Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti



Download 1,79 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/130
Sana31.07.2021
Hajmi1,79 Mb.
#134397
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   130
Bog'liq
Ер ҳуқуқи ўқув қўлланма (лотин алифбосида)

Nazorat uchun savollar: 
1.  Yer tuzish tushunchasi nimani anglatadi? 
2.  Yer to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq yer tuzish nechta hilga 
bo‘linadi? 
3.  Istiqbolga mo‘ljallangan va loyihalash oldidan bajariladigan yer tuzish o‘z 
ichiga qanday xarakatlarni oladi? 
4.  Xo‘jaliklararo yer tuzish o‘z ichiga qanday xarakatlarni oladi? 
5.   Ichki xo‘jalik yer tuzish o‘z ichiga qanday xarakatlarni oladi? 
 
V BOB. DAVLAT YER KADASTRINING HUQUQIY ASOSLARI 
1§. Davlat yer kadastri tushunchasi 
“Kadastr»  lotincha  so‘z  bo‘lib,  «soliqqa  tortiladigan  ashyolar  ro‘yxati» 
degan  ma’noni  anglatadi.  Dastlab  kadastr  yer  solig‘i  manbaiga  doir  kitob  (reestr) 


67 
 
 
sifatida  tushunilgan,  keyinchalik  u  davlatning  hisobga  olish-baholash  tadbirlari 
tizimini ifodalaydigan bo‘ldi. 
 
Har bir mamlakatda kadastr rivoji o‘z sharoitlari va an’analariga asoslanadi, 
shuning uchun jahonda aynan bir xil kadastr tizimini topish mumkin emas. Shunisi 
qiziqki,  mamlakatimiz  hududida  o‘tgan  asrda  shariatda  qabul  qilingan  «temir 
daftar» termini ham kadastr tushunchasiga to‘g‘ri keladi. 
Davlat  yer  kadastriga  tegishli  barcha  munosabatlar  1998  yil  28  avgustda 
qabul  qilingan  O‘zbekiston  Respublikasining  «Davlat  yer  kadastri  to‘g‘risida»gi 
qonuni  va  boshqa  bir  qator  qonun  hujjatlari  bilan  tartibga  solinadi.  O‘zbekiston 
Respublikasining  «Davlat  yer  kadastri  to‘g‘risida»gi  qonunining  3-moddasiga 
binoan  davlat  yer  kadastri  davlat  kadastrlari    yagona  tizimining  asosiy  tarkibiy 
qismi hisoblanib, u erlarning  tabiiy,  xo‘jalik, huquqiy  rejimi,  ularning  toifalari,  
sifat  xususiyatlari  va qimmati,  yer  uchastkalarining o‘rni va  o‘lchamlari,  ularni  
yer    egalariga,    yerdan    foydalanuvchilar,  ijarachilar  va  mulkdorlar  o‘rtasida 
taqsimoti to‘g‘risidagi ma’lumotlar hamda hujjatlar  tizimidan  iboratdir. 
     Davlat  yer  kadastri yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarning davlat ro‘yxatidan 
o‘tkazilishini,  yerlarning  miqdori  va  sifatining  hisobga  olinishini,  tuproq 
bonitirovkasini,  yerlarning  qiymat  bahosini,  shuningdek  yer  kadastriga  doir 
axborotlar    bir  tizimga  solinishi,  saqlanishi  va  yangilanib  turilishini  o‘z  ichiga 
oladi. 
Davlat    yer    kadastrining  ma’lumotlari    yerlardan    foydalanish    va    ularni  
muhofaza qilishda, yer  uchastkalari  berish  va  ularni  olib  qo‘yishda  yer  uchun  
to‘lanadigan    haq    miqdorlarini    belgilashda,  yer    tuzish    ishlarini    o‘tkazishda, 
xo‘jalik  faoliyatiga  baho  berishda    hamda    erlardan    foydalanish  va  ularni 
muhofaza  qilish    yuzasidan  boshqa  tadbirlarni    amalga    oshirishda    majburiy  
tartibda  tadbiq  etiladi. 
Yer  uchastkalarining  joylashgan  o‘rni  va  o‘lchamlari  to‘g‘risidagi    kadastr 
hujjatlarida  yer  egasining  (yerdan  foydalanuvchining,  mulkdorning)  ismi-sharifi, 
erning  mulk  shakli,  kadastr  raqami,  yer  uchastkasiga  oid    huquqning    ro‘yxatga 


68 
 
 
olish  sanasi,  egalik  huquqiga  oid    hujjatlarning  berilish  sanasi,  yer  uchastkasidan 
foydalanish,  foydalanishning  muddatliligi,  yer  berilishining  maqsad-vazifasi,    yer 
uchastkasi  chegarasining  burilish  nuqtalari  o‘rni  ko‘rsatilgan    sxemasi,  yondosh 
yer  uchastkalarining  ta’rifi,  servitutlar,  yer  uchastkasidan  foydalanishdagi  
cheklashlar,  yer 
uchastkasining  holatini  tavsiflovchi 
miqdor  va  sifat 
ko‘rsatkichlari, uning  iqtisodiy bahosi ko‘rsatiladi. 
Yer  kadastrini  yuritish  faqat  hozirgi  lahzaga  oid  ma’lumotlarni  qayd 
qilishdangina  emas,  balki  yer  kadastri  ma’lumotlari  va  axborotlarini      uzluksiz 
yangilab turishdan, boshqacha aytganda ularni aktuallashtirishdan    iboratdir.  
 
Yer  kadastri  ma’lumotlarining  katta  hajmliligi  va    turfa  xilligi  topografo-
geodeziya  va  tuproqqa  oid  katta      hajmdagi  turli  tekshirish  va  izlanishlar  olib 
borishni  taqozo qiladi. 
Yer  kadastrning  barcha  bo‘limlarida  ma’lumotlar  ob’ektiv  va  ishonchli 
bo‘lishi  uchun  yerning  faktik  holati  va  undan  foydalanishga  mos  bo‘lishi  kerak. 
Yer  kadastrning  ishonchliligi  va  ob’ektivligi,  yer  kadastri  ma’lumotlarining 
zamonaviy darajada bo‘lishi kadastr ishlarining uzluksizligi orqali ta’minlanadi.  
Yer  kadastri  axborotini  ishlab  chiqish  texnologiyasini  doimiy  ravishda 
takomillashtirish,  tizimlashtirish,  saqlash,  yangilash  va  foydalanuvchilarga  
ishonchli  va  tejamli  yer  kadastri  axboroti  berish  davlat  yer  kadastrining  asosiy 
vazifalari hisoblanadi. 
Davlat  yer  kadastri  yer  munosabatlarini  tartibga  solish  maqsadida  davlat 
hokimiyati  va  boshqaruv  organlarini,  manfaatdor  yuridik  va  jismoniy  shaxslarni 
yer  to‘g‘risidagi  axborot  bilan  ta’minlash,  erdan  oqilona  foydalanishni,  qayta 
tiklash  va  muhofaza  qilishni,  yer  tuzilishini  tashkil  etish,  yer  uchun  haq  to‘lash 
miqdorlarini asoslash, xo‘jalik faoliyatini baholash uchun mo‘ljalanadi. 
Qjnunchilik  hujjatlariga  ko‘ra  davlat  yer  kadastri  4  ta    tarkibiy  qismlardan 
tashkil topadi. 
 
 


69 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
11-rasm. Yer kadastrining tarkibiy qismlari 
 “Davlat  yer  kadastri  to‘g‘risida”gi  qonunning  4-moddasida  yer  kadastrini 
yuritishning quyidagi asosiy tamoyillari belgilab berilgan.                                           

 
mamlakatning butun hududini to‘la qamrab olish; 

 
fazoviy koordinatalarning yagona tizimini  qo‘llash; 

  yer kadastriga doir axborotlar ishlab chiqish uslubiyotining birligi; 

 
yer kadastriga doir axborotlarning to‘g‘ri bo‘lishi  hisoblanadi. 
Davlat  yer  kadastri  ma’lumotlari  asosiy  (dastlabki)  va  joriy  ma’lumotlarga 
bo‘linadi.  Dastlabki  ro‘yxatdan  o‘tkazish  vaqtida  olingan  ma’lumotlar  va  davlat 
yer  kadastrining  dastlabki  ma’lumotlarini  tuzish  asosiy  (dastlabki)  axborot 
hisoblanadi. 
Davlat  yer  kadastri  ma’lumotlarini  qayta  ro‘yxatdan  o‘tkazish  yoki 
o‘zgartirish jarayonida olingan ma’lumotlar joriy axborot hisoblanadi. 
Davlat  yer  kadastrini  yuritish  ishlari  davlat  byudjetidan,  shuningdek  er 
uchastkalariga  bo‘lgan  huquqlarni  davlat  ro‘yxatiga  olganlik  uchun  undiriladigan 
mablag‘lar va boshqa manbalar hisobidan mablag‘ bilan ta’minlanadi.  

Download 1,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish