8-AMALIY MASHG’ULOT
Mavzu: Samarqand ilmiy markazi. Ulug’bek, Koshiy, Rumiy, Ali-
Qushchi.
Reja:
1. Koshiyning hayoti va ijodiy faoliyati
2. Ulug‘bekning hayoti va ijodiy faoliyati
3. Qozizoda Rumiyning hayoti va ijodiy faoliyati
4. Ali-Qushchining hayoti va ijodiy faoliyati
1. G’iyosiddin Jamshid Koshiy hayoti va ilmiy faoliyati
(1385-1430)
Ulug’bek ilmiy maktabining yirik olimlaridan biri Jamshid Koshiy
hisoblanadi. Koshiy 1385 yilda Koshon shahrida (Tehron va Isfaxon shaharlari
orasida) tug’ildi. Koshiy yoshlik chog’idanoq o’z davrining yetuk matematik va
astronom olimi sifatida shuxrat qozondi. Ulug’bek Koshiyni ham boshqa olimlar
qatori Samarqandga kelishga taklif etdi va u bu taklifni qabul qilib 1417 yili
Samarqandga keladi. Koshiy Samarqandda Ulug’bek rasadxonasi ishlariga faol
qatnashib, chuqur ilmiy ishlar olib boradi. Ularni astronomiyadan yozgan 10 ta
asari va matematikadan yozgan 3 ta eng katta asarlarida bayon etgan. Koshiy 1430
yili Samarqandda vafot etdi.
Koshiyning asarlaridan ayrimlari bilan tanishib o’tamiz:
1. Jamshid Koshiy o’zining astronomik asari – «Haqqoniy astronomiya
jadvallari» asarini 1413 yilda Koshon shahrida yozib, uni Shohruh Mirzoga
bag’ishlaydi. Bu asar Nasriddin Tusiyning «Elxoniy jadvallariga» o’xshash bo’lib,
Nasriddinning bu asarini qaytadan ishlab chiqadi va yangi jadvallar tuzadi (fors-
tojik tilida yozilgan.)
2. «Osmon narvoni» asari astronomiyaga bag’ishlangan. Bu asar arab tilida
yozilgan bo’lib, uning qo’lyozmalari Tehron universiteti va Mashhad
kutubxonasida saqlanadi.
3. «Vatar va sinus haqida risola» asarida bir gradusli burchakning sinusi
aniqlanadi.
4. «Usturlob yasash haqida risola» asarini 1416 yilda Koshon shahrida fors-
tojik tilida yozgan.
5. «Aylana uzunligining diametriga nisbati» asari 1424 yilda Samarqandda
fors-tojik tilida yozilgan. Uning qo’lyozmasi Mashhadda Imom Rizo
kutubxonasida saqlanmoqda.
Jamshid Koshiy asarlari orasida juda katta ahamiyatga ega bo’lgan va
Ulug’bek davridagi matematik bilimlar saviyasini ko’taruvchi mashhur asar bor,
u «Arifmetika kaliti» («Liftoxul-hisob») 1427 yilda yozilgan bo’lib, bu kitob bir
necha asr davomida Sharq mamlakatlarida talabalar uchun matematikadan asosiy
darslik bo’lib keldi.
Aloviddin ibn Muhammad Ali Qushchi (1402 yilda Samarqandda tug’ilgan).
Ulug’bek ilmiy maktabi katta ishlarni amalga oshirib, “ Matematika va jug’rofiy
astronomiya” asarini yozadi. Keyinchalik u Muhammad 2 podsholigi davrida unga
atab, matematikaga oid “Kitobul Muhammadiya” asarini yozadi. Bundan tashqari,
“Hisob risolasi” (1425 y.) hindlar arifmetikasi, oltmishlik sanoq sistemasi, o’nli
kasrlar va geometriya masalalari bayon etilgan. “Kasrlar haqida risola” (1430 y.)
asarida kasrlar haqidagi ta’limotni rivojlantirdi hamda uchburchaklarni yechish
masalalari, kosinuslar teoremasini qo’llash misollarini bayon etadi. Shuningdek,
Ali Qushchi o’z asarlarida trigonometrik funksiyalar qiymatlarini hisoblashda
chiziqli interpolyasiyalash usuli bayon qilingan. Bundan tashqari, birinchi marta
Ali Qushchi asarlarida musbat va manfiy atamalari kiritilgan. U “Ulug’bek Zijiga”
sharhlar yozadi va uni geometriya teoremalari yordamida tahlil qiladi.
Ulug’bek ilmiy maktabi davomchilaridan Ali ibn Muhammad Qushchi
(Kermonda) ham o’z ilmiy maktabini tashkil etib, o’z faoliyatini keyinchalik
Stambulda davom ettirgan. U Ulug’bek akademiyasida 10 yil faoliyat ko’rsatib,
uning ishlarini nashr etish va tarqatishda eng asosiy tashkilotchilardan hisoblanadi.