Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti


§. Istiqbolga mo‘ljallangan va loyihalash oldidan yer tuzish



Download 1,79 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/130
Sana31.07.2021
Hajmi1,79 Mb.
#134397
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   130
Bog'liq
Ер ҳуқуқи ўқув қўлланма (лотин алифбосида)

2§. Istiqbolga mo‘ljallangan va loyihalash oldidan yer tuzish 
 
Yer  kodeksida  istiqbolga  mo‘ljallangan  va  loyihalash    oldidan  amalga 
oshiriladigan  yer  tuzish  ishlari  alohida-alohida  yer  tuzish  turi  qilib  belgilangan 
bo‘lsada,  amalda  har  ikkala  turdagi  yer  tuzish  ishlarida  bir  xildagi  tadbirlar   
amalga  oshiriladi.  Masalan,  istiqbolga  mo‘ljallangan  yer  tuzishda ham  loyihalash 
oldidan amalga oshiriladigan yer tuzish ishida ham tumanlar va viloyatlarning yer 
tuzish chizmalari yoki alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning joylashishi 
va  chegaralari  belgilanishini  asoslash  bilan  bog‘liq  bo‘lgan  tadbirlar  bajarilishi 


60 
 
 
ko‘zda  tutiladi.  Shunga  qaramay  istiqbolga  mo‘ljallangan  va  loyihalash  oldidan 
amalga  oshiriladigan  yer  tuzish  turlarining  bir-biridan    birmuncha  farqlari  ham 
mavjud.  Istiqbolga  mo‘ljallangan  yer  tuzishda  yer  uchastkalari  joylashgan 
hududlarining  o’lchami  (mamlakat,  viloyat  yoki  tumanlar)dan  qat’iy  nazar 
tadbirlar  yaqin  yoxud  uzoq  kelajakda  amalga  oshirilishi  belgilanadi.  Bunda  hali 
loyihalash  ishlari    mo‘ljallanmaydi.  Bu  tadbirlarda  yer  tuzish  ishlari  istiqboli 
bashorat qilinadi. 
Viloyatlararo,  tumanlararo,  tuman  yoki  shaxarlar  doirasida  ma’muriy-
hududiy  o‘zgarishlar,  yerdan  foydalanuvchi  va  yer  egalarini  qayta  tashkil  etish, 
barham  toptirish,  qo‘shib  yuborish  va  boshqa  shunga  o‘xshash    ishlar 
loyihalashtiriladigan bo‘lsa, bu ishlarni amalga oshirishdan oldin yer tuzish  ishlari 
bajariladi.  Demak,  yuqorida  aytilgandek  biror-bir  loyiha  mo‘ljallangan  bo‘lsa, 
undan  oldin  loyihalash  oldidan  yer  tuzish    ishlari  amalga  oshiriladi.  Mana  shu 
jihati  bilan  loyihalashdan  oldin  amalga  oshiriladigan  yer  tuzish    ishlari  istiqbolga 
mo‘ljallangan yer tuzishdan farq qiladi. 
Mamlakat  va  uning  mintaqalarining  yer-suv  resurslaridan  foydalanish 
hamda  ularni  muhofaza  qilish  chizmalarini  ishlab  chiqish  va  tumanlar  va 
viloyatlarning yer tuzilishi  chizmalarini ishlab chiqish istiqbolga mo‘ljallangan va 
loyihalash  oldidan  yer  tuzish  ishlarining  ma’muriy  hududiy  miqyosida  amalga 
oshirilishidir. 
Istiqbolga mo‘ljallangan yer tuzish ishlari amalga oshirilganda mamlakat va 
mintaqalar  bo‘yicha  yer  zaxiralaridan  foydalanish,  ularni  muhofaza  qilish,  yer 
bilan bog‘liq tashkiliy-xo‘jalik hamda ijtimoiy-iqtisodiy tadbirlar hajmi,  muddati, 
tuproq  unumdorligini  saqlash  va  oshirish,  yerlardan  oqilona  foydalanish  kabi 
masalalarni echish maqsad qilib qo‘yiladi. 
Loyihalash  oldi  yer  tuzish  ishlarini  amalga  oshirishdan  maqsad  ham 
yerlardan  oqilona  foydalanish,  ularga  nisbatan  bo‘lishi  mumkin  bo‘lgan  jamiyat 
ta’sirini  (ifloslanish,  chiqindilar  bilan  bostirish  va  h.k.)  oldini  olish,  tuproq 
unumdorligini  saqlash  va  oshirish,  yer  uchastkalariga  bo‘lgan  foydalanish    va 


61 
 
 
egalik  huquqlarini  oydinlashtirish,  joylardagi  ishlab  chiqarish    kuchlariga  mos 
ravishda  yerdan  foydalanishning  yagona  tizimini  yaratish,  yerlar  tabiiy  holatining 
o‘zgarishini  (sho‘rlanish,  yerni  ishdan  chiqarish,  yeroziya,  cho‘lga  aylanishi  va 
h.k.) oldini olish va boshqa holatlar bo‘lib hisoblanadi. 
Istiqbolga  mo‘ljallangan  va  loyihalash  oldi  yer  tuzish    ishlarida 
tayyorlanadigan hujjatlar dastur,  loyiha, chizma deb ataladi. 
Istiqbolga  mo‘ljallangan  yer  tuzish  hujjatlaridagi  tadbirlarning  bajarilish 
muddati 10 yildan kam bo‘lmasligi kerak. 
Loyihalash  oldi  yer  tuzish  ishlari  bo‘yicha  tadbirlar  tuzilayotgan  (barpo 
etilayotgan)  yoki  qurilayotgan  xo‘jalik  yurituvchi  sub’ekt  loyihalanishidan  oldin 
amalga oshiriladi. 

Download 1,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish