1. Koshiyning hayoti va ijodiy faoliyati Ulug‘bekning hayoti va ijodiy faoliyati


   Mirzo   Ulug’bekning hayoti va ilmiy faoliyati



Download 413,18 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana02.08.2021
Hajmi413,18 Kb.
#136134
1   2   3   4
Bog'liq
8-AMALIY MASHG'ULOT

2.   Mirzo   Ulug’bekning hayoti va ilmiy faoliyati 


(1344 yil 22 mart-1449 yil 27 oktyabr) 

 

  



Mashhur astronom, matematik, tarixchi, Samarqand rasadxonasining  

asoschisi  va  undagi  ilmiy  maktab  rahbari  Ulug’bek,  jahoning  eng  yirik 

astronomlari  qatoridan  joy  olgan  olimdir.  Amir  Temur  harbiy  safarlarida,  oila 

azolari bilan birga yurar edi. Sultoniya shahrida dam olish uchun to’xtagan vaqtda, 

1394 yil 22 martda Temurning 17 ga kirgan kichik o’g’li Shohruhning xotini o’g’il 

tug’adi,  unga  Muhammad  Tarag’ay  deb  ism  beriladi.  Keyinchalik  unga  berilgan 

Ulug’bek laqabi uning nomiga aylanib qolgan.  

Ulug’bekning otasi Shohruh kitoblarni ko’p sevar va boy kutubxonani  

to’plagan edi. U yoshligidanoq ana shu kitoblarni mutolaa qilar edi. U mashhur  

yunon olimlari Platon, Aristotel, Gipparx, Ptolemey, vatandoshlari Farg’oniy,  

Forobiy, Beruniy, Ibn Sino kabi olimlarning asarlarini o’rgana boshladi.  

        O’rta Osiyoning qadimiy shaharlaridan bo’lgan Samarqand Temur davlatining  

poytaxti edi, u Sharqning eng taraqqiy etgan fan va madaniyat markazlaridan biri  

hisoblanar edi. Temur Samarqandni go’zal va muhtasham qilishga intilgan. U  

hashamatli  saroylar,  xonakoh,  madrasalar  va  maqbaralar  qurdirgan.  Temur 

vafotidan  so’ng,  Mavoraunnahr  davlatiga  Ulug’bek  hukmdorlik  qildi.  Ammo 

Ulug’bek o’zining bobosi va otasidan tubdan farq qilar edi. Otasi Shohruh Hirotda 

(Xuroson  davlatining  poytaxti,  bu  davlatga  Shohruhning  o’zi  xokimlik  qilar  edi) 




o’z  atrofiga  ruhoniylarni  yig’ib  olib,  erkin  fakr  egalarini  taqib  etgan  bo’lsa, 

Ulug’bek Samarqandda, o’z atrofiga olimlar va shoirlarni to’plab fan, adabiyot va 

san’atning taraqqiy etishiga keng yul ochib berdi, tabiiy fanlar bilan o’zi bevosita 

shug’ullandi.  

         Ulug’bek binokorlik ishlarini boshqacha yo’nalishlarda olib bordi, u ko’proq  

madaniy va ilmiy muassasalar qurish bilan shug’ullandi. U Buxoroda, /ijduvonda 

va  Samarqandda  madrasalar  qurdirib,  ilmu  fanning  rivojlanishiga  katta  ahamiyat 

berdi.  1417  yili  Buxoroda  qurilgan  madrasaning  peshtoqiga  shu  so’zlar  yozilgan 

«Ilmga  intilish  har  bir  musulmon  erkak  va  musulmon  ayolning  burchidir»,  1420 

yili  qurilib  bitgan  Samarqand  madrasasining  peshtoqi  yulduzlar  bilan  osmoning 

tasviri bilan bezatilgan.  

         Ulug’bek o’rtacha davlat arbobi va omadi kelmagan sarkarda bo’lsa ham, u  

eng avval olim va fozil kishi edi. U o’zining matematika, astronomiya, tarix fanlari  

sohasida  qilgan  ishlari  bilan  kishilik  fani  xazinasini  bebaho  gavharlari  bilan 

to’ldirdi.  

  

Ulug’bek yirik olim bo’lishi bilan birga, o’z davridagi fan taraqqiyotiga bosh  



bo’ldi. Matematik va astronom olimlarni o’z atrofiga to’plab, ilmiy maktab tashkil  

etdi.  


Ulug’bek  rahbarligida  1424-1428  yillari  Samarqandning  shimoli  tarafida 

Obi-rahmat  arig’ining  bo’yida,  Ko’hak  tepaligida  eng  takkomillashgan  asboblar 

bilan jihozlangan astronomik rasadxona qurildi.  

Olim  va  shoir  Bobur  o’z  asarida  bu  rasadxonaning  binosi  katta  uch 

oshyonali  juda  baland,  g’oyat  hashamatli  bo’lganligini  yozadi.  Ulug’bek 

rasadxonasi bir asrga yaqin muddat mobaynida muvaffaqiyatli ravishda astronomik 

kuzatishlar  va  ilmiy-  tadqiqotlar  olib  borib,  butun  jahonga  dong  chiqardi.  Ammo 

bu  rasadxona  XVI  asr  boshida  reaksion  ruhoniylarning  amri  bilan  vayronaga 

aylantirilda va yer yuzidan yo’qolib ketdi.  

  

1908 yili mashhur rus olimi, sharqshunos, arxeolog V.L.Vyatkin  



rasadxonaning o’rnini aniqladi. 1942-44 yillarda akademik T.N.Qori-Niyoziy va  

arxeolog V.A.Shishkin tomonidan bajarilgan arxeologik tekshirishlar Ulug’bek  

rasadxonasi  diametri  46  metrdan  ortiqroq  silindr  formasidagi  uch  oshyonali 

binodan  iborat  bo’lganligini  aniqladi.  Rasadxona  eng  takomillashgan  asboblar 

bilan  jihozlangan  bo’lib,  unda  yuzdan  ortiq  astronom,  matematik  olimlar  ilmiy 

ishlar  olib  borganlar.    Samarqand  rasadxonasida  erishilgan  ilmiy  tadqiqotlarning 

eng  yirigi  yulduzlar  va  sayyoralar  harakatiga  bag’ishlangan  «Astronomik 

jadvallar»  (Ziji-jadidiy  Ko’ragoniy)  bo’lib,  bu  asar  o’rta  asr astronomiya  faninng 

durdonasi  hisoblanadi  va  sharq  astronomiya  fanining  taraqqiyotiga  silmoqli  hissa 

qo’shgan klassik asardir. Bu asar 1437 yilda yozilgan.  

Astronomiyaning nazariy va amaliy masalalariga bag’ishlangan bu asarda  



taqvim tuzish bilan bog’liq bo’lgan masalalar: arablar, yunonlar, eron, xitoy va  

uyg’ur sanalari, davrlar, yil va oylar, kun va xaritalar, sanalarning kelib chiqishi va  

ularning bir-biriga munosabatlari, Quyosh va Oyning harakati bayon qilingan.  

Ekliptika tekisligining ekvatorga og’maligini Ulug’bek 23º30ʹ17ʺdeb topgan,  

nazariy  hisoblash  bo’yicha  bu  miqdor  23º30ʹ49ʺ  bo’lishi  kerak,  demak  bundagi 

xato 0ʹ32ʺ hisoblanadi. Yulduz yilini Ulug’bek 365 kun 6 soat 10 minut 8 sekund 

deb hisoblagan: bunda uning xatosi faqat 1 minuti 2 sekund hisoblanadi.  

 Ulug’bek tomonidan olib borgan hisoblashlar hozirgi zamon hisoblashlariga  

juda yaqindir. Masalan, quyidagi hisoblashlarni qaraymiz:  

       Yulduz yilining hisobi:  

         Hindlarda 365 kun 6 soat 12 minut 30 sekund  

         Xaldeylarda 365 kun 5 soat 11 minut 00 sekund  

         Aristarxda 365 kun 6 soat 10 minut 49 sekund  

         Ibn Qorrada 365 kun 6 soat 9 minut 12 sekund  

         Ulug’bekda 365 kun 6 soat 10 minat 8 sekund.  

Bu asarning boshqa bo’limida trigonometriyaga oid jadvallar keltirilgan va  

1049 yulduzning vaziyati ko’rsatib berilgan. Bu jadvallar o’zining aniqligi bilan  

kishilarni hayratda qoldirdi. Bu haqda fransuz olimi matematik va astronom Laplas  

shunday deb yozgan edi: «Ulug’bek – Samarqandda, o’z viloyatining markazida,  

Tixo Bragegacha mavjud bo’lib kelgan eng yaxshi hisoblangan yangi yulduzlar  

katalogi va astronomik jadvallar tuzdi».  

  

Trigonometrik jadvallar tuzish va u bilan bog’liq bo’lgan hisoblashlarni  



bajarish og’ir ish hisoblanadi. Ulug’bek rasadxonasida uning jadvallarini  

hisoblaydigan maxsus hisoblash markazi bo’lib, undi ko’p sonli matematiklar  

ishlaganlar va turli hisoblarni bajarishda ular ko’p mehnat sarflaganlar.  

        «Yangi astronomik jadvallar» klassik astronomiyaning mashhur asari sifatida  

Yevropa va Amerikada katta shuhrat qozondi. Uni Ali qushchi 1471 yil Turkiyaga  

boshqa noyob kitoblar bilan birga olib ketdi, bu esa uning Yevropaga tarqalishiga  

sabab bo’ldi.   

Bu kitob haqida Birjandiy va Chalabiy sharhlar yozdi, Yevropada 1643 yili  

ingliz astronomi Jon Grevi bu kitob haqida monografiya yozdi va nashr etdi. Bu  

asarni  1839  yilda  Fransiyada  Sediyo,  1917  yilda  amerikalik  olim  Eduard  Boll 

Nobel nashr qildi.   

Ulug’bek doim reaksion ruhoniylar ta’qibiga uchradi, ular olimga nisbatan  

turli ig’volar tarqata boshladilar. Ana shu reaksion fitnachilar tomonidan 1449 yil 

27 oktyabrda vahshiylarcha  o’ldirildi. 1441 yil 18 iyunda akademik Qori-Niyoziy 

rahbarligida Samarqanddagi Temur maqbarasidagi qabri ochilganda, Ulug’bek o’z 

kiyimlari  bilan  ko’milganligi  ma’lum  bo’ldi.  Chunki  shahid  bo’lgan  kishi, 




shariatga  muvofiq  shunday  ko’milgan.  Olimning  bo’yin  suyaklari  o’tkir  qilich 

bilan kesilganligi ma’lum buldi.  

Insoniyat tarixidan bizga ma’lumki, progressiv ilm va reaksion kuchlar  

orasida hamma vaqt kurash borgan. Ulug’bek ham ana shunday kurashlar qurboni  

bo’lgan  (Jordano  Bruno,  Galiley,  Koperniklar  shular  jumlasiga  kiradi).  O’rta 

Osiyolik  mashhur  olimlar  Beruniy,  Ibn  Sino,  Umar  Hayyom,  Forobiy  va 

boshqalarning  ham  ijodlaridan  ma’lumki  ular  ham  hamisha  reaksion–

ruhoniylarning qarshiliklariga uchraganlar. Shuning uchun ham bu olimlar bir  

shahardan ikkinchi shaharga ko’chib yashashga majbur bo’lganlar.  Ulug’bek ilmi 

kamolotga  yetgan,  ijod  bulog’i  gurkirab  qaynayotgan  bir  paytda  dushmanlar 

tomonidan  vahshiyona  o’ldirildi,  ammo  bu  uning  nomini  fan  tarixidan  o’chira 

olmadi,  uning  nomi  abadiy  qoldi.  Sobiq  sovet  davrida  Ulug’bek  ilmiy  asarlarini 

nashr  etish,  o’rganish  borasida  katta  ishlar  qilindi.  Ulug’bek  haqida  romanlar 

yozildi,  teatr  va  kino  asrarlari  yaratildi.  Samarqand  rasadxonasi  oldida  Ulug’bek 

marmar monumenti o’rnatildi va memorial muzeyi ochildi.   

Mustaqillik yillarida Prezident I.A.Karimovning shaxsan tashabbuslari bilan  

Ulug’bek ilmiy merosini o’rganishga katta etibor berildi. Bir qancha  xalqaro ilmiy  

anjuman, simpioziumlarlar o’tkazildi, Ulug’bek tavalludining 500 yilligi keng  

nishonlandi(1994 yil), 2011 yilda Ulug’bek rasadxonasi va muzeyi qayta ta’mirdan  

chiqarilib go’zal sayyohlar manziliga aylantirildi.   

      Buyuk olim va davlat arbobi Mirzo Ulug’bek (1394-1449) O’rta Osiyo  

xalqlari ilm fani va madaniyatiga katta hissa qo’shgan. U tarix, matematika,  

astronomiya fanlari sohasida o’sha davrlardayoq olmashumul natijalarga erishgan. 

Shogirdlari bilan birga mingdan ortiq yulduzlar ro’yxatini tuzgan, bu jahon  

astronomiya fanidagi eng katta yutuqlar qatoriga kiradi.  

 Ulug’  bobomizning  Samarqandda  haqiqiy  ilmiy  maktab  yaratganligini  chet  ellik 

olim va mutafakkirlar ham tan olishgan. Fransuz olimi va yozuvchisi Volter  

(1694-1778) bu haqda shunday yozadi: ”Transaksoniyada uning (ya’ni Temurning)  

o’rniga taxtga chiqqan mashhur Ulug’bek Samarqandda birinchi akademiyaga asos  

soldi”.  Bundan  ko’rinib  turibdiki,  Ulug’bek  tashkil  etgan  ilmiy  maktabni 

akademiya deb tan olinishlaridagi fikrlar mutlaqo o’rinlidir.  Bu akademiya oldingi 

Aflotun  akademiyasi  (eramizdan  oldingi  429-348  yillar),  Baytul-hikmat  yoki 

Ma’mun  akademiyasi  (813-833),  Xorazmshoh  Ali  ibn  Ma’mun  tashkil  etgan 

Gurganch  akademiyasi  (taxminan  1000  yillar)  kabi  fanning  turli  sohalari  bilan 

shug’ullangan  olimlarni  o’z  atrofida  jipslashtirgan  edi.  Ulug’bek  ilmiy  maktabi 

qoshida  rasadxona,  kutubxona,  madrasa  bor  edi.  Rasadxona  jahonga  mashhur 

Ulug’bek  rasadxonasi  bo’lib,  unda  chet  ellardan  kelgan  mashhur  astronomlar 

yulduzlar  va  osmon  jismlarini  kuzatganlar,  matematiklar  esa  bu  ishlarda  ularning 

hisoblashlarini  olib  borishlarida  yordam  berganlar.  Bu  yerda  mashhur  “Ziji 



Ko’ragoniy” jadvali tuzilib, yulduzlarning osmondagi vaziyatlari (1437 yil) aniqlab 

chiqilgan.  

 Madrasada toliblar keng qamrovli bilimlar olishgan. Ularga qur’oni Karim,  

hadis, tafsir, riyoziyot, handasa, astronomiya, tibbiyot, jug’rofiya fanlari o’qitilar  

edi. Ulug’bek ilmiy maktabida Qozizoda Rumiy (1935 yil fevralda vafot etgan),  

G’iyosiddin Jamshid al-Koshiy (1430 yilda vafot etgan), Ali Qushchi (1475 yilda  

vafot etgan), keyinchalik esa Hasan Chalabiy ibn Muso Ahmad Qozizoda Rumiy  

(Samarqanddagi Muso Qozizoda Rumiyning o’g’li), Mu’iddin al-Koshiy, uning  

o’g’li Mansur kabi jahonga mashhur olimlar faoliyat ko’rsatganlar. 


Download 413,18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish