hamda plastifikatorlarni eritishga va ularning eritmalarini ish qovushoqligigacha
60
Eritkichlar parda hosil qiluvchilarni mustaqil ravishda eritishi yoki tayyor
eritmalarni suyultirishda ishlatilishi mumkin.
Parda hosil qiluvchilarni mustaqil ravishda erita olmaydigan suyuqliklarni
eritkichlardan farqli ravishda suyultirgichlar deb atashadi. Bunday deb atalishi
shartli, chunsh bir parda hosil qiluvchi uchun suyultirgich boshqa parda hosil
qiluvchi uchun eritgich vazifasini bajarishi mumkin.
Lok-bo‘yoq materiali surkalib bo‘linganidai keyn eritkich va suyultirgichlar
bug‘lanib ketnshi kerak, shundan keyin sirtda qattiq lok-bo‘yoq pardasi hosil bo‘ladi.
Lok va emallar uchun eritkichlar sifatida ishlatnladigan mahsulotlar quyidagi
sinflarga taalluqli bo‘lishi mumkin:
neft uglevodorodlari (benzin, kerosin, uayt-spirit) moylar va ko‘pchilik
smolalarni yaxshi eritadi;
xushbo‘y uglevodorodlar (benzol, toluol, ksilol, solvent-nafta) ko‘pchilik
moylar, tabiiy va sintetik smolalarni yaxshya eritadi;
spirtlar (etil, butil spirtlari) shellak, sandarakni eritishda, spirtli loklar
tayyorlashda ba’zi boshqa smolalarni eritishda, nitrolaklar va nitroemallarda
kolloksilivin suyultiruvchi sifatida ishlatiladi;
sirka kislotasining murakkab efirlari (etilatsetat, butilatsetat, metilatsetat)
kolloksilinni yaxshi eritadi; nitrotsellyuloza ishlatiladigan hamma lok-bo‘yoq
materiallarida foydalaniladi;
oddiy efirlar (etilsellyulozalar) kolloksilin, gliftalli va boshqa smolalarni
eritadi;
ketonlar (atseton, siklogeksanol) nitrotsellyuloza, ko‘pchilik smolalar, moylar
va yog‘larni yaxshi eritadi;
xlorlangan uglevodorodlar (dixloretan, trixloretilen) moylar va ko‘pchilik
smolalarni yaxshi eritadi. Ular juda zaharli, ammo kam yonuvchan.
Lok-bo‘yoq materiallari uchun mo‘ljallangan eritkichlar muayyan lok-bo‘yoq
tarkibli parda hosil qiluvchiga nisbatan yuksak erituvchanlikka ega bo‘lishi, eritkich
parda qolmaydigan darajada yaxshi bug‘lanuvchan (hidsiz) bo‘lishi; kam zaharli va
yonish xavfi kamroq, arzon bo‘lishi kerak.
Turli sinflarga taalluqli eritkichlar smolalar, nitrotsellyulozalar, moylar hamda
plastifikatorlarga nisbatan eritish qobiliyati turlicha bo‘ladi.
Eritgichlarning ko‘pchiligi yonuvchan va portlash jihatidan xavfli bo‘ladi, shu
sababdan ular bilan juda ehtiyot bo‘lib ishlash lozim.
Eritkichlarning ko‘pgina qismi zaharli bo‘ladi va ularning bug‘i bilan nafas
olganda va o‘zi teriga tushganda odam organizmiga ta’sir etadi. Spirtlar ichida eng
zaharlisi metil spirti hisoblanadi.
Eritkichlarning havodagi bug‘lari oz miqdorda bo‘lganda organizmga ta’sir
etmaydi. Shuning uchun organik eritkichlari bo‘lgan materiallarni ishlatish vaqtida
xona yaxshi (oqim so‘rish ventilyasiyasi) shamollatilishi lozim.
645 eritgichi (oldingi РДВ suyultirgich) (ГОСТ 18188–92) nitroloklarni,
nitroemallar va umumiy ishlarga mo‘ljallangan nitroshpatlyovkalarni suyultirishda
ishlatiladi. Suyultirgich quruq, isitilmaydigan, quyosh niri tushmaydigan xonalarda
saqlanadi.
61
РКБ-1 suyultirgichi (ТУ 6-10-994-90) 1:1 nisbatdagi ksilol va butanol
aralashmasidan iborat. Sintetik fenol mochevina-formaldegid hamda melamin-
formaldegid smolalar asosida tayyorlangan issiq holatda qotadigan emallar va
loklarni suyultirishda ishlatiladi.
РКП- 2 suyultirgichi (ТУ 6-10-1037-90) 5: 95 nisbatdagi ksilol va butanol
aralashmasidir. Kislotali qotirgichlar tayyorlashda hamda МЧ-52 lokini suyultirishda
ishlatiladi.
РЭ suyultirgichi (ГОСТ 18187-92) yuqori chastotali elektr maydonada
surkaladigan lok-bo‘yoq materiallarini, emallarni, gruntovkalarni, quruq holatda
eziladigan belilalarni va boshqalarni suyultirishda ishlatiladi.
Р-5 suyultirgichi aviatsiya perxlorvinil loklari, emallari, yelimlari,
shpatlyovkalarini suyultirishda ishlatiladi.
№646 eritkichi (ГОСТ 18188-92) nitroloklar va nitroemallarni ish
qovushoqligigacha suyultirishga mo‘ljallangan.
№647 eritkichi (ГОСТ 18188-92) nitroloklar va nitroemallarni suyultirishda
ishlatiladi.
№648eritkichi (ГОСТ 18188-92) nitroemalllangan qoplamalarni jilvirlagandan
keyin qoplamalarda paydo bo‘lgan chiziqlar va tirnalgan joylarga purkab tekislash
uchun ishlatiladi.
РМЛ eritgichi (ТУ 6-10-1349-93) НЦ-222 nitrotsellyuloza lokini va НЦ-314
nitropoliturani surkash uchun hamda ularni ish qovushoqligigacha suyultirishda
ishlatiladi.
Plastifikatorlar polimerlar va parda hosil qilgichlar tarkibiga ularga elastiklik
hossalari berish hamda muayyan polimer mo‘rtlashish temperaturasini pasaytirish
maqsadida qo‘shiladi. Plastifikatorlar qo‘shilishi zarbga mustahkamlikni oshiradi va
uzilishda ko‘proq uzayishini ta’minlaydi. Shu bilan bir vaqtda plastifikator qattiqlikni
hamda cho‘zilishga mustahkamligini pasaytiradi.
Plastifikatorlar sifatida qaynash temperaturasi 200°С va.undan yuqori bo‘lgan
suyuqliklar ishlatiladi. Plastifikatorlar ko‘proq nitrotsellyuloza asosli materiallarda
ishlatiladi.
Ko‘pgina qurimaydigan va sekin quriydigan suyuqliklar (spirtlar, efirlar,
ketonlar, moylar va h. k.) plastifikatorlar hisoblanadi.
Ko‘proq quyidagi plastifikatorlar: ДМФ dibutilftalat (ГОСТ 8728-96), ТКФ
trikrezilfosfat (ГОСТ 5728-91) va kasterol – kastyor moyi (ТУ 6-10-1238-92)
ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: