Microsoft Word murdalar ziyouz com doc



Download 0,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/184
Sana02.08.2021
Hajmi0,65 Mb.
#136098
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   184
Bog'liq
Murdalar-gapirmaydilar-roman

www.ziyouz.com kutubxonasi 
35
Ona — farzandiga yopirilajak dardu alamlar seli yo‘lidagi bir to‘g‘ondir. Ona yaratgan 
Olloh huzuriga qaytgach, bu to‘g‘on o‘z-o‘zidan yemiriladi. Matluba buni ham kech 
angladi. Faqat Matluba emas, ko‘pgina farzandlar shundaydirlar. Oxir-oqibat «Voy, 
onajonim!» deydilar, nolayu faryod dengiziga g‘arq bo‘ladilar. So‘ng esa, to‘g‘on bo‘lishni 
Onaning ruhidan umid qiladilar. Johil bandalar... ofatlardan Onaning ruhi emas, 
Yaratganning o‘zigina saqlashiga aqllari yetmaydi... Yana Xudo biladi, onalarning ruhiga 
biron-bir qudrat kasb etilsa, borini hayotda qolgan farzandlari hi-moyasiga baxsh etarmi 
edilar... Bu shunchaki ojiz bir faraz. Aslida esa, Onalarning ruhlari farzandlar duosiga 
muhtojdirlar... 
Matluba o‘rnidan turib deraza oldiga keldi. Uyda dimiqib ketganday bo‘lib hovliga 
chiqdi-da, taxta so‘riga o‘tirib, tirsagi bilan panjaraga suyandi. 
«Oyijon, «baxtli bo‘l», deb duo qilardingiz. Duolaringiz nima uchun qabul bo‘lmadi? 
O‘zim aybdormanmi? Endi nima bo‘ladi? Dunyodan baxt nima ekanini bilmay o‘tamanmi? 
Mening bo‘larim bo‘ldi. Bolalarim baxtli bo‘lishsin, duo qiling, oyijon. Oyijon, duo qiling, 
menga ko‘p umr kerak emas. Zilolani kuyovga uzatganimdan so‘ng bir yilgina yashasam 
yetadi. Zilolaning bolasini ko‘rsam, beshik qilsam bo‘ldi, keyin yoningizga chaqiring. 
Kuyovingiz bugun-erta qamoqdan chiqib kelsa ham men bolalarimni unga ishonib 
tashlab keta olmayman. U chiqib kelgani bilan baribir yana o‘sha shiltasi bilan 
topishadi...» 
Shu fikr xayoliga kelishi bilan o‘sha «qon qusgur Nafisa» ko‘z oldida gavdalandiyu 
badaniga titroq yugurdi. Boshqa narsalarni o‘ylashga harakat qilsa ham o‘sha «kafansiz 
ko‘milgur Nafisa» qarshisida tirjayib turaverdi. Shunda bir necha soat ilgari xayolini 
yoritib o‘tgan fikr yana qaytaladi: «Bu baloginaga yo‘liqqur o‘lmas ekan, men tinchimni 
topa olmayman. U o‘lmasa — menga hayot yo‘q...» Bu fikr qat’iylasha boshlaganda 
ayvonda sharpa sezildi. 
— Nima qilib o‘tiribsan? 
Matluba ukasining ovozini eshitib, o‘girildi. 
— Uyqung, kelmayaptimi? Negadir men ham uxlay olmayapman. Ko‘zlarimni 
yumsam, adam chaqirayotganga o‘xshaydilar. 
— Sog‘ingandirlar. Qachon borib ko‘ruvding? 
— To‘rt kun bo‘ldimikan? 
— Yo‘ling-ku, kunda bir ko‘rib o‘tsang bo‘lmaydimi? 
— Bo‘ladi-ku, Ofatni kunda bir ko‘rish menga ham og‘ir-da. Kirishimdan sasishni 
boshlaydi, yarim soatga zo‘rg‘a chidayman. Shuni qo‘ydirib, akamga boshqa xotin olib 
berishimiz kerak. 
— Qo‘ysang-chi. 
— Sen nimaga uxlamayapsan? Siqilma, dedim-ku. 
— Anavi o‘g‘ri o‘rtog‘ingni qachon ko‘rasan? 
— Xohlasam hozir, xohlasam ertaga. Nima edi? 
— So‘rab ko‘rgin. Bitta odam o‘ldirish qancha turarkin? 
— Nima? — Sarvar hayratlanib opasining ko‘ziga qaramoqchi bo‘ldi. O‘n kunlik oy 
yorug‘ida ko‘zlardagi ma’noni uqib bo‘lmadi. — Nima deding? Kimni o‘ldirtirmoqchisan? 
Pul so‘rab kelgan bolanimi? Kallangdan chiqarib tashla bu xayolni! U o‘lsa, boshqasi 
keladi. 
— Uni emas... bittasi bor.. so‘rab bera qolgin. 
— Narx bir xil bo‘lmaydi. Odamiga qarab so‘rashadi. Lekin Habib bunaqa ishga 
bormaydi. U o‘g‘ri, killer emas. 
— Killering nima? 
— Pulga odam o‘ldirib beradiganlarni «killer» deyishadi. 


Murdalar gapirmaydilar (qissa). Tohir Malik 
 
 

Download 0,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish