1963 yilda Toshkent viloyati Ohangoron tumanida Mingbuloqdan hozirgi
kunimizdan 400-500 ming yillar muqaddam yashagan sinantrop turiga oid qazilma
odam qoldiqlari topilgan.
Shunday qilib, antropologik topilmalarni izlash va ularni o’rganish bugungi
kungacha ham davom etib kelmoqda.
2000-2004 yillar davomida
Qashqadaryo
vohasi Kitob tumani tog’li hududlarida olib borilgan tadqiqot ishlari jarayonida
(o’zbek-amerika qo’shma ekspeditsiyasi)
Oyoqchisoy vodiysida Angilak g’ori
tadqiq etilib neandertal tipiga mansub odamning oyoq suyagi topildi. Bu viloyatimiz
tarixidagi eng diqqatga sazovor topilma bo’ldi.
Demak,
1. Odamzod tabiatning ajralmas bir bo’lagi sifatida Yer tarixining ma’lum bir
bosqichida hayvonot olamidan ajralib chiqdi. U jonivor fanda eng oliy tipdagi
«odamsimon maymun» deb atalmoqda.
2. Ajdodlarimizning hayvonot olamidan odamzod dunyosiga qo’ygan birinchi
qadami avstralipiteklar davrida sodir bo’ldi.
3. Odamzodning ilk ajdodlari zinjantrop va pitekantroplar toshni toshga urib
mehnat qila boshlaydilar. Mehnat odamzodni hayvonot olamidan ajratdi.
4. Odamzod o’zining ajdodi – sinantroplar davrida olovni kashf etdi va shu
tufayli ajdodlarimiz go’shtni olovda chala pishirgan holda iste’mol qila boshladilar.
Pishirilgan go’shtni iste’mol qilish natijasida ularning fikrlashida o’zgarish yuz berdi
va odamning biologik, jismoniy tuzilishida hozirgi zamon odami tomon ijobiy
o’zgarishlar sodir bo’la boshladi.
Kramonon odami zamonasiga kelib ilk ajdodlarimizning biologik, jismoniy
tuzilishi hozirgi zamon odamidan farq qilmaydigan holatga kirdi. Kramon’onlar davri
urug’chilik jamoasining boshlanishi birinchi jamoachilik kurtagining tugilishidir. Bu
o’zgarishlarning barchasiga inson o’z mehnati tufayli erishdi.
Yuqorida ko’rdikki, tabiiy tanlanish va jinsiy saralanish, shuningdek birinchi
navbatda mehnat jarayonida inson tafakkurining rivojlanishi natijasida neandertal
qiyofadagi odamlar hozirgi qiyofadagi kishilarga aylana bordilar. Ular ham aqliy, ham
jismoniy jihatdan kamol topib, uzoq vaqt davom etgan rivojlanish jarayonida hozirgi
qiyofadagi kishilarni shakllantirdi va shu bilan antropogenez jarayoni nihoyasiga etdi.
Huddi shu davrda evropoid, negroid va mo’g’ul deb nomlangan dastlabki irqlar
vujudga keldi. Insoniyat o’zining hozirgi qiyofasiga yetib kelguncha 2-3 million yillik
katta tarixiy davrni bosib o’tdi. Bu kishilar fanda «homo sapines» - «aql-idrokli
odamlar», deb ataladi.
Paleolit – odamning shakllanish davri hisoblanadi. Bu davrda odamlar ibtidoiy
gala davridan urug’chilik tuzumiga o’tishgan. Odamlar o’zlari uchun tosh, suyak va
yog’ochdan ov hamda mehnat qurollari yasay boshlashgan. Bir toshga ishlov berish
uchun odam ikkinchi toshni, suyak yoki yog’ochni ishga solgan. Tosh qurollariga
ishlov berish texnologiyasiga qarab ularni quyidagi bosqichlarga bo’lish mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: