1-MA'RUZA. YOG‘OCH MATERIALLAR
Ma'ruza rejasi:
1. Fan bo'yicha umumiy ma'lumotlar.
2. Dumaloq yog‘ochlar.
3. Arralangan materiallar va zagotovkalar.
5. Shpon.
1.1. Fan bo'yicha umumiy ma'lumotlar.
So’nggi yigirma yil ichida xukumatimiz tomonidan Respublikadagi
yog’ochsozlik korxonalarini xususiylashtirilishi hozirgi kundagi zamon talablariga
javob beradigan, raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqaradigan, zamon zayliga,
odamlarning didiga tez moslashuvchan mahsulotlar ishlab chiqaruvchi korxonalar
paydo bo’lishiga olib keldi. Mazkur korxonalarda faoliyat yuritayotgan mutaxassis
kadrlar yog’ochsozlikda qo’llaniladigan materiallardan, ularning xususiyatlaridan
yaxshi xabardor bo’lishi, boshqa materiallardan afzallik va kamchiliklarini yashi
bilishlari shart.
“Yog‘ochsozlikda qo‘llaniladigan xom ashyo va materiallar” fanining maqsadi
va vazifasi – o‘quv rejasidagi fundamental va umumkasbiy fanlardan bilim olgan
talabalarga ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlarda interaktiv uslublardan foydalangan
holda yog‘ochsozlikda qo‘llaniladigan xom ashyo va materiallarning sinflanishi,
turlari, afzallik va kamchiliklari, fizik-kimyoviy va ekspluatatsion hususiyatlari,
tarkibi, sifati, ishlatilishi va ularga qo‘yiladigan talablar, ularni ishlab chiqarish,
sinash, saqlash, tashish usullari va vositalarini o‘rgatishdir.
Mazkur fan texnologik ishlab chiqarish sohasiga oid bo‘lib, yog‘ochsozlikda
qo‘llaniladigan barcha xom ashyo va materiallarni, ularning tarkibi, tuzilishi,
xususiyatlari va ishlatilish imkoniyatlarini tadqiq qiladi. Ushbu materialshunoslikka
oid bilimlar yog‘ochdan duradgorlik va mebel buyumlarini yasash, yog‘ochga
gidrotermik ishlov berish, yog‘ochga mexanik va kimyoviy ishlov berish va uni
qayta ishlash jarayonlarining barchasida zarur bo‘ladi. Ayniqsa, mebelni
loyihalovchilar, dizaynerlar va konstruktorlar uchun bu bilimlar juda ham zarur.
«Yog‘ochsozlikda qo‘llaniladigan xom ashyo va materiallar» fanini o‘rganish
natijasida talaba:
- yog‘ochsozlikda
qo‘llaniladigan materiallarning (yog‘och, yog‘ochli
yelimlangan va kompozitsion materiallar, plastmassa, metall, mato, tola, ip, yelimlar
va lok-bo‘yoq materiallar va h.k.) tuzilishi, tarkibi, fizik-kimyoviy va ekspluatatsion
hususiyatlari, sifati va ishlatilishi, afzallik va kamchiliklarini bilib olishi kerak;
- yog‘ochsozlikda qo‘llaniladigan materiallarning xususiyatlarini farqlash,
buyum uchun material tanlash, ularni o‘lchash va sifatini aniqlash, ularga ishlov
berish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak;
- duradgorlik va mebel buyumlari ishlab chiqarishda qo‘llaniladigan yangi xom
ashyo va materiallarni turli axborot manbalaridan izlash, zamonaviy mebel
5
buyumlari ishlab chiqarish uchun zarur materiallar sarfini hisoblash, buyum sifatini
yaxshilash malakasiga ega bo‘lishi kerak.
Buning uchun talaba fanga qiziqish bilan yondashishi, o‘quv intizomiga qat’iy
rioya qilishi, mashg‘ulotlarda faol bo‘lishi, mustaqil ish topshiriqlarini o‘z vaqtida
bajarishi va o‘tilgan materiallarni muntazam ravishda takrorlab borishi lozim.
Mazkur fanni o‘rganish uchun talaba “Fizika”, “Oliy matematika”, “Chizma
geometriya va muhandislik grafikasi”, “Amaliy mexanika”, “Organik kimyo”
fanlarini, shuningdek, ixtisoslik fanlari blokidagi “Yog‘ochshunoslik asoslari” fanini
ham chuqur o‘zlashtirgan bo‘lishi zarur. O‘z navbatida, “Yog‘ochsozlikda
qo‘llaniladigan xom ashyo va materiallar” fani ham o‘zidan keyin o‘qitiladigan
barcha mutaxassislik fanlari uchun tayanch bo‘lib xizmat qiladi.
Mazkur yo‘nalishning namunaviy o‘quv rejasida 6-semestrda harbiy ta’lim
rejalashtirilgan bo‘lib, uni faqat 1-2 ta talaba o‘qiydi. Asosiy kontingent uchun ushbu
fanni ishchi dasturida 6-semestrga ko‘chirib o‘qitish tavsiya etiladi.
Fanni o‘qitishda darslik, o‘quv va uslubiy qo‘llanmalar, ma’ruza matnlari,
ko‘rgazmali va tarqatma materiallar, proektorlar, virtual stendlar va kompyuter
dasturlaridan foydalaniladi. Dars mashg‘ulotlarida interfaol usullardan (aqliy
xujum, klasterli tahlil, sinkveyn, charxpalak, taqdimot va h.k.) foydalaniladi.
Mazkur fanning auditoriya soatlari nisbatan kamligi sababli reyting
nazoratlarini darsdan tashqari vaqtda o‘tkazish tavsiya etiladi: 1-oraliq nazorat –
yozma ish, 2-oraliq nazorat – hisob ishi, yakuniy nazorat esa - yozma ish shaklida
mustaqil ish soatlari hisobidan tashkil qilinishi maqsadga muvofiq.
Mustaqil ta’limni fan hususiyatlarini inobatga olib, ma’ruza va amaliy
mashg‘ulotlari mazmuni bo‘yicha quyidagi shakllarda tashkil etish tavsiya etiladi:
- ma’ruza materiallarni muntazam ravishda takrorlab, tavsiya etilgan
adabiy manbalarni o‘rganib borish (28 soat);
- 1-oraliq nazorat va yakuniy nazoratga tayyorlanish (4 soat);
- amaliy mashg‘ulotlar topshiriqlarini bajarish (28 soat);
- hisob ishlarini bajarish va 2-oraliq nazoratga tayyorlanish (10 soat).
Mustaqil o‘rganish uchun tavsiya etiladigan mavzular:
1. Modifikatsiyalangan yog‘och.
2. Duradgorlik plitalari.
3. O‘rtacha zichlikdagi yog‘och tolali plitalar.
4. Polimer qoplama materiallar.
5. Elimlarning suv ta’siriga chidamliligi.
6. Bo‘yovchi moddalar.
7. Yumshoq mebelda qo‘llaniladigan materiallar.
Do'stlaringiz bilan baham: |