O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi davlat universiteti


Arxey  erasining  oxirida  Yerda  juda  oddiy  tirik  mavjudotlar,  paleozoyda



Download 1,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/185
Sana31.07.2021
Hajmi1,96 Mb.
#133854
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   185
Bog'liq
arxeologiya asoslari (2)

Arxey  erasining  oxirida  Yerda  juda  oddiy  tirik  mavjudotlar,  paleozoyda  suvda  va 
quruqlikda yashovchi hayvonlar, mezozoyda sudralib yuruvchilar paydo bo’ladi. Yer 
tarixining  kaynozoy  erasida  esa  sut  emizuvchi  hayvonlar  tarqaladi.  Bu  era,  o’z 
navbatida, uchlamchi va to’rtlamchi bosqichlarga bo’linib, uchlamchi bosqich 50-60 
mln., to’rtlamchi bosqich 3-3,5 mln. yilni o’z ichiga oladi.  
To’rtlamchi  bosqich  boshlarida  iqlim  hozirgiga  nisbatan  issiqroq  bo’lib, 
Periney  yarinorolidan  Xitoygacha  bo’lgan  hududlar  subtropik,  Osiyoning  janubi  va 
Afrikaning katta qismida esa tropik mintaqalar edi. Uchlamchi bosqichning oxiri va 
to’rtlamchi  bosqichning  boshlarida  mazkur  o’lkalarda  maymunlarning  xilma-xil 
turlari yashagan.  
Biz  fan  tomonidan  isbotlangan,  odamning  hayvonot  dunyosidan  uzoq  vaqt 
davom  etgan  rivojlanish  jarayoni  oqibatida  ajralib  chiqqanligi  haqidagi  fikrga 
yondashamiz.  Odamning  oliy  tipdagi  maymunsimon  ajdodlar  bilan  bog’liqligi 
haqidagi  g’oya  Ch.Darvinga  taalluqli  bo’lib,  u  evalyutsion  jarayon  natijasida  odam 
huddi  shu  odamsimon  maymundan  kelib  chiqqanligini  ta’kidlaydi.  Ya’ni, 
maymunning  odamga  aylanishida  asosiy  omillardan  biri  –  tabiiy  saralanish  va  jinsiy 
tanlanishdir,  degan  nazariyani  ilgari  suradi.  Jamiyatshunos  olimlar  maymunning 
odamga aylanishi jarayonida asosiy omillardan yana biri – mehnat ekanligini ko’rsatib 
o’tadi. 
Biz  yuqorida,  yer  tarixi  kaynazoy  erasining  to’rtlamchi  bosqichida  odamzod 
paydo  bo’la  boshlaganligini  aytgan  edik.  Uchlamchi  bosqich  boshlarida  iqlim 
hozirgiga  nisbatan  issiqroq  bo’lib,  Pireney  yarim  orolidan  Xitoygacha  bo’lgan 
maydonlar subtropik mintaqalar edi. Mazkur o’lkalarda to’rtlamchi bosqich boshlarida 
hayvonlarning,  shuningdek,  maymunlarning  xilma  xil  turlari  yashagan.  Ular  orasida 
odamsimon  maymunlar  ham  bo’lib,  ular  odamning  eng  qadimgi  ajdodlari 
hisoblangan. 
Ular 
driopitek, 
ramapitek, 
avstrolopiteklar 
bo’lib,  shulardan 
avstrolopiteklar odamga ko’proq o’xshashligi bilan ajralib turgan. Driopiteklar hozirgi 
kunimizdan 15-12 mln yillar ilgari yashagan. Driopitek  – «daraxtda yuruvchi odam» 
deb  nomlanadi.  1856  yilda  frantsuz  arxeologi  Larte  Avstriyaning  Yuqori  Goranna 
degan joyidan yer tarixining miotsen yotqiziqlaridan (bundan 5-12 mln. yil burun) eng 
oliy  tipdagi  odamsimon  «maymun»  driopiteklarga  tegishli  bo’lgan  3  ta  tish 


qoldiqlarini  topgan.  Driopitek  odamsimon  maymunlar  turiga  kiradi.  Olimlar  uning 
miya suyagini hajmini o’lganda 600 sm
3
 bo’lganligini qayd etadi. 
Hozirgi kunda dunyoning har xil joylaridan driopiteklarning 10 dan ortiq turlari 
topib o’rganilgan. Ch.Darvin Avstriya topilmasini o’rganib uning tishlarida odamzod 
tishlariga  xos  belgilar  borligini  isbotladi.  Ch.Darvin  driopitekda  odamzodning 
ajdodini  ko’ra  bildi.  Darvin  yaratgan  ta’limotga  ko’ra  barcha  driopiteklar 
odamzodning ajdodi bo’la olmaydi. Undan qolgan iz so’nggi (Yuqori Gerannadagi) si 
avlod  izi  bo’lgan.  Ramapiteklar  ham  odamsimon  maymunlar  turiga  mansub  bo’lib, 
uning  qoldiqlari  Afrika,  Hindiston  hududlaridan  topilgan.  Ramapiteklar  12-7  mln. 
yillar ilgari yashagan. 
Avstrolopiteklar keyingi tur bo’lib, ular odamga ko’proq o’xshagan va hozirgi 
kunimizdan  3  mln.  yillar  ilgari  yashagan.  Ularning  miya  suyagining  hajmi  600-700 
sm
3
 bo’lib, avstrolopiteklar ikki oyoqda tik turgan, o’simlik va go’shtni ovqat sifatida 
iste’mol  qilgan.  1924  yilda  Janubiy  Afrika  hududlaridan  odamzodning  ilk  ajdodi 
bo’lgan avstrolopitekning suyaklari topilgan. Olimlar unga «Janubiy odam» deb nom 
berishgan. 
Yer qa’rining plyutsen (bundan 3-4 mln. yil oldin) yotqiziqlaridan  olimlarning 
xulosasiga  ko’ra,  driopitek  eng  oliy  tipdagi  odamsimon  «maymun»  bo’lsa, 
avstrolopitek esa «maymunsimon» odam vakili bo’lgan. Avstrolopitek odamzodning 
hayvonlar olamidan odamlar dunyosiga o’tishda qo’yilgan birinchi qadami edi. 
1960  yilda  arxeolog  Luis  Liki  Sharqiy  Afrikaning  Olduvay  darasidan 
odamzodning qadimgi ajdodlari suyak qoldiqlarini topdilar. Olduvayda odam, hayvon 
suyaklari  bilan  bir  qatorda  tosh  qurollar  ham  topildi.  Olimlar  bu  erdan  topilgan 
mavjudotni  zinjantrop  deb  atadi  va  uning  yashagan  davrini  avstrolopitek  va 
pitekantrop oralig’i deb belgiladi. 
Zinjantrop  deb  atalishiga  sabab,  uning  Tanzaniyaning  Zinji  nomli  qishlog’i 
atrofidan  topilishi  edi.  Zinjantroplarga  «Xomo  Xabilis»  -  «ishbilarmon  odami»  deb 
nom  beriladi.  Chunki  u  eng  sodda  mehnat  qurollarini  yasay  olar  edi.  Zinjantrop 
qoldiqlari  Keniya  va  Efiopiya  hududlaridan  ham  topib  o’rganilgan.  Zinjantroplar 
suyagi  topilgan  joylardan  hayvon  suyaklari  va  tosh  qurollar  ham  topiladi.  Afrikadan 
«ishbilarmon  odamlar»  topilgan  geologik  qatlamning  sanasi  3-2  mln.  yillar  bilan 
belgilanmoqda. Bu  esa odamzodning mehnat qila boshlagan ilk ajdodi pitekantropga 
qadar  zinjantroplar  bo’lgan,  degan  xulosaga  olib  keladi.  Afrikadan  topilgan 
ishbilarmon  odamlar  arxantroplar  deb  nomlangan.  Yunoncha  «Arxayos»  -  qadimgi, 
«antropos»  -  odam  degan  ma’nolarni  bildiradi.  Demak,  arxantroplar  toshdan  qurol 
yasash qobiliyatiga ega bo’lgan odamzodning dastlabki ajdodlaridir.  
Odamning  kelib  chiqishi  va  rivojlanishi  masalasi  bilan  antropologiya  fani 
shug’ullanadi.  Antropologiya  uch  asosiy  bo’limga  bo’lib  o’rganiladi:  1) 

Download 1,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   185




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish