www.ziyouz.com kutubxonasi
45
ilmni tarqatish va xalqni to‘g‘ri yo‘lga da’vat qilishda sukut qilib turasan?» deydi. Mana
shunday va shunga o‘xshash gaplarni uning qalbida qaror toptirish uchun doimiy
harakatda bo‘ladi. Uni judayam yumshoq hiylalar bilan insonlarga nasihat qilish bilan
mashg‘ul bo‘lishga moyil qiladi. So‘ngra uni insonlarga o‘zini chiroyli ko‘rsatishga,
fasohatli lafzlar bilan gapirishga va yaxshiliklarni izhor qilishga (ya’ni, riyo qilishga)
chaqiradi. Unga aytadiki: «Agar mana shunday qilmaydigan bo‘lsang, insonlarning
qalblaridan so‘zingning mavqei (ya’ni, ta’siri) tushib ketadi, ular haq yo‘lga hidoyatlana
olmaydilar». Uning huzurida shularni chiroyli ko‘rsatishda doim qoim bo‘ladi. Hatto bu
orada olimning o‘zida riyo aralashmasi, ishlarini xalq qabul qilayotganidan xursand
bo‘lish, martaba lazzati, unga ergashayotganlarning ko‘pligi, ilmini ko‘p sanash,
xaloyiqqa past nazarda qarash qaror topadi. Natijada bechora olim o‘z nasihatlari bilan
halokatga qarab ketib qoladi. Gapirayotganida maqsadini go‘yo yaxshilik, deb o‘ylaydi,
aslida esa maqsadi obro‘ qozonish va insonlar oldida maqbul kishi bo‘lmoqdir. Shu
sababli o‘zini Alloh huzurida ulug‘ bir maqomda, deb o‘ylagan holda halok bo‘ladi. U
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytgan mana bu kishilar jumlasidandir: «Albatta
Alloh taolo dinda nasibasi yo‘q kishilar bilan ham bu dinni quvvatlaydi» (Nasaiy rivoyati,
sanadi yaxshi). Yana bir hadisda quyidagicha aytiladi: «Albatta Alloh taolo bu dinni fojir
kishi bilan ham quvvatlab qo‘yadi» (Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari).
Shuning uchun rivoyat qilinishicha, Iblis alayhilla’na Iso ibn Maryam alayhissalomga
ko‘rinib: «La ilaha illalloh, deng», deb aytganida, Iso alayhissalom Iblisga: «Bu haq
kalima, lekin uni sening buyrug‘ing bilan aytmayman», degan ekanlar. Chunki shayton
shunday yaxshilik ostida firib beradi. Shaytonning mana shu yo‘llar bilan firib berishi sira
tugamaydi. Yomonlikni zohiran qilishni yomon ko‘radigan, nafslarining ochiq-oydin
gunohga sho‘ng‘ib ketishiga rozi bo‘lmaydigan ulamolar, obidlar, zohidlar, kambag‘al va
boylar hamda shular toifasidan bo‘lgan boshqa kishilar ham shaytonning mana shu
xildagi firiblari tufayli halok bo‘lishadi.
Tezda kitobimiz oxiridagi «G’urur kitobi»dan joy olgan shayton hiylalaridan zikr qilamiz.
Ehtimol, vaqtimiz yetsa, bu xususda «Iblisning firib berishi» deb nomlangan kitob tasnif
qilishimiz ham mumkin. Chunki hozir shaharlarda bandalar o‘rtasida, xususan,
mazhablar, e’tiqodlar to‘g‘risida shaytonning chalkashtirishi juda tarqalib ketdi. Hatto
yaxshiliklardan faqatgina suvrat qoldi, xolos. Bularning hammasi shaytonning firiblari va
hiylalariga bo‘ysunilganligi uchundir.
Endi banda xayoliga kelgan har bir qasd farishta tarafidan yoki shayton tarafidan
ekanligini bilish uchun bir to‘xtalib olmog‘i lozim. Yana unga tabiatida bo‘lgan xohish
bilan emas, balki qalb ko‘zi orqali chuqur qaramog‘i lozim bo‘ladi. Bu narsalardan taqvo
nuri, qalb ko‘zi va ilmning ko‘pligi bilan xabardor bo‘linadi. Alloh taolo aytadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |