«O’qing! Sizning Parvardigoringiz (insoniyatga) qalamni (ya’ni, yozishni -
xatni) o‘rgatgan o‘ta karamli Zotdir. U Zot insonga uning bilmagan narsalarini
o‘rgatdi» (Alaq surasi, 3-5-oyatlar)
Alloh taoloning qalami maxluqining qalamiga o‘xshamaydi, go‘yo Uning sifati
maxluqlarining sifatiga o‘xshamaganidek. Alloh taoloning qalami qamishdan yoki
yog‘ochdan emas, go‘yo Alloh taolo javhardan ham, tasodifiy narsalardan ham
bo‘lmaganidek. Mana shu ko‘rinishga binoan botiniy ko‘rish (ya’ni, qalb ko‘zi bilan
ko‘rish) va zohiriy ko‘rishni bir xil, deyish to‘g‘ri bo‘ladi. Lekin sharaf borasida o‘rtalarida
munosiblik yo‘q. Chunki botiniy ko‘rish idrok etuvchi latif nafsning o‘zidir va u go‘yo bir
chavandozga, badan esa otga o‘xshaydi. Chavandozning ko‘r bo‘lishi otining ko‘zi ko‘r
bo‘lishidan zararliroqdir. Balki ikki zararning birida ikkinchisiga munosabat yo‘q. Botiniy
ko‘rish bilan zohiriy ko‘rish bir xil bo‘lgani uchun Alloh taolo quyidagi oyatda qalbni
ko‘rish sifatida nomladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |