Microsoft Word murdalar ziyouz com doc



Download 0,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/184
Sana02.08.2021
Hajmi0,65 Mb.
#136098
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   184
Bog'liq
Murdalar-gapirmaydilar-roman

www.ziyouz.com kutubxonasi 
36
Eng arzoni qancha, bilib ber. 
— Sen... esingni yig‘. Agar killer qo‘lga tushsa, buyurtmachi ham ketadi. Aqlingni 
yig‘u bunaqa ishlardan nari yur. Agar yaxshilab qarg‘asang, o‘ladigan odam shu 
qarg‘ishing bilan ham jo‘navoradi. Bo‘ldi, kirib yot. Ahmoq bo‘lib qolibsan. 
Sarvar keyingi gapni zarda bilan aytib, opasini tirsagidan ushlab uyga boshladi. 
Matluba yotgani bilan uxlay olmadi. Tongga yaqin ko‘zi ilingan ekan, darvoza 
qo‘ng‘irog‘i ketma-ket jiringlab uyg‘otib yubordi. Sarvar maykachan holda shoshilib 
hovliga chiqdi. Darvozani ochishga ulgurmay, ko‘cha tomondan jiyanining ovozi eshitildi. 
— Amaki, tez borar ekansiz, adam aytdilar. Men telegrafga borib, ammamga telefon 
qilaman. 
— Ammang shu yerda, — dedi Sarvar darvoza eshigini ochib. To‘n kiyib, qiyiq bog‘lab 
olgan jiyanini ko‘rdiyu otasidan ayrilganini angladi. 
Ukasiga ergashib chiqqan Matluba ostona hatlay turib, «Adammi?» dedi-yu, javob 
kutmay yig‘lab yubordi. 
— Kechqurun chaqirishlari bekorga emas ekan, g‘aflatda qolibman-ku, — Sarvar ich-
ichidan kelgan bir o‘kiriq bilan boshiga mushtlab ingrandi. 
Opa-uka ota uyiga kelganlarida akalari ko‘chaga qo‘yilgan stullardan birida yolg‘iz o‘zi 
shumshayib o‘tirgan edi. Matluba akasini bu ahvolda ko‘rib, yanada xo‘rligi kuchaydiyu 
«Voy otam»lab aytib yig‘lashni boshladi. 
Marhum uy o‘rtasiga solingan yangi ko‘rpa-to‘shakda yotardi. Jag‘i tang‘ib bog‘langan 
bo‘lsa-da, og‘zi xiyol ochiq edi. Ko‘zlari ham butkul yumulmagandi. Xuddi berkinmachoq 
o‘ynayotgan bolaning ko‘zlariday yarim ochiq edi. Go‘yo u jon bermaganu, hazillashib 
o‘zini o‘lganday qilib yotib olgan edi. Yarim ochiq lablari hozir bir jilmayib so‘ng so‘zlay 
boshlaydiganday edi. 
— Ada! Adajon!! 
Tabiiyki, javob bo‘lmadi. lablar jilmaymadi. So‘zlar aytilmadi. Go‘yo murda gapirib 
yubormasin, degan ehtiyotni qilib jag‘ tang‘ib bog‘langanday... 
Matluba kirib kelgan yangasini quchoqlab olib yig‘ladi. Bilmagan odam quchoqlashib 
bo‘zlayotgan bu ayollarni bir-biriga mehribon opa-singil deb o‘ylashi ham mumkin edi. 
Ular bir-birini tinglamagan holda aytib yig‘lashardi: «Mehribonim otam...» Yarim ochiq 
ko‘zlar esa, go‘yo ularni kuzatardi, lablar esa, go‘yo pichirlar edi: «aytayotganlaring 
rostmi? Chin dildan achinyapsanlarmi?..» 
Afsus shuki, murdalar gapirmaydilar. Ularga bir necha daqiqalik so‘zlash imkoni 
berilsami edi... Bu olamda nimalar yuz bermas edi-ya... Yana kim biladi, balki birovlar 
bu imkoniyatdan foydalanib kalimai tavhidni to‘xtatmay aytarlar, birovlar «shuncha yil 
talashib-tortishib erishganimiz oqibat shu bo‘ldi, ko‘rib qo‘ying, ibrat oling», derlar, 
birovlar esa, «falonchi mendan besh so‘m qarz olib edi, g‘aflatda qolmanglar, borib 
olinglar», deb ogohlantirar? 
Kimdir Yaratganning huzuriga borayotganiga shukr qilib ko‘z yumar, kimdir lahadda 
yolg‘iz yotishini o‘ylab qo‘rquv bilan jon berar, kimdir to‘plagan boyligi qolib 
ketayotganidan achinib o‘lar... 
Bu dunyoni qanday tark etishidan qat’i nazar, barchalariga aza ochiladi. Bu dunyoda 
bir-birlari bilan tenglik qilmagan odamlar lahaddagi guvalaga bosh qo‘yishlari hamonoq 
tenglashadilar. Ammo bu tenglik ham uzoqqa bormas. Savol-javobdan so‘ng, amalga 
qarab ajralish yuz berar — birov to qiyomatga qadar qabr azobiga giriftor bo‘lar, birov 
esa bu azoblardan ozod etilar. Qiyomatda esa, uzil-kesil ajralish yuz berar... 
Lablari ham, ko‘zlari ham yarim ochiq marhum erishajak ajr ne bo‘lar, yolg‘iz Tangri 
biladi. Matluba esa, astoydil aytib yig‘laydi: «joyingiz jannatdan bo‘lsin, adajon!..» 


Murdalar gapirmaydilar (qissa). Tohir Malik 
 
 

Download 0,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish