizontal va vertikal burchaklarni oʻlchashda ishlatiladigan koʻchma geodezik asbob. Burchaklarni oʻlchash, triangulyatsiya va poligonometriya ishlarini bajarishda foydalaniladi. Burchak oʻlchash ishlarida gorizontal yoʻnalishda G yoki 30" aniqlikda oʻlchaydigan T.lar qoʻllaniladi. Triangulyatsiya ishlarida (yer sirti holatini aniqlashda) aniqlik darajasi yanada yuqori (0,5" gacha) boʻlgan Teodolitlardan foydalaniladi. Aniqlik darajasi yuqori boʻlgan Teodolitlar bilan ochiq joydagi vertikal burchaklar, masofalar hamda yoʻnalishlar, magnit azimutlarini ham oʻlchash mumkin. Teodolitning asosiy qismlari — koʻrish trubasi, gorizontal va vertikal doiralar. Gorizontal doira limb va adilakdan iborat. Vertikal doira 15° qiya burchaklarni oʻlchash uchun moʻljallangan. Yangi optik Teodolitlar metall limbli Teodolitlarga nisbatan ixcham, yengil va ishlatish oson. Teodolitlar tuzilishi, aniqligi va boshqa xususiyatlariga koʻra bir necha xil boʻladi (xisob qurilmali, optik mikrometrli, mikroskopli, indeksli va boshqalar).
Do'stlaringiz bilan baham: |