Gidroekologiya


III. DUNYO OKEANI. UNING QISMLARI VA OKEAN TUBI RELYEFI



Download 0,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/124
Sana31.07.2021
Hajmi0,73 Mb.
#133775
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   124
Bog'liq
gidroekologiya

III. DUNYO OKEANI. UNING QISMLARI VA OKEAN TUBI RELYEFI 
 
         Boshqa fanlarda bo’lgani singari okeanshunoslikda  ham nazariy va tajriba tadqiqotlari 
o’tkaziladi. Ular o’zaro chambarchas bog’langan. Tajriba yo’li bilan olinadigan kuzatishlarga oid 
ma’lumotlar sizni qiziqtirayotgan obyekt –  okean  tuzilishi to’g’risida yaxlit tasavvur hosil qilish 
uchun nazariy tafakkurni taqozo etadi. O’z navbatida nazariy andozalar yanada ko’proq bilimga ega 
bo’lish uchun keyingi kuzatishlarni qay yo’sinda tashkil etishda asqotadi.  
       Yaqin-yaqingacha har narsaga qiziquvchi dengizchilarning yo’l-yo’lakay kuzatishlarini hisobga 
olmaganda tadqiqot kemalaridagi dengiz ekspeditsiyasi okeanni tajriba yo’li bilan o’rganishning 
asosiy vositasi edi. Bunday kemalar maxsus jihozlar: suvning temperaturasi kimyoviy tarkibi 
oqimlar tezligini o’lchaydigan asboblar dengiz tubidan tuproq oladigan dengiz jonivorlarini 
tutadigan moslamalarga ega bo’lishi kerak. Dastlabki okeanografik asboblar kema bortidan metall 
arqon bilan oddiy chig’ir yordamida suvga tushirilgan.  
        Katta chuqurliklardagi suvning o’ziga xos xususiyatlarini o’lchash topqirlikni talab qiladi. 
Darhaqiqat bir necha kilometr chuqurlikdagi asbob ma’lumotlarini  qanday  olishi mumkin?  Uni 
yuzaga ko’tarish kerakmi? Ammo asbob yuzaga ko’tarilayotganda, suvning turli qatlamlaridan 
o’tishi oqibatida undagi ma’lumotlar ko’p marta o’zgaradi. Shu sababli kerakli chuqurlikdagi suv 
temperaturasini o’lchash uchun to’ntariluvchi termometrdan foydalaniladi. bunday termometrning 
“oyog’i osmondan bo’lganida” faqat o’sha o’zi to’ntarilgan chuqurlik temperaturasidan boshqasini 
ko’rsatmaydi. Uning to’ntarilishiga yuqoridan arqon bo’ylab tushirilgan kichik bir chopar yuk 
signal beradi. Ma’lum bir chuqurlikdan kimyoviy tahlil uchun suv namunasini oladigan idishning 
bo’g’zi ham to’ntarilgan vaqtda yopilib qoladi. Bunday idishlar batometrlar deb ataladi.  
Keyingi yillarda okeanshunoslar uzoq vaqt yordam berib kelgan bunday oddiy asboblar o’rnini tok 
o’tkazuvchi kabel yordamida chuqurliklarga  tushiriladigan elektr moslamalar egallab  bormoqda. 
Asbob bunday kabel bilan kema bortidagi kompyuterga bog’langan bo’ladi. kompyuter 
chuqurlikdan kelayotgan ma’lumotlarni eslab qoladi va qayta ishlaydi.  
Ammo okean haqida to’la ma’lumot olish uchun ilgarigi asboblarga nisbatan puxta, aniqva qulay 
moslamalar ham yetarli emas. Sababi, dunyo okeani hajmi shu qadar kattaki (Yer yuzining 71% 
maydonini ya’ni 360 mln kv km ni tashkil etadi) eng tezyurar kema ham uning barcha mintaqalarini 
kezib chiqishi uichun bir necha o’n yillar kerak bo’ladi. bu vaqt  ichida uning suvlari holati 
atmosfera ob-  havo o’zgargani kabi jiddiy ravishda o’zgarib ketadi. Kuzatishlar vaqti cho’zilib 
ketgani uchun okean to’g’risidagi tasavvurlar uzuq- yuluq bo’ladi. Okeanshunoslarga bu borada Yer 
atrofida bir kecha kunduzda bir necha marotaba aylanib chiqadigan yoki ekvatorning qaysi bir 
nuqtasidagi yuksaklikda “harakatsiz” turib qoladigan sun’iy yo’ldoshlar yordamga keladi. O’sha 
balandlikdan Yer yuzasining deyarli yarmi ko’rinadi. Bunday yuksaklikdan okeanni har tomonlama 
o’lchash qiyin ammo bu eplasa bo’ladigan ish. Hatto kosmonavtlar kuzatatdigan okean suvining 
loyqalanish hodisasi ham uning harakati haqida ko’p narsa berishi mumkin. Oqim bilan birga 
ko’chib yuruvchi bo’ylarni (suvda sayozlik, yo’l va h.k ni ko’rsatadigan belgi) yo’ldoshlardan 
kuzatish orqali suvning harakatini yavshiroq bilib olish mumkin bo’ladi. ammo okean yuzasidan 
chiqayotgan elektromagnit to’lqinlarini qayd etib boorish orqali ham ko’proq axborot olish 
mumkin. Yo’ldoshdagi asboblar tutib oladigan to’lqinlarni tahlil qilib ham okean yuzasi 
temperaturasi, shamol tezligi, shamol to’lqinlarining balandligi va okeanshunoslarni qiziqtiradigan 
boshqa ko’rsatkichlarni aniqlash mumkin.  
Okean va undagi ekologik holatni  aynan ana shu bobda o’rganamiz.  
 
 
 
 
 
 
 
 


 
20 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


 
21 

Download 0,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish