Omonqo’ton g’or-makoni Samarqand viloyatidagi Zarafshon tog’
tizmasining g’arbiy yonbag’rida joylashgan Omonqo’ton qishlog’i yaqinida
joylashgan. G’orning kengligi 1,5 m, balandligi 0,9 m, chuqurligi 25 m. G’or-
makonning madaniy qatlamlaridan qirg’ich, paykon, plastinkalar, nukleuslar, qo’l
chopqilari, Osiyo mufloni (arxar), qo’ng’ir ayiq, tog’ echkisi suyagi, gulxan
qoldiqlari topilgan. Bu yerda yashagan qadimgi odamlar asosan ovchilik va
termachilik bilan shug’ullanishgan.
Obirahmat g’or-makoni Toshkent shahridan 100 km shimili-sharqda,
G’arbiy Tyan-Shan – Chotqol tizmasidagi Paltov soyining yuqori sohilidi joylashgan.
Qazuv ishlari jarayonida 21 ta madaniy qatlam mavjud ekanligi aniqlandi. Ko’plab
tosh qurollar, har xil hayvonlar suyaklari, gulxan va kul qoldiqlari topilgan.
Olimlarning farazlariga ko’ra, bu yodgorlikda odamlar bundan 120-40 ming
Do'stlaringiz bilan baham: |