bo„lsa, eslab qolishning asosiy yo„li tasniflash, ya‟ni guruhlarga ajratishdir. Tasnif
esa o„xshash va noo„xshash, umumiy va farqlovchi belgilarini aniqlash asosida
kechdi. Bu tamoyil barcha lisoniy birliklar, xususan, fonemalar tasnifida ham to„la
amal qiladi.
Hozirgi o„zbek adabiy tilida 30 ta fonema so„zlovchi ongida, avvalo ikki guruh
– unlilar va undoshlarga bo„lingan holda mavjud bo„ladi. Bu guruhlar tovushlar
talaffuzidagi ovoz va shovqinning ishtiroki darajasiga qarab belgilanadi. Bo„linish
shu tarzda alohida fonemagacha davom etib boradi. Unlilar ham, undoshlar ham
qarama-qarshi belgilari asosida kichik guruhlarga bo„linib boraveradi. Masalan,
o„zbek tilidagi 6 ta unli bir tizim bo„lib, ular shovqinsizligi bilan undoshlardan
ajraladi. Biroq bu tizimchaning o„zi ham unsurlarning qarama-qarshi belgilari
asosida bo„linadi. Unlilarning qarama- qarshi qo„yilishi quyidagicha:
i u
e o„
a o
Umuman olganda, minimal lisoniy birlik bo„lmish fonemalar inson nutq
a‟zolari yordamida vujudga kelgan tovush ko„rinishlarining umumiy andozasi
bo„lib, cheksiz tovushlarning umumlashmalari qatori sifatida ongimizda yashaydi.
So„zlovchilar ongidagi ushbu psixo-akustik obrazlar asosida nutq a‟zolarini
harakatga keltirib tovushlarni hosil qiladi. Yoki tinglovchi o„zgalar tomonidan
hosil qilingan tovushlarni eshitish orqali ongidagi andozaga solishtirib ko„radi.
Fonemalarning ma‟no farqlash xossasi mavjud bo„lib, bir fonemaning turli
ko„rinishlari bo„lgan tovushlarda bu hodisa kuzatilmaydi. Bir fonemaning nutqiy
varianti bo„lmish tovush boshqa fonemaning varianti bo„lgan tovush bilan
almashtirilsa, so„z ma‟nosi yangilanadi, ya‟ni boshqa so„zga aylanadi. Qiyoslang:
[
qora] va [
qara] [
ota] va [
ata], [
ona] va [
ana]. Shu boisdan ham fonemaga
tilning ma‟no farqlovchi eng kichik birligi deb ta‟rif berildi. Bir fonemaning turli
variantlari ma‟no farqlamaydi. Masalan, til oldi va til orqa [
o„] unlilari quyidagi
so„zlarda ma‟no farqlamagan:
o„l – o„l.
Leksema va so„z. Lisonning borliq hodisalarini nomlash, ifodalash,
ko„rsatish uchun xizmat qiluvchi birligi leksemadir. Lisoniy birlik sifatidagi
leksema biri ikkinchisisiz mavjud bo„la olmaydigan ikkita psixofizik-akustik
struktura (tovush qobig„i), ya‟ni nomema hamda ma‟lum bir tusuncha asosida
vujudga kelgan mazmuniy struktura, ya‟ni sememaning birligidan iborat.
Lisoniy birlik sifatidagi leksemalarning tovush strukturasi fonetik birliklar
ko„rinishlar (variant)larining turlicha kombinatsiyalari asosida vujudga kelgan.
O„zbek tilida mavjud leksemalarning barchasining shakily tomoni tilimizda
mavjud 30 ta fonema asosida, xolos. Shu boisdan tashqi fonetik strukturasi asosida
leksemalarni kuchli va kuchsiz ziddiyatlarga qo„yish mumkin. Kuchli
oppozitsiyalar bittadan (
u – olmosh,
e - undosh), ikkitadan (
ot - ish), uchtadan (
bor
Do'stlaringiz bilan baham: