www.ziyouz.com kutubxonasi
55
keltirdim, desin, chunki mana shunday deyishi (shayton vasvasasini) ketkazadi»,
dedilar» (Imom Ahmad rivoyati). Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam bu vasvasaning
davosi haqida bahs yuritishga buyurmadilar, negaki bu vasvasa insonlarning avomlarida
bo‘ladi, ulamolarda emas. Albatta avomlarning haqqi unga iymon keltirib taslim bo‘lish
hamda ibodat va tirikchiliklari bilan shug‘ullanib, ilmni ulamolarga havola qilmoqlaridir.
Omi kishining ilm to‘g‘risida (bilmagan narsasini) gapirmog‘idan ko‘ra o‘g‘rilik yoki zino
qilmog‘i o‘ziga yaxshiroqdir. Chunki u Alloh to‘g‘risida va din haqida puxta ilmga ega
bo‘lmay gapirsa, suzishni bilmagan kishining dengiz qa’riga sho‘ng‘iganiga o‘xshab, o‘zi
bilmagan holda kufrga tushib qoladi. Shaytonning aqida va mazhablarga taalluqli
narsalardagi hiylalari sanoqsizdir. Albatta biz yuqoridagilarni bir misol o‘laroq keltirdik,
xolos.
Yana shayton eshiklaridan biri musulmonga nisbatan yomon gumon qilishdir. Bu
to‘g‘rida Alloh taolo aytadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |