Farhod va Shirin (II- qism) Alisher Navoiy 1 library ziyonet uz


Farhod va Shirin (II- qism)



Download 0,99 Mb.
Pdf ko'rish
bet115/152
Sana01.08.2021
Hajmi0,99 Mb.
#135342
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   152
Bog'liq
farhod va shirin ii- qism

Farhod va Shirin (II- qism) 
Alisher Navoiy 
 
115 
library.ziyonet.uz/ 
 
 
8. Moniy – Ibn Fatak (216–276) – moniylik ta’limotining asoschisi. Sharq rivoyatlarida uni 
mashhur naqqosh va rassom deb ta’riflaydilar. Uning muqaddas kitoblari nihoyatda goʻzal 
miniatyuralar bilan bezatilgan emish, monuviysoz–moniycha Qilib ishlash; Dostonda Farhod 
uchun Xoqon yil fasllariga moslab qurdirgan toʻrt qasrni bezagan naqqosh ustaning nomi. 
 
Bu baytda esa shoir Farhodning koʻngli qasri Moniy korgohidek goʻzal va naqshpardoz qilib 
yaratilgan, demoqchi. 
 
9. Suqrot – Sokrat (mil. av. 470, 469–399) qadimgi yunon faylasufi. Navoiy dostonda Suqrotni 
aql va hikmatda benazir bir xiradmand sifatida talqin qiladi. 
 
10. Shirin – bu yerda shoir soʻz oʻyini ishlatgan: Navoiy oʻz salaflari Nizomiy va Xusrav 
Dehlaviy Shirinni jahon ahliga yoqimli, totli obraz qilib yaratdilar, demoqchi. Aytish kerakki, 
Shirin ba’zi ma’hazlar, afsona va dostonlarda goh eronlik, goho oromiynasab, yo rumli, yoki 
armani deb beriladi. Nizomiyda u ozarbayjonlik, Navoiyda esa armaniyalikdir. 
 
Nizomiy Shirini gʻoyat goʻzal va aqlli, irodali va maqsad yoʻlida izchil boʻlib, sosoniylar 
podshohi Hurmuz oʻgʻli Xusrav Parvezni sevadi. U hatto Xusrav Parvez Vizantiya qaysarining 
qizi Maryamga, Isfahon goʻzali Shakarga uylanganida ham nechogʻlik gʻam-alam chekmasin oʻz 
sevgisiga sodiq qoladi. Uni kanal qazuvchilar orasidagi toshkesar Farhod sevib qolganida ham 
Xusravdan voz kechmaydi. Oxiri uning qonuniy xotini boʻlib qoladi. Shirinning xalqi farovonligi 
yoʻlida Xusravni kayfu-safo, hashamdor maishatlardan qaytarish, mamlakat va xalq taqdiri bilan 
mashgʻul boʻlishga da’vat etish kabi olijanob intilishlarini Nizomiy madh etadi. Maryamning 
oʻgʻli Sheruya toju-taxtga, Shiringa ega boʻlish maqsadida oʻz otasi Xusravni oʻldirganida, 
Shirin erining jasadi ustida oʻzini halok qiladi. 
 
Xusrav Dehlaviyda Shirin ancha sust, sevgida ham barqaror boʻlmagan (Xusrav Parvez va 
Farhod sevgilariga javobda ikkilanadi), hatto Farhod oʻlimidan keyin Xusravdan oʻch olish 
maqsadida uning xotinini zaharlab oʻldirishgacha yetib boradi. Binobarin, Xusrav Dehlaviy 
talqinida Shirin vatani va xalqi qaygʻusini chekkani oʻz aksini topmaydi. 
 
Navoiy esa Shirinni har jihatdan mukammal, Farhodning muhabbatiga loyiq, unga vafodor 
boʻlgan qahramoya qilib yaratadi. «Navoiy tasvirida u nihoyatda goʻzal va bu goʻzallik esa uning 
ruhiy dunyosining asosini ham tashkil qiladi. Navoiy Shirinni elning baxtu saodati, yurtning 
obodonligi tajassumi sifatida ham tasvirlaydi‖. (Erkinov S. Farhod va Shirin // Oʻzbek adabiyoti 
tarixi. II. 242-bet). 
 
11. Xusrav – Sharq xalqlari ogʻzaki ijodi va yozma adabiyotida keng tarqalgan obraz. Uning 
tarixiy ildizi sosoniy podshohlaridan Xusrav II Parvez (VI asr oxiri) faoliyatiga qadaladi. Badiiy 
adabiyotda, chunonchi, Firdavsiyning ―Shohnoma»si, Nizomiyning «Xusrav va Shirin»ida ideal 
shoh. Alisher Navoiyda esa Xusrav mutlaqo salbiy qahramon sifatida talqin etiladi. 
 
12. Shabdez – qora tusli ot. Xusrav otining nomi. Bu baytda shu soʻz orqali ham kecha 
qorongʻuligiga, ham otga ishora qilinmoqda. 
 
13. Shopur – Eroniy mashhur rassom (q. XXXIV bob. 2-izoh). 
 
14. Sheruya – Xusrav Parvezning oʻgʻli. 
 
15. Nikiso – Xusrav Parvezning xos mashhur mashshoqlaridan. 
 
16. Zuhra – Venera, Sharqda erta tongda, Gʻarbda kechqurun porlab koʻrinadigan yorqin yulduz. 



Download 0,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   152




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish