Abuzalova M



Download 1,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/186
Sana31.07.2021
Hajmi1,77 Mb.
#133428
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   186
Bog'liq
tilshunoslikka kirish

pushti, sariq, kishini o„ziga jalb qiladigan butadir. Hozirgi kunda ekiladigan turfa 
atirgullarning ko„pchiligi shu na‟matakdan kelib chiqqan. 
2.          Nafis chayqaladi bir tup na‟matak,  
    Yuksakda, shamolning belanchagida, 
    Quyoshga ko„tarib bir savat oq gul
    Viqor -la  o„shshaygan qoya labida… (O.) 
Har  ikkala  matnda  ham  bir  narsa  haqida  fikr  yuritilgan.  Birinchi  matnda 
botanik  olim  na‟matak  o„simligi  to„g„risida  ilmiy  izoh  beradi  –  ta‟riflaydi.  Shoir 
esa  nazmiy  misralarda  shu  butaning  rangli  obrazini  yaratadi,  na‟matakka  ta‟sirli, 
jozibali  va  shoirona  tavsif  beradi.  Demak,  adabiy  tilda  bir-biridan  farq  qiladigan  
uslublar mavjud.  
Adabiy  tilning  ijtimoiy  hayotning  ma‟lum  bir  sohasida  qo„llanadigan 
ko„rinishi  adabiy  til  uslubi  deyiladi.  Uslublar  tilning  asosiy  vazifalari 
(kommunikativ,  ekspressiv)ga  ko„ra  bir  qancha  turlarga  bo„linadi.  Shunga  ko„ra, 
ular  vazifaviy  uslublar  deb  ham  yuritiladi.  Ya‟ni  nutq  uslublari  til  ifoda 
vositalarining maqsadga muvofiq uyushgan sistemasidir. 
Tilshunoslikda  nutq  uslublarining  besh  ko„rinishi  mavjudligi  va  bu 
uslublarning  har  biri  o„ziga  xos  xususiyatlarga  ega  ekanligi  qayd  etiladi.  Bular 
quyidagilar:  ilmiy  uslub,  rasmiy-idoraviy  uslub,  publitsistik  uslub,  so„zlashuv 
uslubi, badiiy uslub. 
Fan-texnika,  san‟atning  turli  tarmoqlariga  doir  ilmiy  asarlar,  darsliklar, 
ilmiy-texnik  xabarlar,  maqolalar, tezislar ilmiy  uslubda  yoziladi. Ilmiy  uslub  aniq 
ma‟lumotlar  asosida  chiqarilgan  ilmiy  xulosalarga  (qoidalar,  ta‟riflar, 
aksiomalarga) boy bo„lishi bilan boshqa nutq uslublaridan farqlanadi. 
Ilmiy  uslubdagi  nutq  monologik  xarakterga  ega  bo„lib,  unda  obrazlar,  
obrazli  tasvirlar,  ko`chma  ma‟noli  so`zlar,  majoz,  bo`yoqdor  so`zlar,  iboralar 
deyarli  uchramaydi.  Bu  uslubga  mantiqiy  fikrlash,  abstraksiya,    analiz,  sintez, 
tushunchalarga  mos  keladigan  atamalar  bilan  ish  ko„rish  -  xos  xususiyatlardir. 
Shuning  uchun  u  o„rganuvchining  his-tuyg„ulariga  emas,  ongiga,  tafakkur  –
shuuriga ta‟sir etadi. Ilmiy uslubda har bir fanning o„ziga xos ilmiy terminlaridan 
foydalanadi. Masalan,  tilshunoslikda morfologiya, sintaksis, fe‟l, tuslanish, kesim, 
giponimiya  kabi    atamalar;  matematikada  teorema,  tenglama,  kosinus,  sinus, 
parallelopiped, gipotenuza kabi atamalar; meditsinada analgin, adeopan, glyukoza, 
validol, penitsillin, glitserin kabi atamalar ishlatiladi. 
Ilmiy  uslubda  so„zlar,  odatda,  o„z  ma‟nosida  qo„llaniladi.  Qoida  yoki 
ta‟rifning  mazmunini  ochishga  xizmat  qiladigan  ajratilgan  izoh  bo„laklar,  kirish 
so„z,  kirish  birikma  va  kirish  gaplar,  shuningdek,  ergashgan  qo„shma  gaplardan 
ko„proq  foydalaniladi.  Gaplarning  kesimi,  odatda  ,  aniq  yoki  majhul  nisbatdagi 
fe‟llar bilan ifodalanadi; moslashuvli birikmalar deyarli hamma vaqt belgisiz (gap 
bo„lagi,  unlilar  tasnifi,  so„z  o„zagi  kabi):  sonlar  raqamlar  bilan;  birinchi  shaxs 
birlikdagi kishilik olmoshi (men) ko„plik shaklida (biz) beriladi. Ilmiy uslubda gap 


bo„laklari  tartibida  inversiya  uchramaydi.  Ilmiy  uslubga  xos  bo„lgan  asosiy 
xususiyatlar deyarli barcha tillarga, jumladan, rus, ingliz, nemis, fransuz va h.larga 
ham tegishlidir. 
Hukumat  idoralari  tomonidan  chiqarilgan  qarorlar,    qonunlar,nizomlar, 
xalqaro  hujjatlar,  ariza,  tilhat,  ma‟lumotnoma,  shartnoma,  chaqiruv  qog„ozi,  
taklifnoma,  tavsifnoma,  e‟lon,  tarjimai  hol,  hisobot  kabilar  rasmiy  -  idoraviy 
uslubda  yoziladi. Bu uslubdagi nutq boshqa uslublarga  qaraganda ancha siqiq va 
chegaralangandir.  Rasmiy-  idoraviy  uslubning  ham  o„ziga  xos  lug„aviy  va 
grammatik  xususiyatlari  mavjud:  so„zlar  o„z  ma‟nosida    ishlatiladi,  qisqartma 
so„zlardan,  har  bir  sohaning    o„ziga  xos  atamalaridan  foydalaniladi.  Chunonchi, 
sud jarayoni bilan bog„liq ish qog„ozlarida jinoyat, hukm, qonun, ...-modda kabi; 
universitet  ish  qog„ozlarida  rektorat,  dekanat,  kafedra,  dotsent,  fan  nomzodi 
kabi so„z va birikmalar ishlatiladi. 
Bu  uslubda  darak  va  buyruq  gaplardan  foydalanilib,  gap  bo„laklarining 
odatdagi tartibiga rioya qilinadi. 
Publitsistik  uslub  davriy  matbuot,  ijtimoiy-siyosiy  adabiyot,  ommaviy- 
siyosiy  mavzudagi  ma‟ruzalar uslubidir.  Bu uslubdan targ„ibot-tashviqot  ishlarini 
olib  borishda  keng  foydalaniladi.  Odatda,  gazetalarning  bosh  maqolalari 
publitsistik  xarakterda bo„lib, ularda kundalik turmushdagi tarbiyaviy, iqtisodiy va 
siyosiy  masalalar  yoritiladi.  Publitsistik  nutqda  ta‟sirchan  so„z  va  birikmalardan, 
maqol  va  hikmatli  so„zlardan,  ritorik  so„roq  gaplardan,  takror,  murojaat,  undov, 
yoyiq  undalmalar,  chaqiriqlardan  foydalaniladi.  Publitsistik  uslubda  qurultoy, 

Download 1,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   186




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish