www.ziyouz.com kutubxonasi
62
to‘g‘ri insonga dalolat qiladi. Tush va ta’bir boblarining hammasi xuddi shuningdek
bo‘ladi. Bular ajoyib sirlardir. Ya’ni, qalb ajoyibotlarining sirlaridir. Buni muomala ilmida
zikr qilish loyiq bo‘lmaydi. Maqsad shayton va farishtalar qalb arboblariga ko‘rinishiga
ishonmoqlikdir. Goho uyquda bo‘lganidek, tasvirlash va o‘xshatish yo‘li bilan, goho
haqiqat yo‘li bilan bo‘ladi. Ko‘pincha bu sifatga o‘xshash surat bilan tasvirlash orqali
bo‘ladi. Bu sifatning ayni o‘zi emas, balki uning tasviridir. Lekin u haqiqatda ko‘z bilan
ko‘rib, bu ko‘rishi tufayli atrofidagilardan uxlayotgan kishidek ajrab turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |