Aylanuvchi (rotasion) motiga ekin ekilgandan keyin hosil bo’lgan qatqaloqni buzish
va tuproq yuzasini yumshatish uchun mo’ljallangan. Aylanuvchi motigada har bir diskining
16 tadan uzun o’tkir tishi bo’lib, 15-16 disk bitta o’qqa birlashtirilgan. Tishlar 1m
2
joyga 3-10
sm chuqurlikda 150 tagacha sanchilishi mumkin. Bunda qatqaloq yaxshi buziladi,
o’simliklarga zarar yetmaydi va hosildorlik ortadi.
Mola bostirish-molalash. Yerni ekishga tayyorlash hamda ekinlarni parvarish qilish
uchun har xil molalardan foydalaniladi. Molalash, ayniqsa, bahorda haydalgan yerlarni
«o’tirtirish» va urug’larning o’sishi uchun qulay sharoit, yani mayin tuproqli yuza qatlam
hosil qilish uchun zarur.
Molalarning zichlash tasiri ularning og’irligiga va tuproq namligiga, harakat tezligiga
bog’liq. Bir marta mola bostirilganda tuproq 7,5 sm gacha zichlashishi mumkin. Mola qancha
sekin harakatlansa tuproq shuncha ko’p zichlashadi. Yerni molalashning natijasi tuproqning
namligiga bog’liq. Agar tuproq quruq bo’lsa, yerni molalashning ijobiy ta’siri bo’lmaydi,
aksincha bo’lsa, ya’ni tuproq namroq holda molalansa, u holda ham zichlashib qolib, salbiy
oqibatlar kelib chiqadi. Keyinchalik yer yuzasi qurib qattiqlashadi, havo almashinuviga va
yog’in sochin suvlarining qo’yi qatlamlarga o’tishiga to’sqinlik qiladi.Sernam yerlarga mola
bostirish boshqa ishlarga qaraganda juda xavfli hisoblanadi, chunki uning salbiy tasirini
zudlik bilan bartaraf etish qiyin.
Tuproq unumdorligini oshirishga va ekinlardan doimo barqaror hosil yetishtirishga
qaratilgan barcha agrotexnik tadbirlar orasida yerni ishlash muhim ahamiyatga ega bo’lib,
yerni ishlashda yer qatlami ag’dariladi, aralashtiriladi, begona o’tlarning o’q ildizi qirqiladi,
tuproq zichlanib tekislanadi, egat va jo’yak olinadi.
Yerni sifatli haydashda haydash usulini ham ahamiyati katta bo’lib, yer aylanma
(shaklli) va taxta (zagon) larga bo’lib haydaladi. Lekin, xozirgi paytda faqat yerlarga ishlov
berishni zagon usuli qo’llaniladi. Shuningdek, dehqonchilikda yerni yuza yumshatish,
diskalash, kultivasiyalash, boronalash, mola bostirish, motigalash, egat olish kabi agrotexnika
tadbirlari ham ko’plab qo’llaniladi.
1. Yerga ishlov berishning maqsadi nimaga qaratilgan?
2. Yerga ishlov bershda qanday texnologik jarayonlar qo’llaniladi?
3. Yerga asosiy ishlov berish qanday qurollar yordamida o’tkaziladi?
4.Yerga asosiy ishlov berish qaysi muddatlarda va chuqurlikda o’tkaziladi?
5.Yerni haydash sifatiga baho berishda qaysi ko’rsatkichlar hisobga olinadi?
6.YErni haydash usullari qanday?
7. Tuproqqa yuza ishlov berish usullarini tushintirib bering?
8.Tuproqqa yuza ishlov berish texnikasi nimalardan iborat?
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
45
Do'stlaringiz bilan baham: |