Teshiktosh g’or-makoni Surxondaryo viloyati Boysuntog’ tumanidagi Boysun
tog’ining janubiy yonbag’ridagi Turgandaryoning Zavlatashgansoy darasida, dengiz
sathidan 1500 m balandda joylashgan. G’or shimoli-sharqqa qaragan, kengligi 20 m,
chuqurligi 21 m, balandligi 9 m. Olib borilgan qazuv ishlari natijasida 5 ta madaniy
qatlam borligi aniqlangan. Madaniy qatlamlardan 2859 ta toshdan yasalgan mehnat
qurollari, gulxan izlari va kul qoldiqlari, tog’ echkisi, bug’u, yovvoyi ot, ayiq, quyon,
kemiruvchi va parrandalarning suyak qoldiqlari topildi. Teshiktoshdan topilgan
topilmalar orasida 25 sm chuqurlikda neandertal tipdagi odam suyagi qoldiqlari
topildi. Bu topilmani mash’hur antropolog olim M.Gerasimov o’rganib chiqib, uning
taxminiy qiyofasini tiklagan. Teshiktoshliklar asosan ovchilik va qisman termachilik
bilan shug’ullanganlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |