RULDAGI ODAM
Hammasi oktabr oyining sovuq va yomg'irli kechasida, u uyga ishdan qaytayotgan
chog'ida boshlandi. Soat sakkizlar edi — bu haftada u uchin- chi bor xizmatda ushlanib
qolishiga to'g'ri keldi. Kun bo'yi osmonni bulut qoplagan va aytish mumkinki, osmonu
falak sharros quyib turgan jalani bu yigitcha uyga ravona bo'layotgan chog'iga asrab
qo'ygandek edi. Uning xayollari radio boshlovchi bergan savoldan bo'lindi. Savol juda
oddiy edi, garchi uning javobi yigitni ko'proq qiziqtirsa- da, bu savolni o'ziga hech
qachon bermagan edi.
Berilgan savolga butun mamlakat bo'ylab o't- kazilgan so'rovnoma sabab bo'lgandi.
Unda har ellik kishidan faqat birigina o'zini baxtli yoki qa- noatlangan deya hisoblashi
hamda o'ntadan bitta- sigina atigi bir lahza davomida o'zini haqiqatda baxtli his etganini
xotirlay olgani ma'lum bo'libdi. Radioboshlovchi tinglovchilarga oddiy va ochiq savol
bilan murojaat qildi: «Siz baxtlimisiz?»
Bu so'zlar kutilmaganda yigitni o'z hayoti haqida o'ylashga majbur qildi. U
dabdurustdan umrida aynan nima yetishmayotganini so'z bilan ifodalay olmasdi: uning
salomatligi durust, yaxshigina ishi bor, maoshi to'lovlarni to'lash va goh-gohida may-
da-chuyda quvonchli voqealarga safrlashga doimo yetadi, uning yaqin do'stlari va
suyimli oilasi bor. Lekin, bularning barchasiga qaramasdan, u o'zini ich-ichidan loqayd,
tushkunlikka tushgan, hayot- dan bezganday sezardi. Unga nimadir yetishmasdi, lekin
o'sha nimaligini o'zi ham bilmasdi, unga hayoti qandaydir o'ta muhim narsadan
mosuvoligi ayon edi, xolos. U hayotini tavsiflab bayon etishiga juda ko'p so'zlar mavjud
edi, lekin ular tarkibiga «baxt» so'zi kirmagani aniq.
Qachonlardir Toro: «Ko'pchilik insonlar o'z umrini osuda tushkunlikda kechiradilar»,
deb aytgan so'zlarini yigit aynan o'z hayoti haqida ifodalanganini xayolidan o'tkazdi. Har
bir kun boshlanishidan to nihoyasiga qadar tinimsiz kurashdan iborat. Ko'n- gilcizlik va
og'ir kechinmalar bu kunlarga doimiy yo'ldoshdek tuyulardi. Yigit hayoti poyonsiz bir
xildagi doiraga aylangani haqidagi hissiyotlarini yengib o'tolmasdi. Yoshlikdagi orzu va
umidlariga nima bo'ldi? Qani uning bolalikdagi qalbini toshirgan g'ayrati, shodligi-yu
quvonchlari? Ularning barchasi bu tinimsiz kurashga qachon aylanib ulgurdi ekan?
U hayot tinimsiz kurashligmi qaydadir o'qigandi, lekin yigit bunga ko'nikolmasdi.
«Albatta, — derdi u o'ziga o'zi, — hayotda bundan-da muhimroq nimadir bo'lishi kerak».
U o'zini adashib qolgandek, go'yo bahaybat labirint ichiga qamalgan-u, unga qanday
tushganini anglolmay va chiqish yo'lini qaydan izlashni bilolmaganday sezardi.
Xuddi shu lahzada yigitning o'ylari bo'lindi — bu safar mashina kapotidan
ko'tarilayotgan dud sabab bo'ldi.
— Jin ursin! Biri bo'lmasa, boshqasi tayyor turadi, — ming'irladi u mashinasini yo'l
yoqasida to'xtatarkan. U tashqariga chiqib, kapotni ko'tardi, motorga qaragandi, yuziga
qaynoq bug'dan hosil bo'lgan issiq havo urilib yigitni qalqib ketishga majbur qildi.
U kamzulini boshiga yopib, shamol va yomg'irdan o'zini qanday bo'lmasin,
muhofazalash uchun egilgancha eng yaqin masofadagi telefongacha bir yarim chaqirim
yo'l yurib, nosozlikni tuzatish xizmatini chaqirtirdi. Operator unga mexanik taxminan bir
soatlardan so'ng borishini xabar qildi. Yigitning mashinasiga qaytib, kutishdan bosh- qa
chorasi yo'q edi.
Shunday sovqotgan, charchagan va ayanchli ahvoldagi yigit mashinasi tomon
imillagancha qay- tardi.. Bu hodisa hayotida eng chuqur o'zgarishlarning boshlanishi
ekanini u hali bilmasdi.
Do'stlaringiz bilan baham: