11-Mavzu
BAHORGI HAYDOV. BEDAPOYa VA ANG’IZNI
HAYDASh
Reja:
1. Yerni bahorda haydash sabablari. Bahorgi haydovning tashkiliy jihatdan
kamchilliklari.
Kuzgi shudgor tuproqning fizik-kimyoviy xossalariga va qishloq xo’jalik ekinlarining
hosildorligiga qanchalik ijobiy ta’sir etmasin, respublikamizning ayrim xududlarida yerga
bahorda asosiy ishlov beriladi. Bunga paxta yetishtiriladigan eng shimoliy tumanlar,
jumladan, Qoraqalpog’iston, Xorazm hamda Farg’ona viloyatining Quqon guruhi tumanlari
misol bo’ladi.
Bahorgi haydashda, yerni ekish oldidan amalga oshiriladigan tadbirlar kuzgi
shudgorlashdagi kabi muntazam ravishda bajarilmaydi. Chunki, yerni qisqa vaqt ichida ekin
ekishga tayyorlash kerak. Natijada texnikadan, qurol va ishchi kuchidan foydalanish
jadallashadi hamda bahorgi g’animat damlarni boy bermaslik uchun ayrim tadbirlar to’liq
bajarilmasdan qolib ketishi mumkin.
Yuqoridagi shirkat va fermer hujaliklarda yerlarni bahorda haydashga ularning
geografik joylashishi va tuproq-iqlim sharoiti taqoza etadi. Xorazm viloyati va
Qoraqalpog’istonning tuprog’i sho’r, sizot suvlari yuza joylashgan va yerlarning relefini
tekisligidir. Yer sho’rini asosiy haydashdan oldin yuvish kerak, aks holda yer bahorda
yetilmay ekinlarni ekish kechiqib ketadi. Sho’rni kuzda yuvish, tashkiliy jihatidan ancha
qiyin, chunki kuzda Amudaryoning suvi juda kamayib ketadi, ikkinchidan, sovuq barvaqt
tushib, yerlar muzlaydi va uzoq vaqtgacha erimaydi. Hatto g’o’zapoyani yulib olishga ham
ulgurmaydi. Shuningdek, paxta yig’im-terimining kech tugallanishi ham ekin maydonlari
sho’rini kuzda, sovuq tushmasdan oldin yuvish imkonini bermaydi. Yerlarning relefi tekis
bo’lsa, sug’orish shaxobchalarida irrigasion yotqiziqlar ko’plab cho’kib qolib, suv oqishiga
to’sqinlik qiladi. Shuning uchun erta bahordan boshlab sug’orish tarmoqlari suv
yotqiziqlaridan tozalanadi, daladagi g’o’zapoya yulib olinib, polga bo’lib chiqiladi va
shundan keyin sho’r yuvishga kirishiladi.
Bu joylarda yer 3-4, ayrim maydonlarning sho’ri 5-martagacha yuviladi. Shundan
keyin, yer yetilishi bilan pollar tekislanib mahalliy va mineral o’g’itlar solinib PN-4-35, PYa-
3-35 pluglarida haydaladi. Agar ko’klamda shamol ko’p bo’lsa yerni yuza qismi tez quriydi.
Bunday paytda kesaklar ko’p hosil bo’ladi va pastki qatlamga ko’miladi, yerning ortiqroq
ko’pchishi kuzatiladi. Yer yaxshi o’tirishmagan bo’ladi. Shuning uchun bahorgi haydovdan
keyin yer bir necha marta chizellanadi, mola bostiriladi va zudlik bilan ekiladi. Bahorgi
haydashdan keyin yer bir necha marta chizellanadi va har safargi chizellashdan so’ng og’ir
mola bostiriladi. Yer haydalishi bilanoq ekin ekishga tayyorlanib, ekin ekilaveradi. Aks holda
tuproqning nami qochadi, keyin chigit suv berishga zaruriyat tug’iladi.
1. Yerni bahorda haydash sabablari . Bahorgi haydovning tashkiliy jihatdan
kamchiliklari.
2. Tuproq unumdorligini oshirishda bedapoyalarni haydashning ahamiyati, uni
o’tkazish muddati, chuqurligi.Bedapoyalarni haydashda yo’l qo’yiladigan
kamchiliklar va ularni bartaraf etish chora tadbirlari.
3. Ang’iz va uni ishlash tizimi. G’alla ekinlaridan bo’shagan yerlarni yerlarni
shudgorlash muddati va uni sifatli qilib o’tkazish tadbirlari
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
50
Do'stlaringiz bilan baham: |