Bog'liq Imom G'azzoliy. Ihyou ulumid-din. Qalb kitobi
«(Ey mo‘min bandam), har qachon Qur’on qiroat qilsang, albatta quvilgan - mal’un shayton (vasvasasi)dan Alloh panoh berishini so‘ragin» (Nahl surasi, 98-
oyat).
Boshqa xabarlar va zikr to‘g‘risida vorid bo‘lgan oyatlar ham bunga dalildir.
Abu Hurayra aytadilar: «Mo‘min kishining shaytoni bilan kofir kishining shaytoni
uchrashib qoldi. Kofirning shaytoni yog‘ bosib semirib ketgan, kiyim ham kiyib olgandi.
Mo‘minning shaytoni esa ozg‘in, chang, ranjigan, sochlari to‘zg‘igan va yalang‘och edi.
Kofirning shaytoni mo‘minning shaytoniga «Nima bo‘ldi senga, ozg‘insan?» dedi.
Mo‘minning shaytoni javob qilib: «Men shunday kishi bilan birgamanki, ovqat yegan
Ihyou ulumid-din (Qalb kitobi). Abu Homid G’azzoliy