85
Yerni huquqiy muhofaza qilishning maqsadi hududni oqilona tashkil etish,
tuproq unumdorligini, shuningdek yerning boshqa xossalarini tiklash, yerlarni suv
va shamol eroziyasidan, sellardan, suv bosishdan, zaxlashdan, qayta sho‘r
bosishdan, qaqrab qolishdan, zaranglashishdan, ishlab chiqarish chiqindilari,
kimyoviy va radioaktiv moddalar bilan ifloslanishdan himoya qilish, qishloq
xo‘jalik yerlarini buta va mayda
dov-daraxtlar, yovvoyi o‘tlar
bosib ketishidan va
yerlarning madaniy texnikaviy holatini yomonlashtiruvchi boshqa jarayonlardan
himoya etish, yerlarni konsyervatsiya qilish, yerning unumdorligini oshirishga
qaratilgan bo‘ladi.
Yer qonunchiligidagi yerni muhofaza qilishga qaratilgan huquqiy qoidalar
asosan quyidagilarni tartibga soladi:
sug‘oriladigan yerlarni qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan maqsadlarga
berishdan himoya qilish;
tuproqni unumdor
qatlamini saqlash;
tuproqni eroziyadan saqlash;
yerni agroximikatlar ta’siridan himoya qilish;
yerni ishdan chiqarib qo‘yishdan,
botqoqlanishdan muhofaza qilish;
yerni xo‘jasizlarcha foydalanishdan muhofaza qilish va h.k.
O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksida asosiy e’tibor sug‘oriladigan
yerlarni qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlar toifasiga berilishidan himoya
qilishga qaratilganbo‘lib, unda ushbu qimmatbaho yerlar boshqa maqsadlar uchun
faqat qishloq xo‘jaligi, suv xo‘jaligi idoralari, shuningdek tabiatni muhofaza qilish
idoralari bilan kelishilgan holda amalga oshirilishi, o‘ta zarur hollardagina boshqa
maqsadlar uchun berilishi mumkinligi belgilangan.
Yerni muhofaza qilishga qaratilgan bir qator yer huquqiy normalari tuproq
unumdorligini himoya qilishni tartibga solishga bag‘ishlangan. Ma’lumki, yerdan
xo‘jasizlarcha foydalanish, yerdan ilmiy asosda foydalanmaslik, almashlab
ekishga rioya qilmaslik, tuproqga ishlov berishning agrotexnika qoidalariga rioya
86
qilmaslik, zaharli ximikatlarni me’yordan ortiqcha ishlatish tuproq unumdorligini
pasayishiga olib keladi. Mutaxassislarning ma’lumotiga ko‘ra, unumdorlikni
tiklash jarayoni esa juda og‘ir va uzoq muddatni talab etadi. Masalan, 10 santimetr
qalinlikdagi tuproqning unumdorlik qatlamini tiklash uchun 100 yilcha vaqt kerak.
SHundan kelib chiqib, yer qonunchiligi tuproqning unumdorlik qatlamini
muhofaza qilishga qaratilgan qat’iy talab va choralarni belgilaydi.
Yerni muhofaza etuvchi qonunlar yerga nisbatan xo‘jasizlarcha munosabatda
bo‘lishdan muhofaza etadi.
Yerdan xo‘jasizlarcha foydalanish deganda yuridik
va jismoniy shaxslarning biriktirilgan yer uchastkalaridan ular qanday maqsadlar
uchun berilgan bo‘lsa o‘sha maqsadlarda foylanmaslik, yerlarning holatini
yaxshilash, tuproqni shamol va suv ta’sirida emirilishdan, hamda uning holatini
yomonlashtiruvchi
boshqa
jarayonlardan
himoya
qilish
majburiyatlarini
bajarmaslik tushuniladi. Qonunda belgilanishicha yerdan foydalanuvchilar tuproq
unumdorligini oshirish yuzasidan samarali choralarni ko‘rishlari, tuproqni shamol
va suv ta’sirida emirilishdan saqlash yuzasidan tashkiliy--xo‘jalik, agrotexnika,
o‘rmon-melioratsiya va gidrotexnika tadbirlarini amalga oshirishlari, yerlarning
sho‘rlanish, zax bosish, ifloslanish holatiga yo‘l qo‘ymasliklari, begona o‘tlar
bosishini oldini olishlari lozim. Yer qonunchiligining ushbu talablarini bajarmaslik
yerdan xo‘jasizlarcha foydalanish hisoblanadi.
Yerni huquqiy muhofaza qilish
o‘z oldiga uni turli salbiy ta’sirlar natijasida ishdan chiqarmaslik maqsadini
qo‘yadi. Bunday salbiy ta’sirlar ichida tuproq eroziyasining ta’siri kuchlidir.
Do'stlaringiz bilan baham: