26
III.3. DUNYO OKEANINING BIOLOGIK TUZILISHI QONUNLARI
Dunyo okeani suvining xarakterli xususiyatlaridan biri uning muntazam ravishda
harakatda
bo’lishidir. Okean suvlarining muntazam harakat qilishiga bir necha omillar sabab bo’ladi.
Bularning eng asosiysi shamol bo’lib, u okean yuzasidagi suvlarni gorizontal yo’nalishda harakatga
keltirib doimiy yuza oqimlarini vujudga keltiradi. Oqimlarning hosil bo’lishiga suvning haroratdagi,
sho’rligidagi va zichligidagi farqlar ham sabab bo’lishi mumkin. Oqimlarning yo’nalishi esa faqat
shamollarning yo’nalishiga bog’liq bo’lib qolmasdan, balki Yerning o’z o’qi atrofida aylanishining
burish kuchiga materiklar qiyofasiga va okean tagi relyefiga ham bog’liq.
Dunyo okeanidagi barcha oqimlar muayyan qonuniyatlarga bo’ysungan holda harakat qiladi.
Ayniqsa, yuza oqimlarining vujudga kelishiga asosiy sabab shamol bo’lnligi uchun
doimiy
shamollar bilan oqimlar o’rtasida bevosita bog’lanish mavjud. Masalan, okeanlarda ekvatorning har
ikkala tomonida doimiy esib turadigan passat shamollari ta’sirida paydo bo’lgan passat oqimlari
sharqdan g’arbga tomon harakat qiladi. Ular koriolis qonuniga binoan Shimoliy yarimsharda
o’ngga, janubiy yarinsharda chapga buriladi.
Atlantika va Tinch okeanlarida Shimoliy va Janubiy passat oqimlari o’rtasida g’arbdan
sharqqa qarab harakat qiladigan ekvotorial qarshi oqim vujudga kelgan. Janubiy yarimsharda
o’rtacha geografik kengliklarda doimiy shamollar yordamida hosil bo’lgan G’arbiy shamollar oqimi
G’arbdan sharqqa qarab oqadi. Mussonli o’lkalarda yuza oqimlar mavsumga qarab o’zgarib turadi.
Shimoliy passat oqimi Janubiy Amerikaning shimoliy qirg’og’i yaqinida ikki tarmoqga
bo’linadi. Birinchi tarmog’i ekvatorial qarshi oqimni hosil qilib, suvning bir qismini sharqqa
tomon qaytaradi. Oqimning ikkinchi tarmog’i Janubiy Amerikaning sharqiy qirg’og’i yaqinida
golfstrim quyilma oqimini vujudga keltiradi. Bu oqim mo’tadil mintaqaga kirib
borish zonasida
g’arbiy shamollar suv massalarini sharqqa tomon haydaydi. Shu tariqa Shimoliy Atlantika oqimi
hosil bo’ladi. janubiy passat oqimi Janubiy Amerikaning sharqiy qirg’oqlari yaqinida Braziliya
voqimini shakllantiradi. Undan janubda G’arbiy shamollar oqimi davom etadi va
Bengela oqimi
bilan birga Atlantika okeanining janubida suvning aylanma harakatini vujudga keltiradi. Eng katta
halqalar ekvator bilan 40-parallellar orasida vujudga keladi. Shimoliy yarimshardagi halqalarda esa
soat strelkasi yo’nalishiga teskari Janubiy yarimshardagi halqalarda esa soat strelkasi yo’nalishi
bo’yicha harakat qiladi.
Okean oqimlari suvining haroratiga ko’ra iliq va sovuq oqimlarga bo’linadi. Iliq oqimlar
guruhiga Golfetrim, Shimoliy Atlantika, Braziliya, Shimoliy Tinch okeani, Kuro Sivo, Sharqiy
Avstraliya, va passat oqimlari kiradi. Sovuq oqimlar guruhiga G’arbiy shamollar, Peru, Koliforniya,
Kuril, Bengela, Kanar oqimlari kiradi. Ular iqlimning shakllanishida nihoyatda katta rol o’ynaydi.
Okean suvlarida turli xil organzimlarning yashashi va rivojlanishi uchun barcha
qulayliklarga ega bo’lgan ekologik muhit mavjud. Ko’pchilik olimlarning fikricha Yer yuzida
hayot
avvalo okeanda paydo bo’lgan, keyinchalik chuchuk suvlarga va quruqliklar yuzasiga tarqalgan.
Dunyo okeanidagi hayot sharoiti ikki xil yo’nalishda gorizontal va vertical yo’nalishda juda
katta farq qiladi. Buni ekvatordan qutblargacha va suvning yuza qismidan eng chuqur qismlarigacha
27
kuzatish mumkin. Dunyo okeanida trik organizmlarning rang-barangligi shundan ko’rinib turibdiki
u yerda o’simliklarning 15 mingdan ortiq turi hayvonlarning 150 mingga yaqin turi yashaydi.
Okeanda bakteriyalar va mikroskopik kichik hayvonlardan tortib og’irligi 150 t. gacha yetadigan
ko’k kitlar, ko’zga ko’rinmaydigan bir hujayrali o’simliklardan tortib uzunligi 80 m ga yetadigan
suvo’tlar yashaydi. Hatto 11022 metrli Mariana cho’kmasining tagida ham hayot bor.
Dunyo okeanidagi tirik organizmlarning asosiy qismi okean
yuzasida, 150-200 m
chuqurlikgacha bo’lgan suv qatlamida yashaydi. Chunki, bu qatlam Quyosh nurining ta’sirida
bo’ladi. Okean yuzasidagi organik hayotning ko’p yoki kam tarqalishi geografik kenglikka va
okeanlarning iqlim sharoitiga bog’liq. Shuning uchun ekvotarial va mo’tadil mintaqalar tirik
organizmlarga juda boy joylar hisoblanadi. Ayniqsa, mo’tadil mintaqalarning 40-60º kengliklar
oralig’i okeanlarning baliga eng serob rayonlaridir. Qutbiy o’lkalarda esa suv harorati juda past
bo’lganligi msababli tirik organizmlar kam tarqalgan. Dunyo okeanida baliqlar, kitlar, delfinlar,
tyulenlar, kalmarlar, dengiz toshboqalari ko’plab uchraydi.
Tirik organizmlar okeanlarning tagida ham keng tarqalgan. Bu yerda marjonlar,
qisqichbaqasimonlar, mallyuskalar,
dengiz yulduzlari, chuvalchanglar, yolg’onoyoqlilar kabi
organizmlar yashaydi. Marjonlar tropiklarning iliq suvlarida yaxshi rivojlangan.
Dunyo okeanining barcha tirik organizmlari yashash sharoitiga ko’ra uchta asosiy guruhga –
plankton, nekton va bentosga bo’linadi.
Plankton bir hujayrali suvo’tlari (fitorplanktonlar) va mayda hayvonlar (zooplanktonlar)
meduzalar, chuvalchanglar, mayda qisqichbaqasimonlar, oddiy hayvonlar va mallyuskalardan
tarkib
topgan. Fitoplanktonlar quyosh nuri yaxshi tushadigan suv qatlamining 50-100 m chuqurlikkacha
bo’lgan qismida, zooplanktonlar suv havzasining barcha chuqurliklarida keng tarqalgan. Ular erkin
suzib yurish qobilyatiga ega emas. Bir joydan ikkinchi joyga suv to’lqinlari va
dengiz oqimlari
yordamida siljiydi.
Nekton dengiz va okean suvlarida faol harakat qilib uzoq masofalarga suzin yuruvchi tirik
organizmlarni o’z ichiga oladi. Bu guruhga baliqlar, kitsimonlar, kurakoyoqlilar, kalmarlar,
yolg’onoyoqlilar,
dengiz ilonlari, dengiz toshboqalari kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: