1.3. Arralangan materiallar va zagotovkalar.
Arralangan materiallarning xarakteristikasi. Geometrik shakli hamda
ko‘ndalang kesimi bo‘yicha arralangan materiallar bruslar, taxtalar, shpallar,
pushtaxta, zagotovkalarga ajratiladi.
Bruslar - qalinligi va kengligi 100 mm dan ortiq bo‘lgan arralalangan
materiallardir. Arralangan (tilingan) tomonlariga qarab bruslar ikki kantli, uch kantli
va to‘rt kantli bo‘lishi mumkin.
Brusoklar - qalinligi 100 mm gacha va kengligi qalinligidan ko‘pi bilan ikki
martadan ortiq bo‘lmagan, yonlari tilingan arralangan materialdir.
Taxtalar kengligi qalinligidan ikki marta ortiq va qalinligi 100 mm gacha
bo‘lgan arralangan materiallardir.
Shpallar - temir yo‘llarning relslari uchun tayanchlar sifatida ishlatiladigan
arralangan materiallardir.
Shpallar yon chetlari olingan va yon chetlari olinmagan bo‘lishi mumkin.
Pushtaxta g‘o‘lani bo‘yiga tilganda chiqadigan yon qismi. Nina bargli daraxt
turlarining pushtaxtalari tog‘ shaxtalarida va konlarida mahkamlash materiallari
sifatida ishlatilib, obapol deb ataladi. Obapol taxtali va pushtaxtali xillarga ajratiladi.
Taxtali obapol bo‘yiga tilingan g‘o‘ladan, yon qismidan chiqqan arralangan mahsulot
12
bo‘lib, bir yog‘i arralangan va ikkinchi tomoni arralanmagan yoki to‘liq tilinmagan
sirtga ega bo‘ladi. Pushtaxtali obapolda faqat bir tomoni tilingan bo‘ladi.
Umumiy ishlarga mo‘ljallangan arralangan materiallar o‘lchamlari bo‘yicha
yupqa (qalinligi ko‘pi bilan 32 mm gacha bo‘lgan) va qalin - qalinligi 35mm va
undan ortiq (yaproqli daraxtlar), 40 mm va undan ortiq (nina bargli daraxt
yog‘ochida) xillarga ajratiladi. Yaproqli daraxt yog‘ochining arralangan materiallar
uzunligi bo‘yicha kalta- 0,5 dan 0,9 m gacha; o‘rtacha 1,0-1,9 m uzun, 0,2-6,5 m
xillarga ajratiladi; nina bargli daraxt arralangan materiallarning uzunligi (0,25 m
gradatsiya bilan) 1-6,5 m bo‘ladi. Arralangan materiallarning nominal o‘lchamlari
namligi 15% bo‘lgan yog‘och uchun belgilangan.
4-rasm. Tilingan materiallarning turlari.
a - ikki kantli brus, b - uch kantli brus, v - to‘rt kantli brus, g - yon chetlari
olinmagan, taxta, d - chetlari olingan taxta, ye- chetlari olingan to‘mtoq qirrali taxta, j
- yon chetlari olingan o‘tkir qirrali taxta, z - brusok, i - pushtaxta, k - gorbilli taxta l -
yon chetlari tilingan shpal, m - yon chetlari olingan shpal; taxta elementlari: 1 - yuza,
2- yoni, 3- qirrasi, 4- toretsi.
13
5-rasm. Tilish turlari va taxta turlari
a – gruppaviy tilish;
b- j - yakka tartibda tilish.
1 - o‘zak taxta, 2 - markaziy taxta, 3 - yon taxta.
Arralangan materiallar ishlanish xarakteriga qarab yon chetlari olinmagan,
ikkala yon chetlari olingan va bir yon cheti olingan taxtalarga ajratiladi. Yon chetlari
olinmagan va yon chetlari olingan taxta uchun standartlarda yo‘l qo‘yilgan obzoldan
katta obzolli arralangan materiallar yon chetlari olinmagan taxta deyiladi; to‘rtala
tomoni olingan va obzol qismi yo‘l qo‘yiladigan kattalikdan ortiq bo‘lmasa, yon
chetlari olingan taxta deb ataladi . Bir yon cheti olingan taxtada bitta arralangan qirra
bo‘ladi. yon chetlari olin-gan taxtalarda obzol (g‘o‘laning yon sirti) qismi to‘mtoq
yoki o‘tkir qirrali bo‘lishi mumkin. Arralangan materiallarda quyidagi elementlar:
plastlar, qirra, qovurg‘a, torets bo‘ladi. Plast – arralangan materialning bo‘ylama
keng tomoni, shuningdek, kvadrat kesimli arralangan materialning har qaysi tomoni.
Arralangan materialning eng yaxshi plasti eng kam nuqsonli va eng yaxshi ishlov
berilgan qismi hisoblanadi. Arralangan materialning o‘zakka qaragan tomoni ichki,
po‘stloqostiga qaragan tomoni sirtqi plast deb ataladi. Yeni - arralangan materialning
uzun ensiz tomoni. Qirra - arralangan materialning ikki yonma-yon tomonining
kesishish chizig‘i. Torets - arralangan materialning uchidagi ko‘ndalang tomoni.
Ishlanish darajasiga qarab arralangan materiallar frezalanmagan va frezalangan
xillarga ajratiladi. Vazifasiga ko‘ra frezalangan arralangan materiallar turlicha
ko‘ndalang kesimli bo‘lishi mumkin.
Taxta xodaning qaysi joyidan tilinganligiga qarab, o‘zak taxta, markaziy taxta
va yon taxtalarga bo‘linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |