43
Dehqonchilikda yerni yuza yumshatish, diskalash, kultivasiyalash, boronalash, mola
bostirish, egat olish, motigalash kabi agrotexnika tadbirlari ko’p qo’llaniladi. Bunday yer
asosan 3-15 sm chuqurlikda ag’darib yoki ag’darmay yuza yumshatiladi. Tuproq yuzasini
yumshatish, mayda kesakchali donalar hosil bo’lishi, yerni begona o’tlardan tozalash,
tekislashda bu tadbirlarning ahamiyati katta. Bunda, ekin sifatli eqilishiga, ko’chatlar to’liq
bo’lishiga, o’simliklar yaxshi o’sishi va rivojlanishiga qulay sharoit yaratiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: