Abuzalova M



Download 1,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/186
Sana31.07.2021
Hajmi1,77 Mb.
#133428
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   186
Bog'liq
tilshunoslikka kirish

       Lison  deyilganda  ma‟lum  bir  jamiyatning  barcha  a‟zolari  uchun  avvaldan 
tayyor  holga  keltirilib  qo„yilgan,  hamma  uchun  umumiy  va  majburiy  fikrni 
ifodalash  va  boshqa  maqsadlar  uchun  xizmat  qiladigan  birliklar  hamda  bu 
birliklarning  o„zaro  birikish  qonuniyatlari  yig`indisi  tushuniladi  [3,8;].  Tilning 
bunday  talqini  uning  psixofizik  hodisa  ekanligini,  u  o„ziga  umumiylik,  mohiyat, 
imkoniyat,  sabab(UMIS)  kabi  sifatlarni  mujassamlashtirganligini  isbotlaydi.  Til 
(lison)  bunday  xususiyatlarini  aniq  formalarda  –  xususiy  hodisa  va  voqeliklar 
sifatida gavdalantiradi.Shu nuqtayi nazardan til va nutqning har biriga xos mustaqil 
birliklari mavjuddir. (Keyinroq, bu birliklar haqida to„xtalib o„tamiz).  
      Lisonda  birliklar  va  birikish  qonuniyatlari  farqlanadi.  Lisoniy  birlik  ikki 
tomonning bir butunligidan iborat bo„ladi:  
a)  lisoniy birlikning shakily, tashqi tomoni; 
b)  lisoniy birlikning ma‟lum bir vazifasi, ma`noviy qiymati. 
Lisoniy  birlik  ongda  qandaydir  tarh,  ramz  sifatida  saqlanadi.  Masalan,  [a] 
fonemasining  talaffuz  xususiyatlari  haqida  umumlashma  tasavvur  o„zbek  tilida 
so„zlashuvchi  barcha  jamiyat  a‟zolari  tilida  birdir.  Bu  [a]  fonemasining  tashqi 
tomonidir,  uning  ichki  tomonini  ma‟no  farqlash,  chegaralash  xususiyati  tashkil 
etadi. Ichki va tashqi tomonni bir- biridan ajratib bo„lmaydi. Bir-birini shartlovchi, 
bir-biriga bog`liq bo„lgan “lison – nutq qobiliyati - nutq” zanjirida faqat nutqqina 


tashqi  shaklda  (og„zaki,  yozma)  namoyon  bo„ladi.  F.de  Sossyur  lison  –  nutq 
munosabatini  shatranj  o„yini  qoidalari  asosida  tushuntirib  o„tgan.  Shaxmat 
donalari  va  har  bir  donaning  yurish  qoidasi  ongimizdagi  lisoniy  birliklar  va 
ularning birikish imkoniyatlariga o„xshaydi. O„yin qoidalari hamma uchun bir xil. 
O„yinchi xuddi so„zlovchi bo„lib, shaxmat oyinini bilishi esa so„zlovchining nutq 
qobiliyatiga  o„xshaydi.  Donalarning  harakatlantirilishini  nutqqa  qiyoslash 
mumkin. Chunonchi: 
     shaxmat – o„ynash qobiliyati - o„yin;  
     lison – nutq qobiliyati – nutq. 
   Lison  va  nutq  munosabatiga  dialektik,  dialektika  kategoriyalari  nuqtayi 
nazaridan yondashilganda, u haqdagi tasavvur va bilimlarimiz to„laqonli bo„ladi. 
Lison  va  nutq  munosabatiga  dialektikaning  umumiylik  va  yakkalik,  mohiyat  va 
hodisa, imkoniyat va voqelik, sabab va oqibat munosabati asosida yondashilsa, u 
haqdagi bilimlarimiz yanada ravshanlashdi, ya‟ni til (lison) umumiylik, mohiyat, 
imkoniyat,  sabab  (UMIS)  belgilariga,  nutq  esa  yakkalik  hodisa,  voqelik,  oqibat 
(YAHVO) belgilariga egadir. 
Lison va nutqning o„ziga xos birliklari mavjud: 
Lisoniy birliklar – fonema, morfema, leksema, qolip; 
Nutqiy birliklar – tovush, qo„shimcha, so„z, (yasama so„z, qo„shma so„z…) 
so„z birikmasi, gap.  
Biz quyida bularning farqini birma-bir ko„rib o„tamiz. 
1.Fonema  va  tovush.  Eng  kichik  lisoniy  birlik  fonemalardir.  Fonema 
muayyan  til  egalarining  ma‟lum  tovushlar  tipi  haqidagi  umumiy  tasavvurlaridir. 
Har bir fonema so„zlovchilar ongida o„z tipini farqlovchi belgilari majmui asosida 
vujudga kelgan maxsus “akustik  – artikulyatsion portret” yoki “tovushlar obrazi” 
sifatida  saqlanadi.  Muayyan  fonemaning  farqlovchi  belgilari  uning  artikulyatsion 
va  akustik  xususiyatlari  asosida  shakllanadi.  Artikulyatsion  belgilar  muayyan 
tovushlarni  talaffuz  qilish  uchun  nutq  a‟zolarining  bir  xildagi  harakatga 
moslashgan avtomatik, standart holatlari  haqidagi tasavvur bo„lsa, akustik belgilar 
sifatida bir turdagi tovushlarga xos talaffuz sifati va miqdori tusuniladi. 
  O„zbek tilida so„zlovchi shaxslarning ongida hozirgi o„zbek adabiy tilidagi 30 ta 
tovush tipi – fonemalar haqidagi ma‟lumot bor. Bu ma‟lumot kishi ongida uning til 
o„rganishi,  o„zgalar  va  o„zining  nutqini  ko„rsatish  natijalari  sifatida  jonlanadi. 
Masalan,  o„zbek  tili  sohibi  o„zining  eshitish  va  so„zlash  a‟zolari  faoliyatini 
kuzatish  natijasida  [a]  fohemasining  unlilik,  kenglik,  lablanmaganlik,  [u
fohemasining  unlilik,  torlik,  lablanganlik,  [p]  fonemasining  undoshlik, 
shovqinlilik,  jarangsizlik,  portlovchilik,  lab  –  lablik  kabi  belgilarga  ega  ekanligi 
haqidagi  “tabiiy”  (go„yoki  o„zi  hosil  qilingan)  bilimga  ega  bo„ladi.  Nutq 
so„zlaganda,  kishi  ana  shu  tipik  belgilarni  jonlantirishga,  ongidagi  imkoniyatni 
voqelantirishga, fonetik umumiylikni xususiylashtirishga harakat qiladi. 
     Lisoniy  birliklar  nutqiy  birliklarga  nisbatan  miqdoran  cheklangan  bo„lsa-da, 
ammo  ularning  soni  ham  sanoqli  emas.  Shu  boisdan  ularning  xotirada  saqlanish 
mexanizmini ochish lozim bo„ladi. 
       Ma‟lumki, inson narsalarni ularning umumlashtiruvchi va farqlovchi belgilari 
asosida  esda  saqlaydi.  Esda  saqlanishi  lozim  bo„lgan  narsa  miqdor  jihatdan  ko„p 


bo„lsa, eslab qolishning asosiy yo„li tasniflash, ya‟ni guruhlarga ajratishdir. Tasnif 
esa  o„xshash  va  noo„xshash,  umumiy  va  farqlovchi  belgilarini  aniqlash  asosida 
kechdi. Bu tamoyil barcha lisoniy birliklar, xususan, fonemalar tasnifida ham to„la 
amal qiladi. 
       Hozirgi o„zbek adabiy tilida 30 ta fonema so„zlovchi ongida, avvalo ikki guruh 
–  unlilar  va  undoshlarga  bo„lingan  holda  mavjud  bo„ladi.  Bu  guruhlar  tovushlar 
talaffuzidagi ovoz va shovqinning ishtiroki darajasiga qarab belgilanadi. Bo„linish 
shu  tarzda  alohida  fonemagacha  davom  etib  boradi.  Unlilar  ham,  undoshlar  ham 
qarama-qarshi  belgilari  asosida  kichik  guruhlarga  bo„linib  boraveradi.  Masalan, 
o„zbek  tilidagi  6  ta  unli  bir  tizim  bo„lib,  ular  shovqinsizligi  bilan  undoshlardan 
ajraladi.  Biroq  bu  tizimchaning  o„zi  ham  unsurlarning  qarama-qarshi  belgilari 
asosida bo„linadi. Unlilarning qarama- qarshi qo„yilishi quyidagicha: 
i u 
 e o„ 
a o 
     Umuman  olganda,  minimal  lisoniy  birlik  bo„lmish  fonemalar  inson  nutq 
a‟zolari  yordamida  vujudga  kelgan  tovush  ko„rinishlarining  umumiy  andozasi 
bo„lib, cheksiz tovushlarning umumlashmalari qatori sifatida ongimizda yashaydi. 
So„zlovchilar  ongidagi  ushbu  psixo-akustik  obrazlar  asosida  nutq  a‟zolarini 
harakatga  keltirib  tovushlarni  hosil  qiladi.  Yoki  tinglovchi  o„zgalar  tomonidan 
hosil qilingan tovushlarni eshitish orqali ongidagi andozaga solishtirib ko„radi. 
     Fonemalarning  ma‟no  farqlash  xossasi  mavjud  bo„lib,  bir  fonemaning  turli 
ko„rinishlari bo„lgan tovushlarda bu hodisa kuzatilmaydi. Bir fonemaning nutqiy 
varianti  bo„lmish  tovush  boshqa  fonemaning  varianti  bo„lgan  tovush  bilan 
almashtirilsa, so„z ma‟nosi yangilanadi, ya‟ni boshqa so„zga aylanadi. Qiyoslang: 
[qora]  va  [qara]  [ota]  va    [ata],  [ona]  va    [ana].  Shu  boisdan  ham  fonemaga 
tilning ma‟no farqlovchi eng kichik birligi deb ta‟rif berildi. Bir fonemaning turli 
variantlari ma‟no farqlamaydi. Masalan, til oldi va til orqa [o„] unlilari quyidagi 
so„zlarda ma‟no farqlamagan: o„l – o„l. 
           Leksema  va  so„z.    Lisonning  borliq  hodisalarini  nomlash,  ifodalash, 
ko„rsatish  uchun  xizmat  qiluvchi  birligi  leksemadir.  Lisoniy  birlik  sifatidagi 
leksema  biri  ikkinchisisiz  mavjud  bo„la  olmaydigan  ikkita  psixofizik-akustik 
struktura  (tovush  qobig„i),  ya‟ni  nomema  hamda  ma‟lum  bir  tusuncha  asosida 
vujudga kelgan mazmuniy struktura, ya‟ni sememaning birligidan iborat. 
      Lisoniy  birlik  sifatidagi  leksemalarning    tovush  strukturasi  fonetik  birliklar 
ko„rinishlar  (variant)larining  turlicha  kombinatsiyalari  asosida  vujudga  kelgan. 
O„zbek  tilida  mavjud    leksemalarning  barchasining  shakily  tomoni  tilimizda 
mavjud 30 ta fonema asosida, xolos. Shu boisdan tashqi fonetik strukturasi asosida  
leksemalarni  kuchli  va  kuchsiz  ziddiyatlarga  qo„yish  mumkin.  Kuchli 
oppozitsiyalar bittadan (u – olmosh, e - undosh), ikkitadan (ot - ish), uchtadan (bor 

Download 1,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   186




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish