Dehqonchilik ilmiy izlanish asoslari bilan fanidan ma’ruza ma'tinlari doc


 Tuproq havo rejimini uni donadorligiga , namligiga, unga ishlov berilishiga va



Download 1,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/183
Sana31.07.2021
Hajmi1,58 Mb.
#133433
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   183
Bog'liq
dehqonchilik ilmiy izlanish asoslari bilan

 2. Tuproq havo rejimini uni donadorligiga , namligiga, unga ishlov berilishiga va 
suv rejimiga bog’liqligi. Havo rejimini boshqarish usullari   
Tuproqdagi  havo  miqdori  uning  umumiy  g’ovakligiga  va  tuproqdagi  oraliq  hamda 
bo’shliqlarni  suv  bilan  qay  darajada  to’lganligiga  bog’liq.  Tuproqning  havo  o’tkazish 
qobiliyati  uning  havo  o’tkazuvchanligi  deyiladi.  Tuproqning  havo  o’tkazuvchanligi  uning 
mexanik tarkibiga va donadorligiga bog’liq. 
Tuproqning o’zida malum miqdorda havo ushlab turish kobiliyati uning havo sig’imi 
deyiladi. U asosan tuproqning g’ovakligiga va namlanish darajasiga bog’liq. 
Mexanik  tarkibi  yengil  qumloq  tuproqlarning  havo  sig’imi  og’ir  tuproqlarnikiga 
nisbatan yuqori bo’ladi. Tuproqning havo rejimiga mexanik ishlovlar katta tasir etadi. 
 
Ishlanmagan  yerga  nisbatan  ishlangan  yerda  o’simliklar  o’suv  davri  davomida 
tuproqning  umumiy  g’ovakligi  ekin  qatori  oralarini  ishlash  vaqtida  eng  ko’p  bo’lib,  o’suv 
davrining oxirida esa kamayib boradi. 
Tuproqning  havo  rejimiga  haydalma  qatlam  tuzilishi  ham  ancha  tasir  etadi.  Tuproq 
agregatlari  ichida  suv,  agregatlar  orasida  esa  havo  bo’ladi.  Tuproq  agregatlari  diametrining 
oshishi bilan tuproqning havo o’tkazuvchanligi ham oshadi. Tuproq agregatlarining diametri 
2 mm va undan katta bo’lganda, havo o’tkazuvchanligi yaxshi bo’lishi aniqlangan. 
Ekinlardan  yuqori  hosil  olishda  tuproqda  qulay  havo  rejimini  yaratish  eng  muhim 
tadbirlardan  biri  hisoblanadi.  Buning  uchun  yerni  chuqur  va  sifatli  shudgorlash,  chizellash, 
boronalash, kultivasiyalash kabi agrotexnika tadbirlaridan keng foydalanish mumkin.  
Yerni  chuqur  va  sifatli  shudgorlash  tuproqning  haydalma  qatlami  tuzilishini  tubdan 
o’zgartiradi,  umumiy  va  nokapillyar  kovaklikni  oshirib,  kapillyar  g’ovakligini  kamaytiradi. 
Yerning  haydalma  qatlami  qancha  qalin  va  madaniylashgan  bo’lsa  tuproqning  havo  rejimi 
uchun shuncha qulay sharoit vujudga keladi. 
Ekinlarni egatlab, tuproq ostidan sug’orishning yomg’irlatib yoki bostirib sug’orishga 
nisbatan,  tuproqning  havo  rejimiga  tasiri  kamroq  bo’ladi.  Almashlab  ekish  dalalarida 
ekinlarni to’g’ri navbatlab ekish ham yerni organik moddalar bilan boyitish, dalalarga vaqti-
vaqtida qator oralari ishlanadigan ko’p yillik dukkakdosh ekinlar ekish, ulardan ko’kat o’g’it 
sifatida foydalanish tuproq havo rejimini yaxshilashda asosiy omillardan hisoblanadi. 
 
Qishloq  xo’jalik  ekinlari  suv  bilan  yetarli  ta’minlangandagina  ularning  o’sishi, 
rivojlanishi va undagi barcha fiziologik jarayonlar bir me’yorda o’tib, yuqori va sifatli hosil 
yetishtirishni  ta’minlaydi.  O’simliklarni  suvga  bo’lgan  munosabatini,  tuproq  namligining 
asosiy  manbalarini,  tuproqdagi  o’simliklar  uchun  layeqatli  bo’lgan  suv  shakllarini  bilgan 
holda  ularni  to’g’ri  boshqarib  borish  mumkin.  Shuningdek,  o’simliklarning  urug’larini 
ekkandan boshlab, to hosilni yig’ishitirib olishgacha bo’lgan davrda ularni yetarli miqdordagi 
suv  bilan  ta’minlashda  tuproqning  nam  sig’imini,  suv  o’tkazuvchanligini,  suv  ko’tarish 
qobiliyatini  va  suv  bug’latish  xususiyatlarini  to’g’ri  boshqarib  borish  zarur.  Tuproq  xavosi 
o’simliklar  hayoti  uchun  zarur  omillardan  bo’lib,  o’simliklar  ildizining  nafas  olishida  va 
tuproqdagi har xil mikroorganizmlarni kislorod bilan ta’minlaydigan manba hisoblanadi va u 
o’simliklarning normal o’sishi, rivojlanishi uchun yetarli sharoit yaratadi. 

Download 1,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish