«Aniqki, shayton sizlarga dushmandir, bas, uni dushman tutinglar!» (Fotir
surasi, 6-oyat) degan. Sizlar esa u bilan gunohlarda til biriktirdinglar. Oltinchisi -
do‘zaxdan qo‘rqamiz, deb aytdingiz-u, ammo badanlaringizni do‘zaxdan asramadingiz.
Yettinchisi - jannatni yaxshi ko‘ramiz, dedingiz, unga kirish uchun amal qilmadingiz.
Sakkizinchisi -to‘shaklaringizdan turganingizda ayblaringizni orqaga otib yubordingiz va
insonlarning ayblarini oldingizga yozib oldingiz. Robbingizning g‘azabini qo‘zg‘adingiz,
qanday qilib U duolaringizni qabul qilsin?»
Turli gunohlarga chaqirguvchi bitta shaytonmi yoki har xil (ya’ni, ko‘p) shaytonmi?
Bilingki, hayotingizda buni bilishning hojati yo‘q. Siz dushmaningizni daf qilish bilan
shug‘ullaning. Uning sifati haqida so‘ramang. Berilgan qovun-tarvuzning yeng-u, ammo
polizi haqida so‘ramang. Lekin xabarlarning dalolatini tekshirish bilan shaytonlar ko‘p
askarlardan iborat ekani, ular gunohlarning har bir navi uchun xoslab qo‘yilgani va unga
chaqirib turadigan shayton borligi zohir bo‘ladi. Ammo bu tekshirish yo‘lining zikri juda
uzun. Albatta hodisalarning har xilligi sabablarning ham har xilligiga dalolat qiladi, deb
zikr qildik. Masalan, olovning nuri va tutun qoraligining o‘zi sizga kifoya qiladi.
Ammo bu to‘g‘rida kelgan xabarlarda Mujohid aytadilar: «Iblisning besh bolasi bo‘lib,
ularning har biriga o‘zining buyrug‘i bilan maxsus vazifalarni yuklab qo‘ygan. Ularning
ismlari Subur, A’var, Mabsut, Dosim va Zilnaburlardir. Subur musibatlarga vakil bo‘lib, u
insonga musibat yetgan vaqtda o‘ziga o‘lim tilash, yoqalarini yirtish, yuzlariga urish,
johiliyat da’volarini qilishga chaqiradi. A’var esa zino sohibi bo‘lib, zinoga buyuradi va uni
chiroyli qilib ko‘rsatadi. Mabsut yolg‘on sohibidir. Dosim kishi bilan uning oila a’zolari
oldiga birga kiradi va unga oilasining har xil ayblarini ochadi hamda bu uni
g‘azablantiradi. Zilnabur bozor sohibidir. Ana shular sababidan insonlar doim shikoyat
qiladilar». Namozning shaytoni Xinzib, deyiladi. Tahoratning shaytoni esa Valhon, deb
nomlanadi. Bu to‘g‘rida juda ko‘p xabarlar vorid bo‘lgan.
Albatta shaytonlar ko‘p bo‘lganiga o‘xshash farishtalar ham ko‘pdir. «Shukr kitobi»da
farishtalarning ko‘pligi to‘g‘risidagi sirni va ularning har biri alohida bir vazifa bilan
xoslangani to‘g‘risida zikr qilganmiz. Abu Umoma al-Boxiliy aytishlaricha, Rasululloh
sollallohu alayhi vasallam bunday deganlar: «Mo‘min kishiga bir yuz oltmishta farishta
vakil qilingan, uni o‘zi qodir bo‘lmagan narsalardan himoya qilishadi. Ko‘z uchun yettita
farishta bo‘ladi. Ular issiq kunda asal idishi pashshadan himoya qilinganidek, insonni
himoya qilib turishadi. Agar ular sizlarga ko‘ringanlarida albatta ularni har bir vodiy va
tog‘da ko‘rgan bo‘lardingiz. Har birlari qo‘llarini yozgan, og‘izlarini ochgan holatda
turadilar. Agar banda bir lahza o‘z holiga tashlab qo‘yilsa, albatta shaytonlar uni egallab
olishadi» (Ibn Abud-Dunyo rivoyati, sanadi zaif).
Ayyub ibn Yunus ibn Yazid aytadilar: «Albatta inson farzandlari bilan birga jinlar
farzandlari ham tug‘iladi. So‘ngra ular bilan birga ulg‘ayishadi, degan xabar bizga yetib
keldi».
Jobir ibn Abdulloh rivoyat qiladilar: «Odam alayhissalom yer yuziga tushirilgan
vaqtlarida «Ey Robbim, shayton bilan mening o‘rtamda dushmanlik paydo qilding. Agar
Ihyou ulumid-din (Qalb kitobi). Abu Homid G’azzoliy
Do'stlaringiz bilan baham: |