Uslub arabcha so„z bo„lib, tartib, sistema demakdir. O„zbek tilida bu so„z
ma‟nosining qamrovi asliga nisbatan bir qadar kengroq bo„lib, “biror faoliyatni
bajarishdagi, boshqarishdagi o„ziga xos yo„l” yoki “biror narsa yoki hodisa uchun
xos bo„lgan xususiyatlar” kabi ma‟nolari ham mavjud. Tilshunoslikda “uslub”
atamasi zamirida tilning alohida ma‟no anglatish va ifodalash maqsadlariga xizmat
qiluvchi fonetik, leksik, sintaktik va frazeologik vositalari tushuniladi.
Tilshunoslikning tildan foydalanish usullarini o„rganuvchi tarmog„i stilistika, ya‟ni
uslubiyat deb yuritiladi. Demak, uslubiyat tilshunoslik fanining alohida sathi
bo„lib, nutq jarayonida til hodisalaridan maqsadga, sharoitga va muhitga mos
ravishda foydalanish qonuniyatlari bilan tanishtiradi. Yuqoridagi fikrlardan kelib
chiqib shuni aytish mumkin: “uslubiyat” atamasi tilshunoslikda ikki ma‟noda
qo„llaniladi. U, avvalo, til vositalaridan nutqda o„rinli va maqsadga muvofiq
ravishda foydalanishni anglatadi. Ayni zamonda til vositalarini nutqda tanlab
ishlatish qonun-qoidalarini o„rganadigan fanning nomini ham bildiradi.
Uslubiyat muomala madaniyati, nutq odobi – nutq madaniyati bilan
chambarchas bog„liqdir.
Nutq madaniyati insoniyat umummadaniyatining bir qismi bo„lgan ijtimoiy
hodisadir. Nutq jarayonida yuksak axloqiy me‟yorlarga rioya qilish, ta‟sirchan,
chiroyli va o„rinli so„zlash, tinglash madaniyati, suhbat madaniyati, bahs-munozara
madaniyati, tildan nutqda e‟tibor va ehtiyotkorlik bilan foydalanish shoirona
so„zlar bilan aytganda “har bir so„zni yor tanlagandek” saylab ishlatish nutq
madaniyatining asosini tashkil etadi. Uslubiyat bilan nutq madaniyati aynan bir
narsa emas, ular bir-birini taqozo etuvchi, bir-birini to„ldirib, yuksaltirib boradigan
alohida – alohida hodisalardir.
Uslubiyatni o„rganish tarixi Sharqda, jumladan, O„zbekistonda ham ancha
qadimiydir. Uslubiyat garchi hozirgiday alohida soha sifatida shakllanmagan
bo„lsa ham, biroq tilshunoslik (sarf, nahv, lug„at), adabiyotshunoslik (ilmi bade‟,
sharh tafsir), shuningdek, ilmi insho, ilmi munozara, voizlik san‟ati kabi fanlar
tarkibida o„rganib kelingan. Abu Mansur Saolibiyning «Muntaxab ul-ijoz vad
a‟joz» (XI asr), Abulqosim al-Lays Samarqandiyning “Risolat ul -istiorat” (XV
asr), Xondamirning “Nomai nomiy” (XV asr), Mahmud Giloniyning “Manozirat ul
– insho” (XV asr), Sodiq Jondoriyning “Kitob ul –insho” (XVIII asr)
kabi asarlari
stilistik tadqiqotlarga bag„ishlagandir. Rus tilshunosligida uslubiyat XIX asr
tilshunoslari A.A.Potebnya, Sh.Balli, K.Fossler, keyinchalik V.V.Vinogradov
ishlarida o„rganildi.
O„tgan asrning 50-yillaridan boshlab o„zbek tilshunosligida til uslubiyati
bilan bog„liq nomzodlik va doktorlik ishlari, o„nlab ilmiy asarlar yuzaga keldi va
uslubiyat fanining alohida soha sifatida rivojlanishiga turtki bo„ldi. Bu borada
o„zbek
tilshunos
olimlari
Ayub
G„ulomov,
Sh.Shoabdurahmonov,
I.Qo„chqortoyev, A.Shomaqsudov, I.Rasulov, R.Qo„ng„urov, H.Rustamov,
Y.Tojiyev. E.Qilichevlarning xizmatlarini alohida ta‟kidlab o„tish joizdir.
Uslubiyat filologiyada adabiyotshunoslik va tilshunoslik o„rtasidagi oraliq
fan bo„lib, fikrni, maqsadni har bir sohaning o„z talablariga mos ravishda til
vositalari orqali aniq, ravon, ixcham va mukammal ifodalab berish san‟atini
o„rganadi.
Ijtimoiy hayotda shaxslar til vositalaridan turlicha foydalanadilar.
Chunonchi, olimlar o„z ilmiy asarlarida ilmiy atamalarni qo„llasalar, yozuvchi
yoki shoirlar badiiy asarlarda tasviriy-ta‟siriy vositalarni ko„proq ishlatadilar.
Masalan: 1.
Na‟matak-atirguldoshlar oilasiga mansub, bo„yi 1-1,5 metr, guli yirik,
Do'stlaringiz bilan baham: