Ushbu kunga nazar sol! Axir bu umr, umming o'z umri. Uning qisqa oqimida
Mavjudlikning barcha haqiqatlari va borliklari unda yashiringan: Farog'atlikning
o'sishi, faoliyatning shuhrati, go'zallikning sozligi. Axir kecha — faqat tush, Erta esa —
bor-yo'g'i xayol, Lekin eng ajoyib umr bugun
LAHZA QUVVATI
Har qanday kechagini baxt tushiga aylantiradi
Va har bir ertangi kun — umid tasawuri. Bugungi kunga yaxshilab nazar tashla! Bu
tongga salomdir.
—
O'zingiz sinab ko'ring, — dedi janob Braun. — Kun davomida fikrlaringizni awal
bajargan va kelgusidagi bajarmoqchi ishlarga emas, hozirgi faoliyatingizga jamlang.
—
Nazarimda anglagandek bo'lyapman, — dedi yigitcha. — Lekin nahotki
kelajagimiz to'g'risida umuman qayg'urmasligimiz kerak?
—
Kelgusida biz istagan kelajakni yaratishga faqat hozirgi lahzadagi hayotimiz
imkon beradi. Har bir lahza taqdirimizni belgilovchi tanlov ekanligini bildiradi. Fikr
harakatning negizi hisoblanadi, harakat esa odatni vujudga keltiradi, odatlar fe'l- atvorni
mujassamlantiradi, fe'l-atvor esa taqdirimizni shakllantiradi.
Har bir lahzada tanlaydigan fikrimiz, keyingi daqiqada qayerda bo'lishimizni
belgilaydi. Shu bois har qanday lahzadagi ahdlarimiz va harakatlarimiz kelajagimizni
yaratadi. Kishilar bilan gaplashganda ularning ko'pchiligi shu yerda va hozirgi kunda
boridan yaxshisini sug'urib olish o'rniga ko'pincha o'tmishda va kelajakda boshqa zamon
va makonda yashayotganlari juda tez oshkor bo'ladi. Men bilan aynan shu hoi sodir
bo'ldi, kechayotgan voqealarga hech qanday taalluqli bo'lmagan narsalar haqida
o'ylashim halok bo'lishimga bir bahya qoldirdi. Modomiki, hozirgi lahzada
yashamasangiz, yuk mashinasi tagiga tushmasangiz ham, yuzma-yuz kelishingiz mumkin
bo'lgan aziyatlar va imko- niyatlaming kattagina qismini yo'qotasiz.
—
Nahotki odamlar kelajakda hech bir reja tuzmasliklari kerak deb hisoblasangiz?
—
Yo'g'-e, nimalar deyapsiz? Har qanday harakatlarimizni rejalashtirish juda muhim.
Lekin siz biror nima bilan mashg'ulligingizda boshqa narsalarni rejalashtirish yaramaydi
va kelajakka rejalar tuzish chog'ida boshqa bir faoliyat bilan shug'ullanish shart emas.
Nima haqda o'ylashingiz, qanday harakatni bajarishingizdan qat'i nazar, bir lahzada bir
ishga fikringizni jamlang. Biror kishi bilan so'zlashayotgan chog'ingizda butun e'ti-
oringizni o'sha insonga qarating; ishlayotganingizda diqqatingizni bajarayotgan
yumushingizga qaratib, men yo'l qo'ygan xatolarimni takrorlamang.
—
Qanday xatoni? — takror so'radi yigitcha.
—
Ko'chani kesib o'tayotganda mashinalar harakatini kuzating! Kechayotgan
lahzadagi umr xavotir va ma'yuslik hislarini yumshatadi, mehnat sifatini oshiradi, o'zaro
munosabatlarni yaxshilaydi hamda umuman, butun umringizni boyitadi. Lahzadagi
umrning quwati ana shunday.
Running qolgan qismida yigitcha o'sha fursatda bajarayotgan ishiga diqqat-e'tibor
bilan qarashga urindi. Ba'zan tarqalib va chalg'ib ketayotgan fikrlarini to'xtatib qolish
qiyin kechsa-da, lekin bajarayotgan ishiga uni yana jamlashga to'la erishdi. Endi bu
hayotini rostdan ham ancha yengillatishiga uning zarracha shubhasi qolmagandi.
U stoldagi qog'ozlar uyumining hajmi borasida tashvishlanish o'rniga ular orasidan
birgina xatni chiqardi va kompaniyadagi uch yillik faoliyati inobaynida uning ilk bor
bajarilmagan ishi qolmadi. 'shxonadaqi hamkasblari bilan so'zlashayotgan chog'ida to'sa
e'tibor bilan qaragani bois ulardan biri: «Gaplarimni diqqat bilan tinglaganing uchun
senga rahmat. Menga juda yaxshi yordam berding» deganida hayron qoldi. Bu so'zlar
yigitning qalbida yaxshi iz qoldirdi.
Yigitcha kechqurun, ovqatlanganidan keyin o'tirib, bugun yozganlarini ko'rib chiqdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |